Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet255/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

MA’RUZA MATNI
Eski o‘zbek adabiy tili rivojida Navoiygacha ijod qilgan turkiygo‘y shoirlarning xizmatlari
XIV asrning 2-yarmida keyingi adabiy harakatchilik va uning o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lganligi. Xorazmiyning “Muxabbatnoma” asari, uning muhim til xususiyatlari, uziga xos uslubi. Xorazmiy asarlari tilining keyingi davr adabiy tili taraqqiyotiga ta'siri. Alisher Navoiyning bu asar tiliga murojaat qilishi.
Eski o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida Durbek, Otoiy, Gadoiy Sakkokiy, va Lutfiyning o‘rni. Ular ijodida eski tukiy til unsurlari bilan birga jonli til xususiyatlarining joy olganligi, davrga xos adabiy normalarning vujudga kela boshlashi.
XV asrda o‘zbek tilida orginal va tarjima asarlar yaratgan salaflarining tajribalarini davom ettirgan Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Amiriy, Gadoiy, Yaqiniy kabi iste'dodli shoirlar o‘zbek dunyoviy adabiyotini ravnaq toptirish bilan birga, o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Biroq ular son jihatidan nihoyatda ozchilik edi. Navoiy “Majolisun-nafois” asarining ikkinchi bobida shoir so‘z yuritayotgan 90 shoirdan faqat 16 tasi “turkigo‘y” ekanligini eslatib o‘tadi. Navoiyning aytishicha, bular –Harimiy, Qalandar, Qabuliy, G‘aribiy, Tarxaniy, Lutfiy,Yaqiniy, Atoiy, Kamiy, Sakkokiy, Mirzobek, Said Hasan Ardasher, Majnuniy, Shavqiy, Gadoiylar edi.Navoiyning ta'kidlashicha, xatto ko‘pgina o‘zbek shoirlari ham o‘zbek tilining boyligi va keng imkoniyatlaridan foydalanishga kam e'tibor berdilar.68
Atoiy XV asr o‘zbek adabiyotining yirik vakilidir. Atoyining tug‘ilgan yili, hayoti hayoti haqida ma'lumot saqlangan emas. Alisher Navoiy Atoiy haqida: “ Mavlono Atoiy Balxda bo‘lur erdi... darveshvash va xushxulq, munbasit kishi erdi. Turkigo‘y erdi, o‘z zamonida she'ri atrok arosida ko‘p shuhrat tutti”, - deydi.
Bizgacha Atoyining birgina qo‘lyozma devoni yetib kelgan.
Atoiy juda ko‘p fanlardan yaxshigina bilimga ega oqil kishi bo‘lgan. U o‘zbek va fors-tojik adabiyotini chuqur va puxta bilgan, xalq og‘zaki ijodi asarlari bilan yaqindan tanishgan va o‘zbek adabiyotida g‘azal janrining ustoz san'atkorlari darajasiga ko‘tarilgan. Shuning uchun o‘z g‘azallarini ham xalq og‘zaki she'riyatidan keng foydalangan holda yaratdi.
Uning g‘azallarida xalq qo‘shiqlariga xos soddalik, ravonlik va jo‘shqinlik aniq qo‘rinib turadi. Uning:
Kel, ey dilbar, ki bo‘ston vaqti bo‘ldi,
Gul ochildi guliston vaqti bo‘ldi.
Jamolining vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyotdin anjumanda
Kabi misralari bevosita xalq og‘zaki ijod boyliklari asosida sodda uslub bilan keng xalq ommasi uchun tushunarli adabiy tilda yozilgan.
Atoiy kishilar turmushi bilan bevosita aloqador bo‘lgan hayotiy voqyealar, bahor fasli, yor vasli, tabiat manzaralarining chiroyi, yor-do‘stlarning xushchaqchaq suhbati, hayot go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish, baxt-saodat haqidagi, shuningdek, podshoh va xonlarning haddan oshgan zulm-sitamlari, shafqatsizlik va munofiqlik kabilardan norozilik kayfiyatlari ifodalangan g‘azallarida xalqqa, uning diliga va tiliga juda yaqin bo‘lgan tasviriy vositalarni, turlicha badiiy ifoda usullarini qo‘llaydi, asl badiiy lavhalar orqali ichki tuyg‘ularni ifodalaydi. Bu jihatdan uning ko‘pgina g‘azallari o‘zbek mumtoz she'riyatida keng tarqalgan xalq qo‘shiqlari vaznnida yozilganligi ham uning o‘ziga xos sodda va ravon uslubini ko‘rsatadi.
Atoiy o‘z g‘azallarida adabiy til va jonli xalq tilining turlicha badiiy-tasvir vositalarini mohirlik bilan qo‘llash asosida sifatlashlar, mubolag‘a va o‘xshatishlar yaratdi, bu orqali o‘zbek tilining boyligini namoyish etadi, o‘zi ham adabiy tilni yangi-yangi tasviriy vositalar, so‘z va iboralar bilan boyitadai.
Bo‘yung sarvu, ko‘zung nargis, yuzung gul,
Sening qoshingda bo‘ston hojat ermas.
Omonim so‘zlardan foydalanib, tuyuq janriga xos baytlar yaratish ham Atoiy she'rlarida ko‘p uchraydi:
Boqar ohulayin har yon o‘shal qaro ko‘zlar,
Vafosizliklarin bilgach, yana mehru vafo ko‘zlar.
Atoiy asarlarida umumxalq tiliga xos quyma iboralar, xalq maqollari va hikmatli so‘zlarni ko‘p uchraydi. U maqol va hikmatli so‘zlarni aynan yoki ijodiy tarzda qayta ishlab qo‘llaydi va o‘z g‘azallarining badiiyligini oshiradi, tilining ravon bo‘lishini ta'minlaydi:”Kishi bol tutsa, barmog‘in yalar”, “Yaxshilik qil, sol sug‘a”, “xirmonni , albatta, har ekkan o‘rar”.
G‘animat tut jamolu husn davrin,
Masaldurkim, yanya bu dam topilmas.
Atoiy asarlarida eski turkiy adabiy tilga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar juda kam uchraydi. Ilik (qo‘l), uchmaq (jannat), bikin (kabi), cherik (askar) kabi lug‘aviy birliklar, bizing (bizning), seningdek (sendek), bilmam (bilmayman) kabi shakllar uchraydi. Ba'zan –duk affiksli sifatdosh, qaratqich kelishigi shaklining kesim vazifasida kelishi kabilar ko‘zga tashlanadi.
Istadik odamda umre g‘amgusore topmaduq.
Bu orazu zulfu qadu qomatki, seningdur,
Rashki sumanu sunbulu ar'ar yetilibsen.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Atoiy o‘zi yashyagan davrdagi xalq tilida, xalq uchun tushunarli sodda tilda “turkona” asarlar yaratdi. Shuning uchun “o‘z zamonida she'ri atrok arosida ko‘p shuhrat tutti” (Alisher Navoiy).
Demak, o‘zbek adabiy tili rivojlantirishida, uni jonli xalq tiliga yaqinlashtirishda, ayni vaqtda umumxalq tiliga xos bir qator shakllar, so‘z va iboralar bilan adabiy tilni boyitishda Atoiy asarlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.



Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish