Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Publitsistik uslub turlari va bu ikki shaklni birlashtirib turuvchi xususiyatlari haqida nima deya olasiz?.
2.Ma’nodosh so’z va ifodalarning rang-barangligi, uslubiy maqomli so’zlarning, timsoliy-tasviriy vositalar, badiiy san’atlarning nisbatan keng qo’llanishi.
3.Matbuot, ommaviy axborot tilining o’zbek millatining umumiy muloqot tili maqomini kasb etayotganligi haqida qanday fikrdasiz?.
4. Gazetada nutq qolipiga qarshi kurashish zarurligi haqida qanday fikrdasiz?
1-savol bo’yicha o’qituvchining asosiy maqsadi:
Publitsistik nutqning ommaviy axborot va tashviqot vositalarida ishtiroki haqida fikr yuritish.
Publitsistik nutqning ijodiylik, mantiiqiylik va hujjatliligini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Publitsistik uslubning lisoniy va nolisoniy turlarini tasavvur qiladi va tushuntira oladi.
Publitsistik uslubda qo’llanadigan timsolli birikmalarni izohlay oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Publitsistika so’zi lotincha bo’lib, - ijtimoiy yokixalq, ijtimoiy xalqchil degan ma’nolarni bildirgan. Publitsistik uslub ko’rinishlari ijtimoiy taraqqiyotning eng qadimgi davrlaridayoq paydo bo’la boshlaganligini, bu ko’rinishlar qadimgi notiqLar nutqlari shakllarida namoyon bo’lganligini olimlar ta’kidlaganlar. Keyingi taraqqiyot og’zaki nutqlarninggina talabga to’la javob beralmasligini ko’rsatda. Xalq ommasini siyosiy va tashkiliy jihatdan harakatlantirish qudratiga ega bo’lgan alohida yozma nutqqa ehtiyoj tug’ildi.
Matbuot nutqi odatda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqIy, adabiy-tanqidiy mavzulardagi ommaviy nashrlarda, ijtimoiy-siyosiy jurnallarda, barcha gazetalarda namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, anna shularning nutqi matbuot nutqi sifatida tan olinadi. Gazeta nutqi matbuot nutqining hozirgi kundagi eng asosiy ko’rinishidir. Chunki gazeta nutqida ommaga murojat qilish, undash, qiziqtirish, Rag’batlantirish, umaman olganda, ta’sir etish etakchi o’rinda turadi.
Bundan tashqarii, gazeta ijtimoiy hayotning turli-tuman sohalarini to’la qamrab olada. Ikkinchilan esa, uning sahifalarida xabardan tortib badiiy asarlardan parchalargacha beriladiki, bu ommaning barcha tabaqalarigata’sir etishni, barchasiga tegishlilikni, tushunarlilikni ta’minlaydi.
Matbuot nutqi anna shunday vazifani bajarar ekan, uning ham o’ziga xos til xususiyatlar mavjuddir.
quyidagi ayrim matnlardan misol keltiramiz:
Eski shaharni saqlay olamizmi?
… Shukurkim, o’zligimizni anglay boshlashimish shaharsozlik sohasida ham ma’lum o’zgarishlar yasab, bu xududga e’tibor berila boshladi. So’nggi 3-4 yil ichida hukumatimizning eski shaharni SAqlab qolish bo’yicha qarorlari, «mahalla» dasturi qabul qilindi.
Toshkentning eski shahar qismini SAqlab qolish va qayta tiklash muammosi kompleks masala bo’lib, buni echish uchun, bizning fikrimizcha, shahar hukumati qoshida turli xil tashkilotlar, mutaxassislar, idoralar ishini muvofiqlashtiradigan markaz tuzish, keng jamoatchilikni bu ishga jalb etib, tiklash ishlari qanday ketayotgani to’g’risida matbuotda axborot berib borish kerak
Bu matnda uyushiq bo’lakli gaplar ko’p qo’llangan, murakkablashgan qo’shma gap shakli, -sh(-ish) affiksli harakat nomi shaklidan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |