Tushum kelishigi. Eski o’zbek adabiy tilida tushum kelishigi –nї \\-ni \\ -n \\-ї \\-i variantlariga ega bo’lgan.
-nї\\-ni. Bu affiks o’zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida qo’llanib kelgan: Yolnї berkitәyin, qamug’nї qutqarayїn (QR). Bu sөzni kizlәdilәr (TF). Bu qo’shimcha «Bobirnoma» asarida qaratqich ma’nosini bildirgan: Bir qїrg’avulnї üskünәsini tөrt kishi yeb tugata almaydur (BN). -n. Bu qo’shimcha varianti eski o’zbek tilida ancha faol qo’llangan Lekin u III shaxs egalik qo’shimchasidan keyin qo’shilgan: Qїlїch birlә bashїn kesti (O’N). Ismāilnїң evin sordї (QR). Tushum kelishigining bu qo’shimchasi she’riy asarlarda keng qo’llangan.
-ї\\-i. Bu qo’shimcha I va II shaxs egalik qo’shimchalaridan keyin qo’shilgan: Adl qulag’ї-la eshit halїmї (Muqimiy). Aqlїmї tamam aldї tügmәi giribaniң (Furqat). Tushum kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun xarakterlidir: Qoymag’umdur etәgiң (Bobir). Kөңül shәkәr bikin ag’zїң kөrüp (Sakkokiy). Tushum kelishigininü qadimgi turkiy tilga xos bo’lgan –g’\\-g,-їg’\\-ig\\-ug’\\-üg variantlari eski o’zbek tilida uchramaydi.
Jo’nalish kelishigi. Bu kelishik qo’shimchasi eski o’zbek tilida –qa\\-g’a \\- kә \\ -gә, –a\\-ә va –na \\-nә kabi variantlarga ega. SHu bilan birga, qadimgi turkiy tilga xos bo’lgan –g’aru\\ -gәrü \\ -qaru \\ -kәrü, -ra \\ -rә, -ru \\-rü qo’shimchalari ham ayrim yodnomalarda uchraydi.
-g’a\\–g’gә varianti unli va jarangli undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi, –qa qo’shimchasi jarangsiz undoshlar va g’,h undoshlari bilan tugagan negizlarga qo’shiladi: Eykim barї she’r ahlїg’a sen xān yaңlїg’ \\ SHe’riң bHarї she’rlәrgә sultān yaңlїg’ (Bobir). Lāla qadahїna tashqa urduң \\ Jāla gühhәrini bashqa urduң (Xamsa). XIII-XIV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan, ya’ni, -g’a o’rnida –qa qo’shimchasi yoki aksincha qo’llanavergan: Ibrahimg’a \\ Ibrahimqa, avg’a \\ avqa, otg’a \\ otqa (QR). -kә\\ -gә. Til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qo’shiladi. Eski o’zbek tilida qay hollarda –kә, qaysi hollarda –gә qo’shimchasining qo’shilishini aniqlash birmuncha qiyin, chunki arab yozuvida bu ikki variant ham (kof) harfi bilan yozilgan. SHunga qaramasdan, jarangli va sonor undoshlar va unlilardan so’ng –gә, jarangsiz undoshlardan so’ng –kә qo’shimchasining qo’llanganini mushohada qilish mumkin: Kөңlümgәdәrd kelgәli...(Boburnoma). Elikkә meniң yashїm yeti (SH. turk).
-a /-ә. Bu affikslar undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi. Lekin uning qo’llanishi janrlar bo’yicha chegaralangan. Bu forma XIII- XIV she’riy asarlarda ham, prozaik asarlarda qo’llangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda asosan she’riy asarlarda uchraydi: Bashlarїnї qashїma yetkürüңüz (SHayboniynoma). Kel, taqї yurtuңa egә bol (SH.tar.). Ne uchun avval өzüңә āshnā qqїldїң meni (Otoiy). Yā rabb, ne ajab yāri jafākāra yoluqtum \\ Kөzi-yu qashї jādu-vu makkara yoluqtum (Lutfiy). Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan –g’aru/-gәrü//-qaru/-kәrü//-ru/-rü affikslari eski o’zbek tilida o’zining kelishik funkцiyasini yo’qotgan. Ular keyinchalik eski o’zbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan.
Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan –ra/-rә affiksi «Tafsir»da uchraydi: Ya Muhammad, tashra chїq. Biroq keyinchalik bu affiks ham ravish yasovchiga o’tib ketgan:ichrә (ichkari), asra (pastki, quyi). Jo’nalish kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun xarakterli bo’lgan. Misollar: Senki ul yan әzimәt etküңdür (Navoiy). Bir inisin yibәrür boldї Hisār (SHayboniynoma).