Ma’ruza matni
Son
Reja:
Son haqida umumiy tushuncha.
Sonning ma’no turlari va ularning hosil qilinishi.
Eski o’zbek tilida sonlarga xos bo’lgan fonetik xususiyatlar.
Sonning tuzilishi jihatdan turlari.
Numerativ so’zlar.
Sanoq sonlar. Eski o’zbek tilida sanoq sonlar kishi, narsa hamda hodisalarning sanog’ini bildirgan, sanoq sonlarning birlik, o’nlik, yuzlik, minglik va boshqa formalari qo’llangan. Sanoq sonlar sodda va murakkab formalar orqali ifodalangan, arab, fors-tojik, hind tillaridan o’zlashgan sanoq sonlar ham uchraydi.
Eski o’zbek tilida qadimgi turkiy tildagiga nisbatan sonlar jiddiy o’zgarishga uchragan emas, lekin o’ziga xos tizim hosil qilgan. Ayniqsa, murakkab sonlar hozirgi normalarga yaqinlashgan. Bu davr tilida tөrt yigirmi (14), altї elig (46), otuz artuqї uch (33) kabi murakkab sonlar qo’llanishdan chiqqan.41
Sodda sanoq sonlar eski o’zbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga ko’ra qattiq va yumshoq variantlarda qo’llangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha ko’rinishga ega: bir soni, asosan, yumshoq talaffuz qilingan: bir birigә qatїla berdilәr (Amiriy). Biri birigә baqmay (BN).
XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz qilish holatlari ham uchraydi: Bїr-bїrїg’a namahram et (Uvaysiy).
Ikki soni oldidagi unli -e yoki -i tovushlari orqali: eki, -ikki tarzida talaffuz kilingan. SHu bilan birga, iki soni tarkibidagi -k undoshi ba’zan tashdid orqali ifodalangan: eki, ekki, iki, ikki kabi. Bunday xilma-xillik she’riyatda aruzning talabi bilan yuz bergan.
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda altї soni alta, yetti soni yette formasida uchraydi.
«Boburnoma»da, Gulxaniy, Munis asarlarida bir toqquz,toqquz- toqquz iborasi qo’llangan, har narsaning to’qqiztalik songa ega ma’nosini anglatgan: Bir toquz et va bir toquz parcha kelturәdi (BN). Meңә g’amdїn t o q u z-t o q u z tuhfa (Munis).
Yigirmә soni uch xil fonetik variantda iste’mol etilgan: yigirmә (BN); yigirmi (Navoiy, MN); igirmi (SH. tar.).
Elik soni tarkibidagi -l undoshi dastlab ikkilanmagan, keyinchalik geminaцiyaga uchrab tashdid orqali ifodalangan: Elik (Navoiy, MN), ellik (BN).
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarga arab, fors-tojik hamda hind tillaridan ba’zi sanoq sonlar o’zlashgan, o’zlashgan sanoq sonlar o’z formalarida qo’llangan. Fors-tojikcha: s a d h a z a r (Lutfiy); y a k –yak(Ogahiy); du bara (Muqimiy).42
Hindcha lәk soni XVI—XIX asrlarga oid yozma manbalarda qo’llangan: Yuz mїңnї l ә k derlәr (BN); mїң lәk somnї (Muqimiy).
«Boburnoma»da hindcha k ө r u r — (o’n million), arb (bir milliard), kөrb (yuz milliard), nayl (o’n trillion), padam (milli-trillion), saң (eng yuqori sanoq son) sanoq sonlari qo’llangan.
Dona sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar kam rivojlangan, dona sonlar funkцiyasini turli son formalari bajargan. Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Sab’ai sayyor», Muhammad Solihning «SHayboniynoma» asarlarida bir, ikki sanoq soniga –tә affiksi qo’shilib dona son hosil bo’lgan: birtә yarmag’ ikki bөlüb (Navoiy MQ); birtә өtmәkni iki bөlüb (Navoiy MQ).
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar ma’nosida qo’llangan: Y e t i ag’zї anїң otlar sachїb (Navoiy HA). Yüz mїң baytї bar va bir qasida aytїbdur (Navoiy MN).
Numerativ so’zlar. Numerativ so’zlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli sanoq sonlar bilan qo’llangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ so’zlarni qo’llash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski o’zbek tilida ham numerativ so’zlar xarakteriga ko’ra turlicha ma’nolarni anglatgan. Numerativ so’zlar sanoq son bilan aniqlanayotgan so’zlar orasida qo’llanib, aniqlanmish so’zga nisbatan qo’shimcha aniqlik darajasini oshirgan. SHuningdek, numerativ so’zlar ulush, miqdor, hajm, vosita birligi, masofa, to’da, o’lchov birligi, guruh, dona kabi qator ma’nolarni anglatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |