b) kichraytirish-erkalash ma’nosini: Agar qimmatli vaqtlaringizni ayamasangiz, bir enlikkina xat yozsangiz…
v) emotsional-ekspressivlik ma’nosini: Bu o’rinda –gina (-kina, -qina) qo’shimchalarini olgan so’zning ko’chma ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan, aqlning kata-kichikligini o’lchovchi o’lchov birligi yo’q. Turmushning achchiq yoki shirinligini ham o’lchovchi maxsus o’lchov birligi yo’q. Shu sababli kichkina aql shiringina turmush deyilganda, ular to’g’ri ma’noda tushunilmaydi, balki turmush qurganlarning inoq yashashi, aql egasining kichikligi anglashiladi.
–gina qo’shimchasining emotsional-ekspressivlikni anglatishida gapning umumiy ruhi va nutq so’zlanib turgan turgan payt muhim rol o’ynaydi. Bunda –gina ko’pincha eskspressiv bo’yoqdor so’zga qo’shiladi: Yo’-o’q, azizim, bekorginani aytibsan dedim, bu gapiningni qo’y dedim.
-loq qo’shimchasi ham otlarga qo’shilib, sub’ektiv ma’no anglatadi. Bu qo’shimcha kichraytirish-erkalash ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi va asosan, semantik jihatdan nisbatan kichik, nozik predmetlarni anglatuvchi so’zlarga qo’shiladi. U otlarga qo’shilib, kichraytirish-erkalash ma’nosini bildirganda, -cha qo’shimchasi bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi: bo’taloq G’G’bo’tacha, qizaloqG’G’ qizcha.
-loq qo’shimchasi ham kichraytirish (chaqaloq, bo’taloq), kichraytirish –erkalash (qizaloq), ba’zan esa kontekst Bilan bog’liq ravishda emotsional-ekspressivlikni ham ifodalay oladi.
Fe’llarda modallik ifodalovchi shunday shakllar ham borki, ular faqat kishilarga aytib qo’yilgan nomlarga, qavm-qarindoshlarni bildiruvchi so’zlarga qo’shiladi va so’zlovchining ob’ektga munosabatini bildiradi. Bu guruhga kiruvchi qo’shimchalar, asosan, erkalash, emotsiya ifodalash uchun xizmat qiladi.
Fe’llardagi modallikni bildiruvchi bunday qo’shimchalar erkaklarning ismiga qo’shiladigan (-jon, -boy, -bek, -qul) va ayolalrning isimga qo’shiladigan (-xon, -oy, -gul, -bonu, -beka, -bekach, -bibi, -niso) shakllar deb ikki kata guruhga ajratiladi. Bularning ba’zilari –xon va –jon kabilar ayol va erkaklar ismiga ham , qavm-qarindoshlik atamalarga ham almashib qo’shila berishi mumkin: Musaxon, Alixon, Otaxon, O’g’iljon, Qizlarjon, ammajon, xolajon kabi. Biroq boshqalarning sinonimlar sifatida almashtirib qo’llab bo’lmaydi. Ular o’rtasidagi chegara qat’iy. Lekin har bir guruh o’z ichida bir-birlari Bilan sinonimik munosabatga kirishishi mumkin: Murodjon//bek//boy//qul; Mustafojon//bek//boy//qul;Tursunxon//oy//gul//bonu//bibi; Salimaxon//oy//bonu//gul// bibi
Bu fe’llarda modallik formalaridan –jon, -xon, -boy nisbatan faol, -qul, -niso, -beka, -bekach, -bonu shakllari esa hozirgi o’zbek tilida nisbatan nofaol ishlaydi.
Xoslangan uslublarning so’zlashuv va badiiy uslub turi uchun xos. Rasmiy va ilmiy usulda mazkur shakllar ob’ektni baholovchi vosita sifatida qo’llanilmaydi.
O’zbek tilida ba’zan erkalashning ayrim ruscha shakllari ham uchrab turadi: -chik, -ochka, -echka, -ik.
Ular ba’zan kichraytirish, erkalash ma’nolarini berishda, ba’zan esa kinoya, piching ma’nolarini keltirib chiqarishda foydalaniladi. Bu shakllarning qanday ma’noda ishlatilganligi kontekstdan bilib olinadi. Bular poeziyada –jon, -xon morfemalarining sinonimlari sifatida ham ishlatiladi: Dedilar bir yig’inda kerakmas hech xon demak, Xayrixonning o’rniga Xayrichkasi yaxshidir. (V.Abdulla)
Do'stlaringiz bilan baham: |