Vazifalar:
Mustaqil ish uchun vazifalar: Ozbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (ozgarish va muammolar) haqida referat tayyorlash.
8-mavzu: MUSTAQILLIK YILLARIDA OZBEKISTONDAGI MANAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT
AJRATILGAN SOAT-4
Asosiy savollar
Manaviy qadriyatlar, milliy ozlikni anglashni tiklanishi.
Milliy istiqlol mafkurasi, manaviyat va marifat jamoatchilik markazini tashkil topishi va uning faoliyati.
Milliy urf odatlar, qadriyatlar va ananalarning tiklanishi.
Milliy istiqlol mafkurasi va tamoyillari.
Tayanch iboralar: Manaviy kamolot, milliy mafkura, milliy istiqlol goyasi, qadriyatlar, manaviy meros, Talim togrisidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
1. Manaviy qadriyatlar, milliy ozlikni anglashni tiklanishi.
Ozbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam-molardan biri - yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishi-larni tarbiyalash edi. Bu o'z navbatida bir necha o'n yillar mobaynida yetarli darajada xalqqa ma'lum qilinmagan, sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o'zbek xalqining ma'naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng im-koniyatlar ochish kerak edi. Ozbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov o'zining «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» kito-bida «Oszbekistonning milliy-madaniy jihatdan g'oyat rang-barangligi, milliy o'zligini anglash va ma'naviy qayta tiklanish-ning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo'lib xiz-mat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb ko'rsatgan edi.
Darhaqiqat, Ozbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo'lmasligini hayotning o'zi ko'rsatdi. Shuning uchun ham raamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko'rdi.
Ozbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo'yganidan buyon o'tgan yillar davomida ma'naviy sohada yuz bergan o'zgarishlaming eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to'plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e'tiborning kuchayishi bo'ldi.
Ma'lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tabiiy ravishda Ozbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tarixiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, Ozbekiston va uning xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og'ir sinovlarni boshdan kechirishiga to'g'ri keldi. Buyuk imperiyachilik g'oyalari negizi-da zo'ravonlik bilan tashkil topgan totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so'nggi bor Ozbekistonga hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongi-dan ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holat-lar bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |