Muhokama uchun savollar:
1.1. Badiiy uslubda yozuvchi tilda mavjud bo’lgan qaysi vositalardan foydalanmaydi?
1.2. Badiiy uslubga xos gap tuzing.
1.3. Shevaga xos so’zlar uslublarning qaysi birida ishlatishi mumkin?
1.4. qaysi uslub kitobxon (tinglovchi)ga ma’lumot berishdan tashqari ta’sir ko’rsatish vazifasini ham bajaradi?
1.5. Berilgan matn qaysi uslubda yozilgan?
Oh, oltin zum, shirin daqiqa, Yana keldim sohillaringga.
1.6. Nazmiy, nasriy asarlar, roman, novella qaysi uslubda yoziladi?
1.7. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi qaysi uslubda uchraydi?
1.8. Badiiy uslubga xos gap tuzing.
1.9.Rang bildirgan so’zlardan badiiy uslubga tegishlisini toping.
1.10.Badiiy uslubga xos bog’lovchilarga misollar ayting.
2-savol bo’yicha o’qituvchining asosiy maqsadi:
Nasriy nutq haqida talabalarga tushuncha berish.
Poetik nutq tilning badiiy tasvir vositalaridan foydalanishning eng yuksak namunasi hisoblanishini tushuntirish.
Dramatik nutqni tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Badiiy nutqning kuchi, qudratini tasavvur qiladi va tushuntira oladi.
Til birliklari imkoniyatlari: badiiy tasvir vositalarini izohlay oladi.
Proza, poeziya, dramaturgiya va rang-barang janrlardan iborat ekanligi.
2-asosiy savolning bayoni:
Badiiy uslub har bir ijodkorning mustaqilligi belgisidir. Bu belgi zamirida san’atkorlik, voqelikka munosabat,poeziya mujassamlashadi. Til vositalari ana shu o’ziga xoslikni namoyon etuvchi muhim omil hisoblanadi. Bunda til vositalari faqat tasvirlovchi unsurlar bo’lib qolmasdan, balki voqelikka munosasbat ko’lamini ko’rsatuvchi, badiiy tadqiq etilayotgan voqea – hodisalarni bosh g’oya atrofiga uyushtirib, asarga yaxlitlik baxsh etuvchi omil ham xisoblanadi.
Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari hamisha davr bilan, qahramonlarning saviyasi balin bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Ikkinchi tomondan, badiiy asarda so’z qo’llash ijodning janr xususiyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Demak boshqa xoslangan uslublardagi kabi badiiy uslubda so’z qo’llash ham lisoniy va nolisoniy qonuniyatning uzviy bog’liqligini taqozo etadi. Ayni chog’da mana shu holatlarning zamirida san’atkorning ijodiy poeziyasi mujassamlashadi. Bu jihatdan ikki ijodkorning badiiy asarda so’z qo’llash haqidagi fikrini keltirish juda o’rinli .
Buyuk bobomiz Z.M.Bobur yozadi:
Ash’oringkim, she’r oti to bo’lg’ay,
Ta’b ahli anga volau shaydo bo’lg’ay.
Har so’zki, bahri maoni anda,
Kim ko’rdi durekim, daryo bo’lg’ay.
Har so’zki, men dermen, lof o’lmag’usi,
Bema’niyu xarzau gazof o’lmag’usi.
Ya’ni: sen bitgan tizmalaringni she’r deb atar ekansan va unga yuksak didli, nozik fahmli kishilarning shaydo, muhlis bo’lib qolishini istar ekansan, qo’llaydigan har bitta so’zingda hayot to’lqinlari dengizday mavjlanib tursin, ishlatadigan har bitta so’zing lof bo’lmasin, ahmoqona-bema’ni bo’lmasin. Boshqacha aytganda, hayotning o’zidagiday tabiiy, go’zal bo’lsin, xalqqa naf keltirsin, deydi Bobur.
Buyuk zamondoshimiz Oybek deydi:
Tasvirida so’z bomba kabi
Portlaguvchi salmoqdor bo’lsa,
Yo ko’z yoshi, yo gul singari
Nafis, nozik ma’nodor bo’lsa.
Bu fikr faqat she’riyatga tegishli bo’lib qolmasdan, umuman badiiy ijodda so’z qo’llashga dahldordir.
Badiiy tasvir hayotning hamma sohasini qamraydi.Shuning uchun bunda umumiy leksika ham, chegaralangan so’zlar ham keng ravishda qo’llanadi. Bu jihatdan badiiy adabiyot tili ro’znoma tiliga o’xshab ketadi. Chunki ro’znomada ham hayotning nihoyatda keng ko’lami ifoda qilinganidan turli sohaga oid so’zlar qo’llanadi. Ammo ro’znoma materiali asos e’tibori bilan publitsistik uslubga mansub bo’lsa, badiiy adabiyot tili badiiy uslubga xosdir. Badiiy uslub esa timsollilik bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning zamirida timsollilik zuhur etadi. To’g’ri, ro’znomada ham timsollilik ishlatiladi. Ammo badiiy ijoddagi timsol muhokamaga undaydi, voqelikni yanada chuqurroq, yanada kengroq bilib olishga imkon yaratadi.
Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, unda eskirgan so’zlar ham, lahja so’zlari ham, atamalar ham yangi so’zlar ham keng ravishda qo’llanadi.
Demak, badiiy uslub voqelikni ta’sirli, jozibali ifodalab ijodkorning tafakkur qudrati, bilimi o’ziga xosligini anglatuvchi omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |