Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari



Download 1,67 Mb.
bet15/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

-birinchidan, o’sha davrda Sobiq Ittifoq tarkibidagi musulmon respublikalaridagi tug’ilish koeffitsienti boshqa mintaqalardan farq qilishga e’tibor qaratilgan. Biroq, bu prognozlar biologik xarakter kasb etgani holda respublikalararo migratsiyani hisobiga olmagan. Unda barcha ittifoqdagi boshqa respublikalarga xos tug’ilish koeffisientlarining pasayishi musulmon respublikalarida kuzatilmaganligini aholining qayta barpo bo’lishining oddiy rejimi 20 asr oxiriga qadar davom etishi bashorat qilinadi.
Bunda muallif (D.Veresov) kelgusida bu mamlakatlarning birmuncha islomlashuvni va reproduktiv targ’ibotlar o’zini oqlamasligini e’tirof etgan. Natijada bu kabi ob’ektiv demografik omillar demografik bosqichlarining birdan ikkinchisiga o’tishiga to’sqinlik qilishini e’tirof etgan. Boshqa tadqiqotchilar (E.Andreev, S.Perechkov 1975; P.Vensan, 1945) aholining qayta barpo bo’lishiga iqtisodiy omillar o’z ta’sirini ko’rsatishini ya’ni aholining birlamchi dehqonchilik ishlaridan sanoat ishlab chiqarishga o’tishi jamoat ishlariga ko’plab ayollarning jalb etilishi tug’ilishning kamayishiga sabab bo’lishini e’tirof etishgan;
-ikkinchidan, D.Veresov aholining qayta barpo bo’lishida tashqi migratsiyani e’tiborga olmaganligini tadqiqotlarining eng muhim kamchiligi sifatida e’tirof etadi. Shuningdek, T.Ivanov va I.Kalinyuk (1979) larning tadqiqot ishlarida ham migratsiyaning aholi qayta barpo bo’lishiga ta’siri ifoda etilmagan. D.Veresov srbiq sovet hukumatining migratsiyani boshqarishdagi siyosatining mantiqsizligini o’z davrida qayd etdi (1987). U iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun emigratsion siyosatni tashqi kuchlar bosimida idora etishni qoralagan;
-uchinchidan, D.Veresov bashorati aholining o’rtacha umr ko’rishi qisqartirilgan variantning qo’llanganligini oldingi tadqiqotchilar bashoratlaridan farqli jihati sifatida ajratib ko’rsatadi. U bu ko’rsatkichning davriy tebranishi bashorat ko’rsatkichlariga sezilarli ta’sir etmasligini ta’kidlagan;
-to’rtinchidan, oldingi tadqiqotlarda ham, D.Veresov bashoratlarida ham aholining qayta barpo bo’lishiga fojeali omillar ta’siri e’tiborga olinmagan. Biroq, katta masshtabda Chernobil fojeasi singari fojea yuz bermagan bo’lsada, Sobiq Ittifoqning emirilishi katta hududni ishg’ol etgan. Imperiyadagi siyosiy o’zgarishlar aholi qayta barpo bo’lishida katta o’zgarishlarni sodir etdi va mamlakatlar oldiga talay yangi muammolarini qo’ydi. Albatta, o’z davrida umumiy ko’rinishga ega bo’lgan aholining qayta barpo bo’lishidagi bu kabi tadqiqotlar o’z natijalariga ko’ra ham Markaziy Osiyodagi demografik jarayonlar o’zgarishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Markaziy Osiyodagi demografik jarayonlarning spetsifik jihatlari to’g’risida O.B.Ota-Mirzaev ta’kidlaganidek, «Ijtimoiy demografik stereotip kelajakka qadar, hech bo’lmaganda joriy yuz yillik oxiriga qadar saqlanib qoladi». Markaziy Osiyo respublikalaridagi tub aholining asosiy qismida tug’ilishning yuqoriligi saqlanib qolishi ko’pchilik mahalliy olimlar tomonidan e’tirof etilgan.
Shundan farqli holatda M.Amanekov Turkmanistonda tug’ilishning pasayishi holati faollashuvi haqidagi ma’lumotlar keltiradi. A.G.Vishnevskiy Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalarda tug’ilishning yuqoriligi sababli aholining qayta barpo etilishini bashoratlashga va aniq natijalarga erishishga har qanday nazariy tahlil, butun dunyo tajribasidan kelib chiqib yondashishi yoki alohida olib borilgan aniq tadqiqot ham yordam berolmasligini ta’kidlaydi.
Tug’ilishning yuqoriligi milliy xususiyat emas, dunyoda hech bir xalq yo’qki, uning tarixida tug’ilishning yuqoriligi an’anasi kuzatilmasa, qachonki tarixiy taraqqiyot bu an’anadan ob’ektiv asosda mahrum etar ekan, u bir muddat inertsiya kuchi singari saqlanib qoladi. Bu inertsiyaning qancha muddat davom etishi joy va vaqtning ko’plab xususiyatlari bilan bog’liq.
Shuningdek, bu bog’liqlik o’tmishdagi inertsiyaning hozirgi talablaridan kuchli emasligi bilan izohlanadi. Dunyo miqyosida tug’ilishning yuqori koeffitsienti taxminan 3,3 ‰ ni va aholi takror barpo bo’lishining netto koeffitsienti 1,6 ‰, shuningdek, dunyoda aholining o’rtacha umr ko’rishidagi davomiylik taxminan 65 yoshni, tug’ilish va o’lim darajasi taxminan yiliga 15,5 ‰ ni tashkil qiladi.
Aholi takror barpo bo’lishining ikki tipi mavjud:
1-tip. «Demografik qish»– iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlanishdagi va ba’zi sobiq ittifoq davlatlari uchun xos. Bu tipdagi davlatlarda tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlari past bo’lib, tabiiy o’sish «0»ga yaqin, ba’zi mamlakatlarda aholining tabiiy kamayishi bilan xarakterlanadi.
2-tip. «Demografik bahor»-tug’ilish ko’rsatkichlarining yuqoriligi va o’limning tug’ilishga nisbatan pastligi bu tipdagi davlatlar uchun xos. Ularga Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi qator davlatlarni kiritish mumkin. Tug’ilishga nisbatan o’limning pastligi hozirgi kunda amalda dunyoning barcha mamlakatlari uchun xos, bu birinchi navbatda tibbiyotning rivojlanganligi epidemiya va bolalar o’limiga qarshi kurashdagi yutuqlar bilan bog’langan.
Rivojlanayotgan davlatlarda tug’ilishning yuqoriligi ko’pchilik mamlakatlarda milliy va diniy an’analar bilan bog’liq. Ularda oilani rejalashtirish tamoyili birinchi darajaga chiqmagan. «Demografik qish» hukm surayotgan mamlakatlarda aholining takror barpo bo’lishidagi o’rtacha formula 13-10=3 tabiiy o’sishning yuqori chegarasi yiliga 12‰ dan oshmaydi. «Demografik bahor» hukm surayotgan mamlakatlarda esa, aholining takror barpo bo’lishining o’rtacha formulasi 28-9=19 tabiiy o’sishning quyi chegarasi yiliga 12‰ dan ortadi. 2-chi tipdagi ko’pgina mamlakatlarda tabiiy o’sishning nihoyatda yuqoriligi «Demografik portlash» nomini olgan. Afrikadagi Tanzaniya, Mali, Uganda, Burkino-Faso, Niger kabi davlatlarda tug’ilish yiliga 50‰ dan yuqori.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish