-gi, -ki, -qi qo’shimchasining sinonimi: -dagi: pastki -pastdagi, sirtqi-sirtdagi, berigi-beridagi
-k (-uk, -ik, -ak), -q (-uq, -iq, -aq). Sinonimi: -gan: siniq-singan, chirik-chirigan. Ammo tirik-tirilgan tarzida qo’llash mumkin emas.
-ma. Sinoimi –gan: suzma –suzilgan, ulama soch-ulangan soch kabi.
-kir, -gir, -qir, -g’ir. Sinomimi –ag’on: chopqir-chopag’on, topqir-topag’on kabi.
-mand. Sinonimi –li: Hunarmand-hunarli, davlanmand –davlatli kabi.
-namo. Sinonimlari: -ga o’xshash, -ga o’xshaydigan: olimnamo-olimga o’xshaydi, Majnunnamo- Majnunga o’xshaydi. Ba’zan –simon qo’shimchasi bilan sinonimlar bo’ladi: olimnamo-olimsimon.
-simon. Sinonimlari: kabi, -ga o’xshash, singari: odamsimon-odamga o’xshash, oysimon-oyga o’xshash- oy kabi –oy singari; qilichsimon-qilichga o’xshash-qilich kabi-qilich singari va boshqalar.
Sonlar gap ichida umumiy miqdorga aniqlik kiritish uchun xizmat qiladi. Bu xususiyat bilan ular sifatlarga o’xshab ketadi. Qiyos qiling: Magazindan olma sotib oldim (achchiqmi, shirinmi, oqmi, qizilmi) -qanday olma sotib olinganligi noma’lum – Do’kondan qizil olma sotib oldim -qanday olma sotib olinganligi ma’lum. Do’kondan ko’p olma sotib oldim (5 tami, 100 tami, necha kilogramm?!-miqdor noma’lum- Do’kondan besh kilogramm olma sotib oldim- miqdor ma’lum.)
Sonlar hamma vaqt ham aniq miqdorni ko’rsatavermaydi, balki ayrim qo’shimchalar va ba’zi bir so’zlar bilan birgalikda noaniqlik ma’nosini ham bildiradi. Bu ko’proq bir soniga tegishlidir. Masalan,
Yuz ochganda ayoz bir sahar,
Xayr! –deb soching silaganlarim,
Senga toqat tilaganlarim. (Mirtemir)
Ko’chada sizni bir kishi chaqiryapti. (Og’zaki nutq.) birinchi misolda ayoz kunlarining qaysidir sahari, ikkinchi misolda chaqirayotgan tinglovchiga notanish kishi ifodalangan.
A)Hozirgi o’zbek tilida dona sonlar sanoq sonlarga –ta qo’shimchasini qo’shish yili bilan hosil qilinadi va donalab sanash mumkin bo’lgan predmetlar miqdori ko’rsatadi: o’nta daftar, beshta draxt kabi. Xuddi shu ma’noda dona, nafar, bosh so’zlari –ta qo’shimchasi bilan sinonimdir.
Jamlash ma’nosini bildiruvchi –ov va ala qo’shimchasi o’zaro grammatik sinonimlardir. –ov ko’proq og’zaki nutqda , -ala badiiy nutqda qo’llanishi bilan farq qiladi. Misollar: Ikkalamiz bir qishloqning bolasi. (Qo’shiqdan) .Birov qo’rqsang ikkov kel, ikkov qo’rqsang o’nov kel, O’nov qo’rqsang baring kel. («Shirin bilan Shakar» dostonidan).
Hozirgi o’zbek tilida –cha va –lab qo’shimchalari sonlarga qo’shilib, chama sonlarni hosil qiladi. Bular ham bir-biri bilan grammatik sinonimlar hisoblanadi va ular nimani chamalash va qanday chamalash ma’nolarini ifodalashda bir-biridan farqli qirralariga ega.
-cha qo’shimchasi sonlarga qo’shilib kelganda, chamalash ottenkasi kuchli bo’ladi va ko’proq og’zaki nutqda qo’llaniladi. –lab qo’shimchasida chamalash uslubiy bo’yoqdorligida bilan birga tantanavorlik uslubiy bo’yoqdorligi kuyachliroq hamda u adabiy til uchun xarakterlidir. Hatto bularga –lar, -archa qo’shimchalari, o’n uch-o’n to’rt tpidagi konstruktsiyalar ham grammatik sinonim hisoblanadi. Lekin qaysi biri qaerda qo’lanishi bilan ular bir-birlaridan farq qiladi.
So’zlovchi yoki yozuvchi biror shaxs , predmet, belgi, miqdor haqida yozar yoki gapirar ekan, shu predmet, hodisa, miqdor yoki belgining nomini bildiruvchi so’zni takroriy berishdan qochadi. Ularni ma’nodosh boshqa so’zlar bilan amashtiradi. Shunday hollarda ko’pincha ot, sifat, sonlarning ekvivalenti sifatida olmoshlar qo’llaniladi.
Bundan tashqari, olmoshlar uslubiy tanlash va biri o’rnida ikkinchisini qo’llash imkoniyatiga ega. Masalan, belgilash olmoshlari: hamma, barcha, biri kabi har, har kim, har narsa, har qanday olmoshlari ham umumni, umumiylikni bildiradi. Shu sababli ko’pincha bu olmoshlarning biri o’rnida ikkinchisini qo’llash mumkin: Dunyoda har kim ham bitta-ikkita narsadan qo’rqsa kerak. (P.Q.)Har narsa o’z vaqtida yarashadi(«Mushtum»). Misollardagi har kim, har narsa olmoshlari o’rnida, umumiy fikrga salbiy ta’sir etkazmagan holda, hamma olmoshini qo’llash mumkin.
Hozirgi o’zbek tilida kishilk olmoshlari birlik va ko’plik sonlarda (men-biz, sen-siz, u-ular) ishlatiladi. Men, sen, u olmoshlari yakka shaxslarni ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Bu olmoshlarning ko’plikda qo’llanishi oddiy kuzatuvchi uchun uncha sezilarli bo’lmagan turli ma’no nozikliklarini keltirib chiqaradi. Shu sababli ham ularning biz, siz shakllarini yoki bizlar, sizlar, senlar shakllarini befarq ravishda qo’llay berish mumkin emas. Masalan, birgina shaxs o’ziga nisbatan biz olmoshidan foydalanish mumkin bo’lgani holda bizlar olmoshidan foydalana olmaydi.
Ko’rsatish olmoshlari: u, bu, shu, o’sha predmet yoki voqeani ajratib, ta’kidlab ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Ular shu ma’nosi bilan bir-biriga yaqinlashsa, ba’zi ma’no qirralari ayrim qirralari bilan farqlanadi. Masalan, u olmoshi predmetning so’zlovchidan bu va shu olmoshlari ko’rsatgan masofaga nisbatan uzoqroq masofada turganligini yoki voqeaning nutq paytiga nisbatan ancha ilgari yuz berganligini ko’rsatadi: U erga (bu erga emas) tunagani borasan-da! Xuddi shunday bo’ldi. (G.Amarasekara.) Eslangiz u kunlar qanday beg’ubor! She’r aytib yayradik doim ikkovlon (A.Shukuhiy)
So’roq olmoshining turli ko’rinishlari (kim, nima, qanaqa, qaysi, qancha, qachon, necha, qaer) kontekst bilan bog’liq ravishda ko’picha biri o’rnida ikkinchisi sinonim sifatida ishlatiladi.
Hozirgi o’zbek tilida so’roq olmoshlaridan kim shaxslarga nisbatan, nima predmetlarga nisbatan ishlatilishi me’yoriy holat hisoblanadi. Kim olmoshi o’rnida nima olmoshining ishlatilishi og’zaki so’zlashuv nutqi uchun xos hodisadir. Masalan, og’zaki so’zlashuv nutqida ko’pincha Bu kishi sizga kim bo’ladi yoki Bu kishi sizning kimingiz bo’ladi deyish o’rniga Bu kishi sizga nima bo’ladi, Bu kishi sizning nimangiz bo’ladi tarzida qo’llaniladi.
Eski o’zbek tilida, ba’zan hozir ham badiiy asarlar tilida nima olmoshi ne, na shakllarida ishlatiladi.: Senga endi nelar aytayin, Qaydan boshlab, qaydan qaytayin. (H.O.)
To’g’ri yo’lda qaltira dorboz oyog’i,
Ne bo’ladi holi dorga chiqqan chog’i (X.Dehlaviy)
Nima olmoshi (na shaklida) aylamoq fe’li bilan birikib, naylayin tarzida qo’llanganda, qanday olmoshining qilmoq fe’li bilan birikkan shakli sinonim bo’la oladi. Vasl umidi birla dildan yuksalar doim navo, Naylayin, sozim chalib, qilsam-da izhor bilmading. (M.Boboev)G’G’qanday qilayin.
Nima olmoshining ne shakli –ga morfemasi bilan kelib, sababni aniqlash uchun ishlatilganda, (nega) nima uchun, nima sababli birikmalari bilan almashtirishi mumkin: Har qalay ilgari bunchalik emas edi-yu, nega bunday qildi? –degan fikr o’tdi. (O.Yo.) Sen sababini ayt, nega ketishimiz kerak? –deb so’radi Xristoniya.
Xuddi shu ma’noda nima so’roq olmoshi hamda uchun ko’makchisisning qisqarishi va ularning qo’shilishidan hosil bo’lgan nechuk shakli orqali ham ifodalanadi. Ammo u ko’proq poetik nutq uchun xarakterli. Misollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |