Guljamol asqarova she’rlarida ayol ruhiyatini namoyon etuvchi grammatik vositalar



Download 59,65 Kb.
bet7/7
Sana22.04.2022
Hajmi59,65 Kb.
#571702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Chamanoyga G. Asqarova

Guldan yaralgandimku,
Nurdan yaralgandimku
Nahot oppoq qo‘llarim,
Qaro tuproq bo‘lgaydur.

Ayol baxt nimada? Zeb-u ziynatdami? Shon-u shuhratda? Yuksak unvondami? Olqishlardami? Yo’q! Ayol baxti o’z sevgan yorining mehrini his qilmoqlikdadir. Ko’pincha erkak zoti ayolimga hamma narsani muhayyo qilib bersam ham, nega ko’ngli to’lmaydi, unga nima yetishmaydi o’zi, deb xunob bo’lib yuradi. Aslida ayolga ko’p narsa kerakmas. Ayollar dilidagi eng aziz tilak: “Menga mehr ko’rgaz, mehribonlik qil, she’rida shoira ayol ruhiyaini koneksda namoyon qilgan:

Sahrolardan keldim, cho'llardan keldim,
Ko'p uzoq, ko'p qadim yo'llardan keldim,
Haydashdi, dilingga dillardan keldim,
Menga mehr ko'rgaz, mehribonlik qil.
Yana keyingi sarlarda ayolning ichki kechinmalari oshkora aytiladi:
Ilohiy suralar o'qib kelganman,
Tillodan zanjirlar to'qib kelganman,
Seni deb jannatdan chiqib kelganman,
Menga mehr ko'rgaz, mehribonlik qil.
Alla o’zi aslida bolani uxlatish uchun aytiladigan onalar qo’shig’i. Unda ona qalbining nolalari aks etadi. Bolaning murg’ak qalbida mehr-muhabbat hislari alla orqali yuksaladi. Biroq ushbu she’rda lirik qahramon o’z bolasiga uxlatuvchi emas, uyg’otuvchi alla aytishni orzu qiladi. Nima uchun? Buni she’rni o’qigach bilib olishingiz mumkin. Har qanday ayol qalbida onalik mehri bilan ulg’ayadi, ona bo’ladi, bolasi uchun butun jahonga aylanadi:
Mening g‘amim yig‘latguvchimas,
Kuch berar, qalb tig‘latguvchimas,
Men bolamga uxlatguvchimas,
Uyg‘otguvchi alla aytaman.
Har onaning ko’nglidan o’tguvchi ruhiy kechinmalar shoiraning mazkur she’rining keyingi misralarida o’z aksini topgan:
Sohibqiron bo‘l, bolam, deya,
Poyingdadir bu olam deya,
Ko‘ksimdagi hur nolam deya,
Uyg‘otguvchi alla aytaman.

Biz vatan haqida yozilgan ko’plab bir-biriga o’xshash, siyqa satrlardan zerikkanmiz. Ba’zi shoirlarning vatan haqida ham she’r yozib qo’yishim kerak deya zo’rma-zo’rakilik bilan bitgan she’rlari tufayli bu mavzudagi she’rlarga ishtiyoq susaygan. Chunki soxtalik bilan aytilgan kalom hech qachon dillarga yetib bormaydi. Biroq ushbu she’rda shoira vatanni shunchalar samimiy tarannum etadiki, uni o’qir ekansiz, bu so’zlar yuragingizning tub-tubiga yo’l olganini tuyasiz.Shoira Guljamol Asqarovaning quyidagi she’rida nfaqa ayolning, balki har bir shaxsning vataniga bo’lgan samimiy ruhiy pafosi sezilib turadi:


Assalomu alaykum! Ey moviy osmon,
Sen mening muqaddas beshigim Vatan.
Meni porloq kunlar chorlagan zamon,
Dunyoga ochilgan eshigim — Vatan.
Yurakning tub-tubida bo’luvchi ba’zi tuyg’ularni ta’riflamoqqa so’z topilmaydi. Chunki qanchalar chiroyli, qanchalar yoqimli so’z aytmang, uning nasifligi, shaffofligiga zarar yetkazayotganday bo’lasiz. Shu bois ushbu she’rga ta’rif bermaymiz. Zero, u ta’rifdan tashqarida. Uni faqat o’qish va his qilish mumkin…
Opajon! Sarosar o‘tmoqda umrim.
Tiriklik shamiga parvona bo‘lib,
Bo‘g‘zimgacha iztirobim bor,
bo‘g‘zimgacha g‘amim bor mening. Deya shoira bir ayolning sirdoshi opasi ekanligiga ishora qilmoqda, haqiqadan opa ona o’rnida maslakdosh bo’ladi.
Hayot nega buncha berahm? Umr nega buncha beshafqat? Vaqt ne uchun bunchalar shoshqin? Ko’pincha unda inson baxt manzili sari yo’lga otlanadi. Bu yo’lda ne-ne kurashlar, sinovlar, mashaqqatlarga duch kelib, ularni sabr-u sabot bilan yengib o’tadi. U hayot dashtlarida emaklab, sinov tog’lariga tirnoqlari bilan tirmashib chiqib yo’l qidiradi – baxt izlaydi. Ammo… shunday onlar ham bo’ladiki, inson o’ylanib qoladi, baxtli bo’lishga kechikdimmi deb… ba’zi ayolarning ruhiyai o’zgacha Guljamol Asqarova quyidagi she’riy parchada aynan shu xususiyaga yuzlangan:
Endi baxtli bo‘larmikanmiz,
Dilda yana qayg‘ular, g‘amlar.
Endi baxtga kechikkandaymiz,
So‘ngandayin biz yoqqan shamlar?
Baxt va armonning mezoni mavjudmi? Kim baxtli va kim baxtsiz ekanini bexato topa oluvchi kishi ham bormikan dunyoda? Axir har bir inson ochilmagan kitob, javobi topilmagan jumboq. Ko’pincha biz baxtiyor deb havas qilgan odamlarning hayoti armonlarga belangan, umri to’la gul deganimizning yo’li to’la tikan, boshidan nur yog’ilib yashayapti deganimizning dilidan qon sizib yashayotgan bo’ladi. Demak, insonning asl haqiqatlarini yolg’iz Alloh, keyin esa bandaning yolg’iz o’zi biladi…Yuqoridagi fikr yana boshqa she’rga ham ko’chadi:
Yaxshi bo‘ldi, sendan ayrildim,
Ketmog‘im chun topib berding yo‘l.
Bu dunyoda seni topdim deb,
Yo‘qotibman o‘zimni butkul.

Ushbu she’r ayol qalbidagi muhabbatning shirin azoblari mahsuli bo’lib, undagi o’ynoqi ohanglarda ana shu mo’jizakor tuyg’u va u tufayli dilda paydo bo’lgan kechinmalar tarannum etilgan. Shoira o’z yoriga qarata chin dildan “San o‘zing do‘stijonim, Ham o‘zing qasdi jonim”, der ekan, bu iqrorning o’ta samimiyligi va sofligidan zavqni ulashadi:


San o‘zing do‘stijonim,
Ham o‘zing qasdi jonim.
Senga g‘am tutsa, sinsin
Muhabbat shunchalar kuchli tuyg’uki, ayolning mo’jazgina, beozorgina ko’ngliga u zalvorli keladi. Ishq ayol uchun tuganmas baxt, taqdirning oliy mukofoti bo’lishi bilan birga, bemisl dard va iztirob hamdir. Boz ustiga bu muhabbat javobsiz bo’lsa, qalbdagi iztiroblar dil nolalariga aylanadi va yurak qoni bilan qog’ozga to’kiladi…
Men sizni bezovta qilmasman ortiq,
Bildim, bo‘g‘zingizga keldi malolim.
Ammo men netayki, ishqsiz dunyoda,
Mudom bo‘yningizda qolmish zavolim8.


1 Pustejovsky, J. (2005) Lexical Semantics: Overview in Encyclopedia of Language and Linguistics, second edition, Volumes 1-14

2 Sportiche, Dominique; Koopman, Hilda; Stabler, Edward (2014). An Introduction to Syntactic Analysis and Theory. WILEY Blackwell.

3 Mamarajabova Z. Ko’rinish sifatlarining grammatik xususiyatlari. Til va adabiyot ta’limi, 2002 y 2-son



4 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: “Ўзбекистон Миллий энсиклопедияси”, 2002

5 Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek tili (kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath). – Тошкент: “Tafakkur bo’stoni”, 2018. 106 b.

6 Г. Асқарова Турналар йўли: шеърлар. — Т.:Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2010. - 32

7 Г. Асқарова Турналар йўли: шеърлар. — Т.:Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2010. - 32 б

8 https://tafakkur.net/men-sizni-bezovta-qilmasman-ortiq/guljamol-asqarova.uz

Download 59,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish