SHaxsi noma’lum gaplar. Bunday gaplarning kesimi uchinchi shaxs ko’plikda ifodalanadi. Bu jihatdan ular ko’plik shaklidagi shaxsi aniq gaplar bilan sinonimiyani hosil qiladi. Misollar: Va pādshāhāna jashn tүzүb, azim ashlar berib, xatm qāidasыn bajā keltүrdilәr (Navoiy, HPM 87). Yana bir qatla ushbu nav’ madrasada ham bu qit’ani aytыb erdilәr (KM 21). Bu gap shaxsi aniq gap, chunki matnda aniq shaxs (Pahlavon Mahmud) haqida so’z ketmoqda. SHunga qaramay, shakl va mazmun jihatdan shaxsi aniq gaplar bilan aynan xususiyatga ega bo’lgan shaxsi noma’lum gaplar uchraydi: Bu jihattin anы Zul-Aktāf dedilәr (TMA 214). G’āyat yumshag’ sөzligidin anы Yazdijurdi Narm dedilәr (TMA 221).
SHaxsi noma’lum gaplarning kesimi fe’lning –r(-ar,-әr,-ur,-үr) qo’shimchali sifatdosh shaklidan hosil qilingan va aksariyat gaplarda kesim vazifasida derlәr, ayturlar fe’llari qatnashgan: Va qыmыznы vә sүzmәni vә bozanы turkchә ayturlar (ML 16). Vә kөkәltәshni turkchә til bilә derlәr (ML 15).
SHaxsi umumlashgan gaplar. Bunday gaplar mazmunan har uchala shaxsga taalluqli bo’lishi barcha adabiyotlarda aytiladi. Bunday gaplar ikkinchi shaxs birlikda qo’llanilishi bilan xarakterlanadi: Muvәshshih xabarnы chindur deb dostg’a yetkүrmә vә biravnың aybы vaqe’ bolsa, yүzigә (Navoiy, MQ). Qыla alg’ancha ta’zim vә adab binasыn yыqma, vә hurmat xilvatыdыn chыqma (Navoiy,MQ).
SHaxssiz gaplar. Bunday gaplarda ifodalangan ish-harakat yoki biror holat bajaruvchining faol ishtirokisiz yuzaga chiqadi. Bunday gaplarda ega grammatik jihatdan ifodalanmaydi; shaxsi noma’lum yoki shaxsi umumlashgan gaplardan farqlangan holda bunday gaplarning egalarini tiklab ham bo’lmaydi. Bunday gaplarning kesimlari majhul fe’llar, majhul fe’l ma’nosida qo’llangan aniq fe’llar vositasida ifodalanadi (Abdurahmonov G’., ko’rsatilgan asar, 24-bet). Misollar: Vә shavq yүzidin bashtыn qadam qыlыb, Ka’bai maqsud azmыg’a qadam uruldы (MSH 97). Barcha salāhiyatыn ushbu muammāsыdыn ihsās qыlsa bolur (MN 95).
SHaxssiz gaplarning kesimi –maq/-mәk formali harakat nomi bilan ham ifodalanishi mumkin: Ul kishini qutluq evdin tashqarы sүrmәk kerәk (MQ).
Atov gaplar. Eski o’zbek tilida atov gaplarning qo’llanish doirasi cheklangan. Ular, asosan, badiiy va didaktik asarlar tilida qo’llanib, asar sarlavhalarini tashkil etgan: Muhammad XoҐa beg sifatы (Muhabbatnoma). Hikāyat. SHe’r.(QR).
Hozirgi o’zbek tilida atov gaplarning turli tiplari kelib chiqdi va qo’llanish doirasi kengaydi.
Savol va topshiriqlar:
SHaxsi aniq gaplarni misollar asosida tushuntirib bering.
SHaxsi aniq gaplar bilan shaxsi noma’lum gaplarning qanday farqli tomonlari bor?
SHaxssiz gaplarga xos bo’lgan xususiyatlar nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |