Taqsim sonlar. Eski o’zbek tilida taqsim sonlar, asosan, -rar,-rәr,-ar,-әr affiklari bilan hosil qilingan: Aylarda birәr-birәr kөrünür (Atoiy), Fusulnї tөrtәr ay ta’yїn qїlїbturlar(BN), Yüzәr misqal kumush (BN).
Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni ketma-ket takror qo’llanib, keyingi bir soniga -dәn,-din affiksi qo’shilib, taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Ikki gul bargini bir birdәn gahi guftāra ach (Nodira). Bir chārdevar kәm bolsa, өtüz tishni bir birdin sїndїrur (Gulxaniy).
Bir va ikki sanoq sonlari grammatik ko’rsatkichlarsiz ketma-ket takrorlangan holda taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Neki kөrgüzdilәr saңa bir-bir (Navoiy SS), әgәr chun ikki-ikki qol tutub (Muqimiy).
Kasr sonlar. Eski o’zbek tilida kasr sonlar sintaktik usul bilan ifodalangan, maxraj hamda surat sonlar asosida hosil bo’lgan, maxraj son sanoq sonlarga chiqish hamda o’rin-payt kelishiklari affikslari qo’shilishi orqali ifodalangan, surat sonlar sanoq sonlardan iborat bo’lgan, shuningdek, surat sonlar grammatik ko’rsatkichlarni ham qabul qilgan: Nechә өgsәm aytman mїңda birin (Lutfiy GN). Yüzdin biriki ma’rakaga yetib (Navoiy MQ). Yurt malїnїң ondїn birini alur (SH turk.). Berürmәn bolsa yüz jānїmu mїңdїn bir hisāb әylәb (Munis).
Kasr son yasalishida ba’zan maxraj va surat son orasida ayrim bog’lovchilar qo’llangan, grammatik ko’rsatkichlar maxraj son yoki surat songa qo’shilgan, ba’zan maxraj va surat sonlar distant holatlarda uchraydi: yuzdin g ә r birisigә yetsә (Navoiy SS).
Yarїm so’zi ham kasr son ma’nosini anglatgan. SHuningdek, kelishik hamda egalik qo’shimchalarini ham qabul qilgan: Yarїm kechә yetib tüshtilәr (Navoiy MN). Bir y a r ї m qarї qazsa, suv chїqar (BN).
XVI — XIX asrlarga oid ba’zi yozma manbalarda fors-tojik tilidan o’zlashgan nim, du nim, chahāryәk, chāryәk so’zlari kasr sonlar ma’nosida qo’llangan: ta’rif qїlg’annїң yarїmї balke charyekichә ashlїq (BN); og’lanlarnї nim qїyat tedilәr (SH turk).
Olmosh
Reja:
Olmoshning ta’rifi va uning eski o’zbek tilida qo’llanish xususiyatlari.
Olmoshning ma’no turlari, turlanishi, fonetik variantlari.
Olmosh ot, sifat, son va ba’zan boshqa so’z turkumlari o’rnida qo’llanib, predmet va unga xos bo’lgan belgining mavjudligini ko’rsatadi. Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan o’rinlarda ifoda qiladi. SHu jihatdan olmosh mustaqil so’z turkumi hisblansa-da, konkret ma’noga ega bo’lmaydi.
Eski o’zbek tilidagi olmoshlar ma’no xususiyatlariga quyidagi guruhlarga bo’linadi: kishilik olmoshlari, o’zlik olmoshlari, ko’rsatish olmoshlari, so’roq olmoshlari, birgalik olmoshlari, belgilash olmoshlari, gumon olmoshlari, bo’lishsizlik olmoshlari.
Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari leksik-semantik jihatdan ma’lum so’z kategoriyasidir, hamda grammatik xususiyatlarga ko’ra, turli affikslar bilan ifodalangan, kishilik olmoshlarining ba’zi fonetik variantlarini hisobga olmaganda, ko’pchilik qismi hozirgi o’zbek tilida foydalanilmoqda.
Kishilik olmoshlarining I shaxs birligi: men.
Ko’pchilik yozma manbalarda men olmoshi mimu yo-yu nun orqali yozilgan, XVII —XIX asrlarga oid ba’zi yozma obidalarda mim-u nun bilan ifodalangan. Men olmoshining har ikki yozuv formasi tarkibida old qator o’rta keng e tovushi qo’llangan:
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda ba’zan tarixiy-dialektal hodisa sifatida men olmoshining ben formasi iste’mol etilgan.
Yodgorliklarda men olmoshi funkцiyasini boshqa so’zlar ham bajargan. Banda va bu banda formalari Alisher Navoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Maxmur asarlarida qo’llanib, tinglovchiga nisbatan kamtarlik ma’nosida foydalanilgan: Banda shafaq-tek qan yїg’lab ke... (Yaqiniy). B a nd a ul vaqtda Buxarada edim (SHN). Banda bayan gәr qїlsam (Maxmur).
Do'stlaringiz bilan baham: |