Reduplikatsiya lotin tilidagi redu’licare – “ikkilantirmoq”) – so’z, uning o’zagi yoki boshlang’ich bo’g’inini qaytarish vositasida grammatik ma’noni ifodalashdir. U juda ko’’ tillarda mavjud. Qaytarish yo’li bilan so’zlarning ma’nosi kuchayishi mumkin: ko’m-ko’k, qop-qora, sap-sariq kabi. Indonez tilida so’zlarni qaytarish vositasida ko’’lik ifoda etiladi: sudara – “o’rtoq”, sudara-sudara– “o’rtoqlar”, malaya tilida orang – “inson, kishi”, orang-orang – “insonlar, kishilar” kabi.
Ko’zlaringni sog’indim bugun,
Yig’lay-yig’lay dillarim bilan.
Kut, yoningga qaytarman bir kun,
Turnalarning yo’llari bilan.
Yana bir she’rida shoira :
Ko’ksimda ishq degan bir nafis izlar,
Sochimda, ruhimda anbarin islar,
Tomirimda oqqan qo’-qora hislar,
Boshim ‘oyingizga surgun etdilar.
Shoira Guljamol Asqarova she’rlarida redu’likatsiya usulida hosil qilingan ayrim grammatik vositalar ayol ruhiyatini ochishda, she’rlariga o’zgacha hisni olib kirishga xizmat qilgan: Osmon chorlasa gar, oyga boraman,
Suvsizman, chanqasam — soyga boraman.
Ko’nglimni ishq bilan to’ldir Xudojon,
Bo’m-bo’sh yurak bilan qayga boraman?
Qo'shish so’zlarni va ularning elementlarini yangi so’z yasash uchun biriktirishdir. Masalan, o’zbek tilida gultojixo’roz, karnaygul, ishlabchiqarish, ishyoqmas kabi so’zlar ikki yoki uch so’zning qo’shilishidan yasalgan. Odatda bunday so’zlarni qo’shma so’zlar deb ataladi. Ba’zi qo’shma so’zlarning ikkinchi qismi turli affikslarni qabul qiladi va o’zgarishlarga uchraydi: hokimiyat, saryog’ (sariq yog’ birikmasining qisqargani), bugun – bul kun birikmasining qisqargani) va h.k. Ko’pgina qo’shma so’zlar va so’z birikmalari qisqartma so’zlar shaklida qo’llanadi: AQSH, mexmat (mexanika-matematika fakulteti), O’zMU, OAK (Oliy Attestatsiya Komissiyasi) kabi.Yordamchi so'zlar sirasiga shunday so’zlar kiradiki, ular ga’da biror bo’lak vazifasini bajarmaydi, lekin ga’ning mustaqil bo’laklari bo’lib kelgan so’zlarning grammatik ma’noni ifodalashiga yordam beradi. Yordamchi so’zlar biror narsani atamaydi, ya’ni nominativ funksiyani bajarmaydi. Yordamchi so’zlarga artikl, ‘redlog (rus, ingliz, nemis va boshqa tillarda), yuklama, yordamchi fe’llar va bog’lovchilar kiradi. Artikl otning belgisi bo’lib, uning turlanishi, qaysi rodga tegishli ekanini ko’rsatadi. Masalan, nemis tilida der, das, die artikllarining qo’llanishi otlarning rodiga bog’liq. Otning turlanishiga ko’ra nemis tilida artiklning shakli o’zgarishi mumkin:
bosh kelishik – der Mensch (odam)
qaratqich kelishigi – des menschen
tushum kelishigi – dem menschen
chiqish kelishigi – den Menschen
Guljamol Asqarova she’rlarida kelishik vositalaridan ko’p o’rinlarda qo’llangan.
G‘amgin, dilgir yurganim ko‘rib,
Qo‘llaringdan tushsa ka’girlar.
Menu dilni qo‘shib xazonga
Su’ursalar farrosh kam’irlar.7
Do'stlaringiz bilan baham: |