Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»


-Mavzu: O‘zbek adabiy tilining XIII-XIV asrdagi taraqqiyoti



Download 9,49 Mb.
bet251/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

7-Mavzu: O‘zbek adabiy tilining XIII-XIV asrdagi taraqqiyoti
Turkiy tillar tarixini o‘rganishda “Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘otit turkiya” (XIV asr) asarlari va boshka yozma manbalarning ahamiyati.
XIII-XIV asrlardagi adabiy tilning tarqqiy etishida tarixiy voqyealarning ahamiyati. Bu davrdagi adabiy tilning ”Oltin o‘rda”, “Chig‘atoy” nomlari bilan yuritilishining sabablari67, qarluq-uyg‘ur, qipchoq-o‘g‘uz unsurlarning adabiy manbalarida aks etishi, ushbu davrlarda yaratilgan Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy”, “Qissai Yusuf”, “O‘g‘uznoma”, “Tafsir” asarlari tili va uslubining tahlili. “Xusrav va Shirin” dostonining til xususiyatlari kabilar.
O‘rta Osiyo xalqlarining XIII asrdagi ijtimoiy-madaniy hayoti bevosita mo‘g‘ullar istilosi va uning oqibatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Tarixdan ma'lumki, 1218 yilda O‘tror shahrida Chingizxonning 450 kishidan iborat 400 tuyalik savdo karvonining talanishi, Chingizxon elchisi va savdogarlarning o‘ldirilishi 1219 yilda Chingizxonning O‘rta Osiyoga bostirib kirishini, zaiflashib qolgan Xorazmshohlar davlatiga tobe shaharlarni birin-ketin bosib olinishini tezlashtirgan edi. Bu bosqinchilik urushlari natijasida gullab turgan shaharlar xarobaga aylandi, boy madaniyat va san'at yo‘q qilindi, mamlakat xalq xo‘jaligi, iqtisodiy- madaniy taraqqiyoti juda katta talofat ko‘rdi, adabiyotning rivojlanishiga ulkan putur etdi. Mahalliy olimlar, yozuvchilar boshpana izlab, boshqa mamlakatlarga ketishga majbur bo‘ldilar.
Bu voqyealar o‘sha davr adabiyotida, tilida ham, jumladan, eski o‘zbek adabiy tilida yozilgan asarlarda ham o‘z izlarini qoldirdi. Mo‘g‘ul istilosi adabiy tilning taraqqiyotiga sezilarli salbiy ta'sir qilgan bo‘lsa-da, ammo uning rivojlanishi, qo‘llanish doirasi kengayishini to‘xtata olmadi.
Umuman, turkiy xalqlar va turkiy tillar tarixida XIII- XIV asrlar alohida murakkab bir davrni tashkil qiladi. Bu davrlarda movarounnahr, Xorazm va Oltin O‘rdada maydonga kelgan asarlar o‘zining til xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bu hodisaga (bu asarlarning til jihatidan farq qilishiga ) ularning ikki madaniy markazda – sharqiy turkiy va g‘arbiy turkiy davlatlar hududida yaryatilganligi sabab bo‘lgan. Ammo shunga qaramay, bu asarlarning hammasida qarluq-chigil-uyg‘ur va o‘g‘uz-qipchoq til birliklarining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari o‘z ifodasini topgan. Bu esa o‘sha davrda juda katta hududda yashagan turkiy qabila va elatlarning bir-biri bilan yaqin munosabatda bo‘lganligini, iqtisodiy-madaniy aloqalari rivojlanganligini ko‘rsatadi. Buning natijasida turli o‘lkalarda turkiy tilning ta'siri, uni o‘rganishga qiziqish kuchayib bordi. Jumladan, mashhur olim Abu Xayyon XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida o‘zining “Kitob-ul idro-li lison-ul atrak” (“idrok va turkiy tillar kitobi”), “Kitob-ul af'ol fi lisonit turk” (“Turk tilidagi fe'llar kitobi”), “Addurat-ul musi'a fi lug‘at-it turk” (“Turk tili haqida nur beruvchi marvarid”) kabi mashhur asarlarini yaratdi. Shuni ham eslatish kerakki, mo‘g‘ullar hujumi natijasida Movarounnahrda tuzilgan davlat – Chig‘atoy ulusining tili turkiy til, ya'ni eski o‘zbek adabiy tili edi.
Eski o‘zbek adabiy tili tashkil topgan dastlabki davrlardan boshlab, fonetik, leksik va grammatik jihatdan Qoraxoniylar davrida qarluq-chigil-uyg‘ur dialekt guruhi asosida shakllangan sharqiy turkiy adabiy tilga xos barcha asosiy xususiyatlarni o‘ziga singdirib olgan edi. Ayni vaqtda bu xususiyatlar esa o‘zbek tilida takomilga erishgan, bir qator o‘zgarishlarga ham uchragan. Bu o‘zgarishlar avvalo adabiy tilda so‘z qo‘llash jarayonida ochiq ko‘rinadi. Jonli xalq tiliga xos juda ko‘p so‘z va iboralar adabiy tilga kirib qoldi, ular asosida ko‘plab yangi so‘z va turlar, yangi tasviriy vositalar yaratildi. Adabiy-badiiy asarlarda tilning soddaligtga, uning ixcham, ravonligiga katta e'tibor berish bilan birga xalq tiliga xos quyma iboralar, maqol va hikmatli so‘zlardan keng foydalanish asosida obrazlilikka, badiiy pishiqlikka erishildi. O‘zbek tilining fors-tojik adabiy tili bilan o‘zaro munosabati yanya ham rivojlandi. Shu asosda o‘zbek adabiy tilining umumxalq xususiyati kuchayib bordi.
Bu davrda eski o‘zbek adabiy tilida yaryatilgan eng muhim yodgorliklarga “O‘g‘uznoma”, “Qissai Rabg‘uziy”, “Tafsir”, Durbekning “Yusuf va Zulayho”, “Muhabbatnoma” ta'sirida yaratilgan “Latofatnoma”, “Taashshuqnoma” kabi asarlarni kiritish mumkin.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.

  2. Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.

  3. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.

  4. Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2002.

  5. Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. - Toshkent, 1995.




Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish