Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi pozitsiyalari va ularni yaxshilashda parlament vazifalari



Download 2,5 Mb.
bet120/171
Sana21.01.2023
Hajmi2,5 Mb.
#900951
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171
Bog'liq
107-Ўзб. янги тарихи-2022 YANGISI 7777777

O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi pozitsiyalari va ularni yaxshilashda parlament vazifalari
Bugun Oʻzbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal surʼatlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan eʼtirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa oʻz-oʻzdan boʻlmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi oʻzgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan koʻtarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu eʼtiroflar, dastlabki yutuqlar oʻzimizniki albatta. Lekin ularni yana-da yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni ana shu saʼy-harakatlarni yangi pogʻonaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi jozibadorligini oshirish mezoni boʻlib xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni oshirish jarayonida parlamentning oʻrni qanday boʻladi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4-iyun kuni “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli” mavzusida oʻtkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi.
Oʻtgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020-yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi oʻrni sezilarli darajada oʻsdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga koʻra 2019-yilda mamlakatning suveren kredit reytingi “BB–” barqaror darajada saqlanib qolmoqda.
Jahon banki “Biznes yuritish 2020” yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) soʻnggi bir yilda Oʻzbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan toʻrtta islohotni amalga oshirgani toʻgʻrisidagi axborotni tarqatdi. Shuningdek, 2019-yilda Oʻzbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-oʻrinni egallab, 7 pogʻonaga koʻtarildi.
2019-yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018-yil uchun eʼlon qilgan hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini maʼlum boʻldi. Xususan, “Korrupsiyani nazorat qilish” indeksida 1 pogʻonaga, “Hukumat samaradorligi” indeksida 3 pogʻonaga, “Normativ sifat” indeksida 7 pogʻonaga, “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pogʻonaga, “Soʻz erkinligi va hisobdorlik” indeksida 5 pogʻonaga koʻtarildi.
Seminarda Prezidentimizning 2020-yil 2-iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, davlat organlarining birinchi rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul qilib belgilangani alohida qayd etib oʻtildi.
Shuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini yaratishi, bu esa oʻz navbatida koʻzlangan natijaga erishishda ayni muddao boʻlishi qayd etildi.
Tadbirda soʻnggi toʻrt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamgʻarmasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pogʻonaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pogʻonaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pogʻonaga koʻtarilganligi eʼtirof etilib, ushbu yoʻnalishdagi ishlarning natijasini aks ettirishga moʻljallangan 2020-yil 1-oktyabrga qadar Internet tarmogʻida ishga tushirilishi belgilangan “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali haqida maʼlumot berildi.
Bu borada mamlakatimizda reytinglar boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada soʻnggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yoʻnalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yoʻnaltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.
Xalqaro reyting va indekslarni belgilashda qanday faktorlar, koʻrsatgichlar mezon boʻlib xizmat qiladi? Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat oʻrtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni koʻtarish uchun qanday omillarga eʼtiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga erishilishini huquqiy jihatdan toʻliq taʼminlash uchun parlament qanday hujjatlar qabul qilinishiga eʼtiborni oshirishi talab etiladi? Seminarda tegishli masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislari deputatlar tomonidan koʻtarilgan shunday masalalarni atroflicha va toʻliq yoritganliklari iliq qabul qilindi. Parlament aʼzolari oʻzlarining qimmatli takliflarini bildirish barobarida ushbu yoʻnalish uchun xos boʻlgan oʻta nozik jihatlarni, koʻnikmalarni oʻrganganliklarini eʼtirof etdilar.
Shu bilan birga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlashda parlamentning nazorat va qonun ijodkorligi funksiyalarini takomillashtirish lozimligi taʼkidlandi.
Seminarda deputatlar xalqaro reytinglar nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlar, balki muayyan mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, jumladan inson huquqlarini, siyosiy hayotda jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash sohasidagi amaliy ishlarga ham baho berishi haqida toʻxtalib, bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandida belgilangan “qonun loyihalarining Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha tavsiyalarga mosligini oʻrganish amaliyotini yoʻlga qoʻyish” boʻyicha parlament tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaldilar.
Seminar yakunida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashda parlamentning rolini yana-da oshirishga qaratilgan zarur vazifa va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish