Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari



Download 1,67 Mb.
bet39/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

3.2. Aholining etnik umumiyliklari


Kishilarning qadim zamonlarda vujudga kelgan umumiyliklari etnik birliklardir. Etnik birliklarning ibtidoiy jamoa tuzumidan to hozirgi davrlargacha uchraydigan tushunchalari (kategoriyalari) asosan, urug’, qabila, elat, millatlardan iboratdir. Kishilarning eng qadimiy etnik–birligi–urug’ (qavm) kategoriyasidir. Bu kategoriya asosan ibtidoiy jamoa tuzumida vujudga kelib, ana shu formatsiyaning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy yacheykasi bo’lgan va u odamlarning qon-qardoshligiga asoslangan edi. Urug’chilik kishilarni xo’jalik va ijtimoiy jihatdan bir-biri bilan bog’lagan. Urug’chilikning asosiy belgilari: 1. Urug’ a’zolarining bir-biri bilan qon-qardoshligi; 2. Urug’ a’zolari xo’jalik faoliyatining birligi (barcha urug’ a’zolarining jamoa bo’lib birgalikda mehnat qilishi); 3. Ijtimoiy hayotning, turmushning va endi vujudga kelayotgan madaniyatning birligi.
Hozirgi davrda urug’chilik faqat Osiyo, Afrika va Amerikaning ayrim tog’li rayonlarida va o’rmonlarida yashaydigan hamda hozirgi zamon sivilizatsiyasidan ajralib, ancha orqada qolgan ayrim mayda xalqlardagina uchraydi. Ammo urug’chilikning ayrim qoldiqlari ba’zan boshqa xalqlarda (masalan, Kavkazdagi ba’zi xalqlarda, Hindistonda) ham uchrab turadi. Odamlar etnik birligining ikkinchi yuqoriroq bosqichi–qabiladir. Urug’larning qabilalarga birlashuvi ham kishilarning ibtidoiy jamoa tuzimiga xos umumiyligidir.
Dastlabki qabilalarni bir necha urug’ (odatda juft sondagi urug’larni) birlashtirar, ular o’zaro dual ekzogamiya (urug’larning bir-biriga qiz berib, qiz olishi) asosida bog’langan bo’lar edilar. Qabilalar sekin-asta o’zining to’la tuzilishiga ega bo’lib bordilar. Rivojlangan qabilalarning odatda, o’z tili yoki shevasi va alohida hududi bo’lgan, maxsus kengash (sovet) tomonidan boshqarilgan. Kengash qabila tarkibiga kiruvchi barcha urug’larning boshliqlaridan iborat bo’lgan. Urug’ boshliqlarining eng keksasi qabila boshlig’i qilib tayinlangan. Eng muhim masalalarni, masalan, urush yoki tinchilik masalalari va hokazoni hal qilish uchun umumqabila yig’ilishlari o’tkazilgan. Ayrim xalqlarda hozirda ham ijtimoiy hayotning qabila doirasida tashkil etish haligacha saqlangan.
Urug’ va qabila kategoriyalaridan keyin elat kategoriyasi vujudga kelgan. Elat – urug’ va qabila birliklariga nisbatan yuqoriroq bosqichdir. Elat birligi asosan feodalizm jamiyati davrida, ba’zan esa quldorlik davridayoq tashkil topa boshlagan. Urug’chilik va qabilachilik kishilarning ibtidoiy jamoaga, ya’ni sinfsiz jamitga xos umumiyligi bo’lsa, elat sinfiy jamiyatga xos umumiylikdir.
Bu davrda ijtimoiy mehnat taqsimoti (dehqonchilikning chorvachilikdan ajralishi va ulardan hunarmandchilikning alohida bo’lib chiqishi) va u bilan bog’liq geografik (hududiy) mehnat taqsimoti vujudga kela boshlaydi. Natijada mahsulot ayirboshlash munosabatlarining o’ziga xos yangi shakllari shakllana boshladi. Urug’chilik, qabilachilik munosabatlari yangi davrga mos kelmay qoldi. Qon-qarindoshlik aloqalari emas, balki xo’jalik faoliyatining xususiyati savdo yoki boshqa iqtisodiy munosabatlar orfali bir-biri bilan chambarchas bog’langan muayyan hududiy aloqalar umumiylikning mazkur yangi shaklining negizini tashkil eta boshlaydi. Kishilar birligining ana shunday yangi shakli elatdir.
Elat kishilarning millatdan oldingi tarixiy birligidir. Elatlarning o’z nomlari, tili umumiy madaniyat va psixik xususiyatlari tarkib topa boradi. Elatlar hududiy umumiylikka ega bo’lib, ma’lum darajada iqtisodiy aloqalar qila boshlaydi. Bu belgilar millatlardagi singari hali yaxshi taraqqiy etgan emas, albatta. Elatlarning tashkil topishida feodalizm davriga xos jarayon-davlatlarning tashkil topishi ham ma’lum rol o’ynagan, ammo ayrim elatlarning hududiy joylashuvi ba’zi hollarda davlatlarning chegaralariga to’g’ri kelavermas edi. Kapitalizmning taraqqiy etishi bilan elatlar millatlarning vujudga kelishi va tashkil topishida baza bo’lib xizmat qildi. Ammo bu holda ham chegara to’g’ri kelishi shart emas. Masalan, bitta elat bir necha millatlarning tashkil topishi uchun ba’za bo’lib xizmat qilishi yoki aksincha bir necha elatlarning birlashuvidan bitta millat vujudga kelishi mumkin.
Millat-etnosning eng yuksak darajasidir. Millat bo’lishi uchun tili, hududi, umumiqtisodiy faoliyati va milliy ong shakllangan bo’lishi kerak. Millat ma’lum hududda yashovchi odamlarning ijtimoiy-etnik birligi bo’lib, feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida tashkil topa boshlaydi va kishilar umumiyligining o’ziga xos shaklidir. Millat shu bilan farqlanadiki, millatlarda hududiy birlik, iqtisodiy va madaniy aloqalar mustahkam o’rin oladi, yagona milliy til tashkil topadi, milliy ong rivojlangan bo’ladi. Millat-kishilarning shunday barqaror jamligiki, bu jamlik til umumiyligi, hudud umumiyligi, iqtisodiy hayot umumiyligi hamda ijtimoiy psixologiya ba’zi bir xususiyatlarining umumiyligi bilan bog’langan bo’lib, bu psixologiya ushbu xalq madaniyatining o’ziga xos belgilarida mustahkamlangandir va ular bu xalqning madaniyatini boshqa xalqlar madaniyatidan ajratib turadi. Xalq tushunchasi keng ma’noda bo’lib, barcha etnik umumiyliklarlarning mu’lum hudud (respublika, davlat yoki butun dunyo) aholisiga nisbatan ham ishlatish mumkin.
Ayrim mamlakat yoki butun jahon aholisining milliy tarkibini aniqlash juda mushkul vazifadir. Turli mamlakatlarda yashovchi xalqlar ro’yxatini tuzish dastlabki bosqichdanoq aholining biror guruhining qandayligini: etnik birlikni ya’ni alohida xalqni tashkil etadigan yoki xalqning bir qismini (etnografik guruhini) yoki birlikning boshqa bir ko’rinishini, masalan davlat siyosiy ko’rinishini tashkil etadimi ko’rsatish zarur ammo bunday masalalarni hal qilish ko’pincha qiyin bo’ladi. Ko’p hollarda etnografik guruhlar o’ziga xos madaniy va maishiy elementlar tavofut qilibgina qolmay, balki alohida dialektlarda gaplashib, etnik jihatdan o’z-o’zini butunlay boshqacha anglashga ham olib keladi. Qisman ancha yaxshi o’rganilgan xalqlarda (bolgarlar, polyaklar va boshqalarda) ayrim guruhlar yaqin o’tmishda ham rasmiy statistika ma’lumotlariga ko’ra alohida xalq sifatida ajralib kelinar edi.
Jahon mamlakatlarida konsolidatsiya (milliy jipslashish) va assimilyatsiya (qorishish) jarayonining keng ko’lamga avj olish tufayli o’ziga xos o’tkinchi til va madaniy shaklli, milliy jihatdan o’z-o’zini anglash kabi etarli, muhum belgili aholi guruhlari mavjuddir. Binobarin bunday guruhlardan biriga misol qilib, Boshqirdistonda yashovchi tatarlarni ko’rsatishimiz mumkin. Aholining bu qismi hozircha tatar xalqini bir bo’lagi hisoblanadi.
Xalqlarni sonini aniqlashdagi qiyinchilik esa, jahon aholisini etnostatistik jihatdan etarli o’rganilmaganligiga bog’liqdir. Hozirgi vaqtda butun jahon mamlakatlari aholi soni ro’yxatga olindi. Biroq bunday ro’yxatlarning ko’pchiligi aholining milliy tarkibini o’z oldiga maqsad qilib qo’ymagan. Bir qator mamlakatlarda milliy tarkib (yoki til) haqidagi masalaning yo’qligi, aholining etnik jihatdan nisbatan bir xilligiga bog’liqdir. Bunda maskur masala muhum rol o’ynamaydi. Ammo butun dunyo aholisining milliy tarkibini bilish mushkul masala. Bu masalaning mushkulligi jahon aholisini etnostatistik jihatdan etarli o’rganilmaganligidir. Hatto hozirgi aholi ro’yxatlari o’z oldiga vazifa qilib qo’ymaydi. Bunga birqancha sabablar bor ayrim mamlakatlarda ro’yxatlar o’tkazishda milliy mansublik etnik jihatdan nisbatan bir xil bo’ladi. Boshqa hollarda bunday ko’rsatkich bo’lmasligi mumkin.
Chunki hukmron davlatlar mayda millatlar va ular bilan bog’liq bo’lgan milliy muammolar go’yo hal bo’lgan demoqchi bo’ladilar hamda o’z mamlakatlarini yaxlit milliy mamlakat sifatida ko’rsatishga intiladilar. Xorij ro’yxatlarining milliy masala aks etgan ma’lumotlaridan ham foydalanish ancha qiyin. Chunki, ayrim olimlar tomonidan qabul qilingan etnik terminologiya, hamda etnik umumiylik odatda chet el adabiyotlaridagi terminologiya va tushunchalardan farq qiladi.
Masalan ingliz, fransuz yoki ispan tili terminologiyasidan foydalanuvchi ko’pgina mamlakatlarda «millat» tushunchasi doimo «davlat» tushunchasi bilan tenglashadi, «millat» termini esa davlatga mansublikni bildiradi. Ayrim aholishunos olimlar esa aralashtirib yuboradilar. AQShda o’tkazilgan aholi ro’yxatlarida millat masalasi irq masalasi bilan aralashtirilgan (oq tanli, negr, amerikalik, indeys, xitoy, yapon, filippinlik va boshqalar).
Shuningdek dunyoning barcha qismlarida milliy jipslashish va qorishish jarayonlari keng ko’lamda yoyilganligini e’tiborga olsak, sayyoramiz aholisini milliy tarkibini aniqlashning mushkulligi yanada aniq ko’rinadi. Biz quyidagi Evropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya va Okeaniya bo’yicha aholining milliy tarkibi haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz.
Evropa mamlakatlari aholisining milliy tarkibi bo’yicha 3 guruhga bo’lamiz: 1. Bir millatli davlatlar. 2. Ko’p millatli davlatlar. 3. Oraliq davlatlar. Bir millatli davlatlarga Evropada 20dan ortiq davlatlar kiradi (Polsha, Shvetsiya, Germaniya, Vengriya, Daniya, Portugaliya va boshqalar). Bu davlatlarning har birida o’z asosiy millati xalqning 90% ini yoki undan ortig’ini tashkil etadi.
Ko’p millatli davlatlarga Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shveytsariya, Chexiya, Sloveniya, Belgiya va boshqa davlatlar kiradi. Jumladan B. Britaniyaning asosiy millati inglizlardan tashqari, shotlandiyaliklar, irlandlar, yahudiylar va boshqa mamlakatlardan ko’chib kelgan ko’plab muhojirlar yashaydi.
Ispaniyaning shimoliy-sharqida katalonlar, shimoliy-g’arbida galisiyaliklar va shimolida basklar istiqomat qiladi. Shveytsariyada ham-mamlakatning markazi va sharqida –german-shveytsarlar, g’arbida-fransuz-shveytsarlar, janubi-sharqida italyan-shveytsarlar yashaydi. Manashu xalqlarning hammasi yagona shveytsar millatini tashkil etadi.
Osiyo aholisining soni jihatidangina emas ko’p millatligi bo’yicha ham dunyoning boshqa qismlaridan ajralib turadi. Bu erda bir millatli davlatlar juda kam. Bir millatli davlatlarga asosan Yaponiya, Koreya va ayrim arab davlatlarining kiritish mumkin. Arab mamlakatlaridan Iroq, Suriya, Livan va shuningdek Turkiyada asosiy millatlardan tashqari ko’plab mayda millatlar (kurdlar, armanlar, cherkeslar) yashaydi. Eron–Osiyoda aholisining etnik tarkibi xilma xil bo’lgan mamlakatlardan biridir. Eronda asosiy millat eronlardan tashqari ko’plab mayda millat va elatlar (20 dan ortiq xalqlar) yashaydi.
Afg’oniston, Pokiston, Myanma, Xitoy va Filippin ham ko’p millatli davlatlardir. Osiyoning ko’pchilik mamlakatlarida milliy masala hal qilingan emas. Ayrim xalqlar bir necha davlatlarga bo’linib ketgan, masalan kurdlarning etnik hududi Turkiya, Eron, Iroq, Suriya o’rtasida bo’lib olingan, balujlar etnik hududi Eron, Afg’oniston, Pokiston o’rtasida, afg’onlar (pushtular) Afg’oniston bilan Pokiston, panjoblar Pokiston bilan Hindiston o’rtasida bo’lingan. Bunday misollarni bir nechtasini keltirish mumkin. Bunday hollar esa milliy o’zaro hamkorlikni qiyinlashtiradi va davlatlar o’rtasida munosabatlarda ayrim nizolarni keltirib chiqaradi. Kurd va pushtu muammolari milliy masala negizida kelib chiqgan va murakkab, keskin siyosiy muammoga aylangan. Xitoyda mayda millatlarga qarshi, millatlarni «Xitoylashtirish» siyosati, yahudiy-arab mojarolari ana shunday muammolardandir.
Afrika aholisining milliy tarkibi o’ziga xos, uzoq davom etgan mustamlakachilik afrikaliklarning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy rivojlanishini ancha orqada qoldirdi. Ularning yirik millatlar va elatlarga birlashuviga xalaqit berdi. Mutaxassislar Afrikani aholisini milliy tarkibiga qarab 3 ta etnik oblastga (viloyatga) bo’ladi:

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish