3 BOB. AHOLINING ETNIK VA IJTIMOIY TARKIBI
3.1. Aholining irqiy tarkibi
Odamlar qadim-qadimdan jamoa-jamoa qon qardosh bo’lib yashab kelishgan. Ana shunday birliklarning eng muhimi ularning irqiy va etnik birliklaridir. Irq bu odamlarning kelib chiqishi, govda tuzilishi va qiyofasi o’xshash bo’lgan tarixan tarkib topgan hududiy birligidir. Irqlarning paydo bo’lishi va odamlar o’rtasidagi irqiy belgi hamda xususiyatlarning kelib chiqishi haqida har xil omillar bo’lib, keng tarqalgani ikkitadir. Antropologlarning bir qismi irqlar juda qadimda, Afrika, Evropa va Osiyoning bir necha markazlarida (ya’ni dunyoning bir necha joyida) vujudga kela boshlagan deb hisoblaydilar. Bu “politsentrizm” nazariyasidir. Ikkinchi guruhi olimlar hozirgi zamon kishisi bir markazda vujudga kelgan (O’rta dengiz bo’yining sharqiy qismi, Janubiy Evropa, Shimoliy va Sharqiy Afrika va G’arbiy Osiyoni o’z ichiga olgan katta hududda), keyinchlik odamlar dunyoning turli qismlariga tarqalib ketgan va bir-biridan keskin farq qiluvchi tabiiy sharoitlarga tushib qolishi natijasida hozirgi irqiy belgilar vujudga kelib, rivojlanib borgan degan fikrni ilgari suradilar. Bu “monotsentrizm” nazariyasidir.
Irqlaq xalqlarning asosan tashqi ko’rinishiga va undagi farqlarga hamda ba’zi fiziologik belgilarga qarab ajratiladi. Kishi terisining, ko’z va sochining rangi, yuz tuzilishi, bosh suyagining shakli (asosan kalla kengligining uzunligiga nisbati), burun va lab tuzilishi, ko’zlarining qisiq yoki keng bo’lishi, erkaklarning yuzi tanasida (ayniqsa ko’kragida) jun bo’lishi, uning uzun-qisqaligi hamda keyingi paytlarda e’tibor berilayotgan ichki (fiziologik) belgi va xususiyatlar (qon guruhi, ta’m bilish xususityalari) tish tuzilishi va boshqalar kiradi. Er sharida uchta katta irq: evropoid, mongoloid va ekvatorial (negro-avstraloid) hamda ko’plab aralash irqiy shakllar ajratilgan. Uchta irq dunyoning barcha aholisini qamrab ola olmaydi.
Keyingi davrlarda irqlararo nikohlarning ko’payishi natijasida turli irqlar o’rtasidagi aralash turlar ham ko’payib bormoqda. Antropolog G.F.Debes turli irqlar o’rtasidagi aralash irqlarni 2 guruhga bo’ladi: “qadimgi aralash shakllar, o’rta asr va yangi davr shakllari”. Endi asosiy katta irqlar va aralash irqlar shakllarining geografik tarqalishi bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
Evropoid irqi: dunyo aholisining 46,8% ni o’z ichiga oladi. Bu katta irq hozirgi kunda 3-guruhga “shimoliy Evropoid, o’rta Evropoid, janubiy Evropoid” guruhlariga bo’linadi.
1) Shimoliy Evropada yashovchi shimoliy guruh vakillarining bo’yi novcha, sochi (jingalak) sariq, ko’k ko’zli bo’ladi.
2) O’rta Evropoid guruhi esa: bu irq vakillarining shimoliy Evropoiddan farqli sochlari silliq, yuz-tuzilishi, gavda tuzilishida keyingi vaqtlarda farq yuzaga kelmoqda.
3) Janubiy Evropa, Shimoliy Afrika, Old Osiyo, Shimoliy Hindistonda yashovchi janubiy guruh vakillarining bo’yi novcha, terisi qorachadan kelgan, sochi qora, ko’zi qora bo’ladi. Bolqon yarim oroli xalqlari esa boshi dumaloq, qora sochli bo’lib, ular ham shu guruhga mansub bo’lib-“Dinara irqi deb ham yuritiladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |