Dala tajribasining birlamchi hujjatlari
Tajriba jurnali va unga kiritiladigan yozuvlar.
4.Ilmiy hisobot, maqola, diplom(bitiruv malakaviy) ishi va ularning boTimlari.
1-: Tanlangan mavzu bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarining ishchi dasturi tuziladi. Ishchi dasturnining titul varag’ining yuqori qismida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayotgan soha bo’yicha vazirlik nomi, ilmiy tadqiqot olib borayotgan tashkilotning nomi ko’rsatiladi. Ilmiy tadqiqot ishlarining mavzusi aniq va lo’nda qilib beriladi. Mavzudan pastroqda ilmiy rahbar va bajaruvchilarning ismi shariflari yoziladi. Ilmiy tadqiqot ishlarining boshlanish va tugallash muddatlari ko’rsatiladi.
189
Har yili ishchi dastur asosida bajarilgan tajriba tugagandan keyin ilmiy xodim tadqiqot ishi bo’yicha yillik hisobot yozadi. Hisobotda tadqiqot natijalarining asosiy mazmuni aks ettiriladi. Uning taxminiy hajmi 15-20 betdan iborat bo’ladi.
Hisobotning tarkibiy qismlariga titul varaqasi, bajaruvchilar ro’yxati, so’z boshi, masalaning holati haqida qisqacha tavsif (adabiyotlar sharxi), tadqiqot uslubi, tadqiqot o’tkazilgan joyning tuproq-iqlim sharoitlari, tadqiqot natijalari va ularning tahlili, tajribada ishlab chiqilgan tadbirning iqtisodiy samaradorligi, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar kiradi.
Titul varaqasi - varaqning yuqori qismida oliy ta’lim muassasasini qaramog’iga olgan tegishli Vazirlik nomi, muassasa nomi, mavzuning nomlanishi, bajaruvchining va ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi yoziladi, varaqning pastki qismida tadqiqot o’tkazilgan joy va yil ko’rsatiladi.
So’z boshi (kirish) qismida ushbu mavzu bo’yicha ilmiy tekshirishning amaliy va nazariy ahamiyati, maqsadi, masalaga tegishli davlat va hukumat qarorlari va ularning qishloq xo’jaligini rivojlantirishdagi roli qisqacha bayon etiladi, bundan tashqari mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi va original ekanligini ko’rsatib, boshqa fanlar rivoji bilan bogdiqligim isbotlay olishi kerak (2-3 bet).
Masalaning holati haqida qisqacha tavsif (adabiyotlar sharxi) qismida ushbu mavzuga tegishli adabiyotlarni tahlil qilish orqali masalaning qay darajada echilganligini aniqlash. Bunda chop etilgan ilmiy ishlar tahlili talab darajasida kiritilgan bo’lishi kerak. Bu talablar: asosiy fikr, natijaning haqiqiy ishonchligi, mantiqiy tartibi, aniqlik, qisqalik, ma’nolik, tajribadan olingan natijalarning ilmiy yakunini yasash, boshqacha qilib aytganda, muallif tomonidan original fikrni bayon qilish va uning mantiqiy ketma-ketligi, to’plangan ashyolarni o’z ichiga olib, ularni guruhlarga bo’lish, tahlil kilish hamda yaxlit ilmiy ishni barpo qilish bilan tugallanadi (6-8 bet).
Tadqiqot uslubi qismida - o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarga qaysi masalalarni yoritish orqali erishish, tajriba olib borish usullari (laboratoriya, vegetatsion, lizimetrik, dala yoki ishlab chiqarish); tajriba sxemasi (qaysi variantlar olib borilishi); tajriba olib borishga kerak bo’lgan ekish materiallarining miqdori, paykallar va ularning sathi, kuzatiladigan ko’rsatkichlarni va ularni bajarish muddatlari, to’plangan raqamli ma’lumotlarni tahlil qilishda qodlaniladigan variatsion-statistik usullari ko’rsatiladi (4-5 bet).
Tadqiqot o’tkazilgan joyning tuproq-iqlim sharoitlari qismida ishni bajarish muddati (yillari), tajriba maydonining meteorologik sharoiti, tuproq turi, tipi, uning mexanik tarkibi, fizik-kimyoviy tarkibi mavzuning o’ziga xosligiga qarab yoziladi (4-5 bet).
Tadqiqot natijalari va ularning tahlili qismi hisobot ishining asosini (50- 60 %) tashkil qilib, uning boshlanish qismida mavzuga tegishli ilmiy ishning shu kundagi ahamiyati qisqacha ta’riflanadi, so’ngra dasturda ko’rsatilgan bir masalani tekshirish natijasida raqam ilmiy nuqtai nazardan talqin qilinadi va dastlabki xulosa chiqariladi. Hisobotda shartli belgilar va qisqartmalar standart talablarga javob berishi kerak. Ayrim o’ziga xos ajralib turadigan ma’lumotlar grafik, rasm, fotosurat yoki diagramma (chizma) holida berilsa yana ham ravshanroq bo’ladi. Jadvallar
190
Do'stlaringiz bilan baham: |