Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»


O’tgan zamon fe’lining tuslanishi



Download 9,49 Mb.
bet299/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

O’tgan zamon fe’lining tuslanishi:

Birlik

Ko’plik

1 shaxs

Qїltїm

qїltїmїz

2 shaxs

Kїltїң

qїltїңїz

3 shaxs

qїltї

qїltї



Hozirgi zamon fe’lining tuslanishi:



Birlik

Ko’plik

1 shaxs

Barurman

Barurmїz

2 shaxs

Barursan

Barursїz

3 shaxs

barur

Barur

saqїnurman, məngləyürmən.


Kelasi zamon fe’li.



Birlik

Ko’plik

1 shaxs

Barg’um

Barg’u-mїz

2 shaxs

Barg’ung

Barg’u-sїz

3 shaxs

barg’usї

Barg’ularї




Birlik

Ko’plik

1 shaxs

өltəchimən

Barg’u-mїz

2 shaxs

өltəchisən

Barg’u-sїz

3 shaxs

өltəchi

Barg’ularї





ADABIYOTLAR RO‘YXATI



  1. Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.

  2. Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.

  3. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.

  4. Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2002.

  5. Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. - Toshkent, 1995.



RAVISH
Mavzu:

  1. Ravish yasalishi. Ravishning morfologik usul bilan yasalishi.






Sof ravishlar. Hozirgi o’zbek tilida bo’lganidek, qadimgi turkiy tilda ham 1) holatni: yana; paytni: kəch, oq, ərtə, əmti, tun, kuntuz, bukun; masofani: uzaq, yaqїn; o’xshashlik ma’nosini: tәg bildirgan.76
Boshqa so’z turkumlaridan siljigan ravishlar. Qadimgi turkiy tilda qurol-vosita kelishigi formasida bo’lgan otlar ko’p o’rinda ravish funktsiyasiga jilgan holda qo’llangan. Bunday ravishlarga yadag’їn, yalaqїn, yaqїn, tərkin, kuntuzun va boshqa shu kabilarni ko’rsatish mumkin.
Qadimgi turkiy tilda fe’lning ravishdosh formasidagi so’zlar ravish funktsiyasida kelgan. Xususan, -a, -ə, -ї, -i, -u, -ü formalari bilan hosil bo’lgan ravishdoshlar ana shunday vazifada ishlatiladi. Bunday ravishlarga sayu, təgrə, tükəti, dag’ї, ədgüti, otru, udїshuru va boshqalarni qayd qilish mumkin.

1 . -dї; -di; -tї; -ti qo’shimchasi; qatїg’ (qattiq) – qatїg’dї (qattiq qilib); әdgü ti (yaxshi) - әdgüi (yaxshilab)
2. -la; -lә qo’shimchasi. Tün (tun) – tünlә (tunda); chїn (chin) – chїnla (chindan).
3. -cha; -chә qo’shimchasi. Azraq (juda oz) – azraqcha (juda oz holda); türk (turk) – türkchә (turkchasiga)
4. -ra; -rә qo’shimchasi. As (ost) – asra (ostda); ich (ich) – ichra (ichda)

Ravishlarning quyidagi ma’no turlari qayd qilinadi:


1. Payt ravishlari. Bükün, küntüz, әmti, küntәmәk (har kuni).
2. O’rin ravishlari. Tashtїrtї (tashqari), isrә (ichida), birayә (o’ngda), yraya (chapda).
3. Holat ravishlari. Yashuruqї (yashirish), arїtї (to’la), yaqїn timin (asta-sekin).
4. Daraja-miqdor ravishi. Muncha, ancha.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi affikslar orqali ravish yasalgan:
-cha, -chə affiksi bilan: Bu affiks ot, olmosh, sifat, sifatdoshlardan ravish yasaydi va harakatning holati, miqdori, darajasi va chegarasini bildiradi. Masalan: ancha, subcha, münchə, ashnucha kabi.
Qadimgi turkiy tilda, xususan, VI-X asrlarda –g’acha, -gəchə affiksi vazifasini təgi so’zi bajargan. Masalan: SHantuң yazїqa təgi – SHantung cho’ligacha; Təmir qapїg’qa təgiTemir darvozagacha; Әbi əsükңə təgi – uyi yopinchig’igacha (Kt).


Savol va topshiriqlar:

  1. Taqsim sonlar qanday qo’shimcha bilan hosil qilingan?

  2. Ko’rsatish olmoshlarini sanang.

  3. Bilga xoqon matnidagi olmoshlarni belgilang.

  4. Kultegin matnidan ravishlarni toping.




5 -ilova


  1. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar, undovlar.

Eski o’zbek tilida iste’molda bo’lgan sof ko’makchilar va vazifadosh ko’makchilarning qo’llanishi, qanday ma’nolarni ifodalashi haqida talabalar ma’lumot beradilar, misollar yordamida izohlaydilar.


6-ilova
Uyga vazifa:
1.O’tilganlarni takrorlash. O’zbek tiliga doir yozma yodgorliklar tili morflologik tahlil qilish.
2.Qadimgi turkiy tilning o’rganilish tarixiga doir izlanishlar olib borgan olimlarning ilmiy ishlari bilan tanishish, konspektlashtirish. (Turdi Farog’iyning “Hapalak she’ri”ni morfologik tahlil qilish)
Yordamchi so’z turkumlari
Ko’makchilar. Qadimgi turkiy tilda ko’makchilar va ko’makchi vazifasida qo’llangan so’zlar o’z ifodasini topgan.
Ko’makchilar ma’no anglatish jihatidan bir emas. Jumladan, uchun, birlə, səri va boshqa shunga o’xshash ko’makchilar mustaqil ma’no anglatmaydi. Lekin ast, oң, ichintə, sїңar kabilar yakka holda ham mustaqil ma’no anglatadi, lekin o’rni bilan ko’makchi vazifasida ham qo’llanadi hamda kelishik affiksini qabul qiladi.77
Sof ko’makchilar. Qadimgi turkiy tilda birlə, uchun, їya, üzə, səri, sayї kabi sof ko’makchilar bo’lgan.
Funktsional ko’makchilar.
Ot ko’makchilar. Qadimgi turkiy tilda bash, ald, ast, yuz, ich(rə), arqa, qat, orta, tash(ra), arshї, sїң(ar), üstüntə, oң(ra), ərtü va boshqa shu kabilar qo’llangan.
Fe’l ko’makchilar. Bunday ko’makchi fe’llarga asha, kөrə, өtrü kabilarni ko’rsatish mumkin. Asha ko’makchisi o’rin-joy ma’nolarida qo’llangan: Ilgərü Qadїrqan yїshїg’ asha (Kt).
Kөrə ko’makchisi. Bu ish-harakat protsessining qaergacha bo’lganligini ifodalaydi: Өgüdügə kөrə qїdї. SHadїn kөrə (Kt).

BOG’LOVCHILAR
Qadimgi turkiy tilda bog’lovchilar deyarli qo’llanmagan. Biriktiruvchi bog’lovchi vazifasida qo’llangan teng bog’lovchilardan yəmə so’zi bog’lovchi vazifasida qo’llanishidan tashqari, ravish va ko’makchi funktsiyalarida ham bemalol ishlatilgan. Masalan: Әl yəmə əl boltї, bodun yəmə bodun boltї. Tun yəmə udusqїm kəlməs ərti.

Agar VI-XI asrlarda yaratilgan yozma obidalarda yəmə qo’llanilgan bo’lsa, XI-XIV asrlarda yaratilgan yozma obidalar tilida esa yuqoridagilar bilan bir qatorda ham, ya, yə, inizu, yaqa, əgər, kim, chun, qї, ki, naң, tub, qalї kabilar ishlatilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdurahmonov O’. Rustamov A. Qadimgi turkiy til.-Toshkent, «O’qituvchi» 1982.
2.Abdurahmonov N. Qadimgi turkiy til.-Toshkent, 1989.
3. Azimov I., Rahmatov M. Qadimgi turkiy til. –TDPU, 2005



Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish