3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondi mablaglarini boshqarish boyicha parlament komissiyasi raisi A.Saidov, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori E.Solihov va boshqalar NNTlarni rivojlantirish, davlat va jamiyatni boshqarish, mamlakatimizni demokratik yangilashda ularning orni hamda ahamiyatini izchillik bilan oshirish borasida Ozbekistonda toplangan boy tajriba haqida soz yuritdi.
Aholi keng qatlamlari tomonidan qollab-quvvatlanayotgan va xalqimiz tarixidan keng orin olgan mustaqil hamda barqaror fuqarolik institutlari demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim omil bolayotgani, fuqarolarning oz salohiyatini royobga chiqarishi, ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgani takidlandi. Bunda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyilining izchil amalga oshirilishi muhim omil bolmoqda. Mazkur tamoyilga binoan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari, jamgarmalar va mustaqil ommaviy axborot vositalarini shakllantirish hamda rivojlantirishning mustahkam qonunchilik va meyoriy-huquqiy bazasi yaratilgan.
Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatimizda ijtimoiy hayotni faollashtirishga doir keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarga davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqi berilgan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari taminlanmoqda. Bu, oz navbatida, NNTlarni jadal rivojlantirish, ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bolmoqda.
Konstitutsiyamizning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid qoidalariga amal qilgan holda, Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyilini izchil amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy asosi bolgan ikki yuzdan ziyod qonun, davlat dasturlari qabul qilindi. Ozbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari togrisida, Ozbekiston Respublikasida jamoat fondlari togrisida, Nodavlat notijorat tashkilotlari togrisida, Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari togrisida, Homiylik togrisidagi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
Davlatimiz rahbarining 2005-yil 23-iyunda qabul qilingan «Ozbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga komaklashish borasidagi chora-tadbirlar togrisida»gi qarori mustaqil NNTlarni tashkil qilish, ijtimoiy va gumanitar masalalarni hal etishda ularning rolini kuchaytirishda muhim omil bolmoqda. Mazkur hujjatda vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizni yanada sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qollab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan.
2008-yilda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi qoshma qarorining qabul qilinishi natijasida bu jarayon yanada jadallashdi. Ushbu hujjatga muvofiq mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondi hamda ushbu fond mablaglarini boshqarish boyicha Parlament komissiyasi tashkil etildi.
Bularning barchasi davlat byudjetidan uchinchi sektorni qollab-quvvatlash uchun yonaltirilayotgan moliyaviy mablaglarni ochiq-oshkora, manzilli va, eng muhimi, demokratik taqsimlashni taminlashga xizmat qilmoqda, NNTlar faoliyatining tashkiliy-texnik va iqtisodiy asosini mustahkamlab, ularning barqaror hamda mustaqil tuzilma sifatida yanada rivojlanishiga komaklashmoqda. Masalan, 2008-2013-yillarda grant tanlovlarini otkazish, subsidiyalar ajratish va ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirish orqali fuqarolik jamiyati institutlarining turli loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 28,8 milliard somdan ortiq mablag ajratildi.
Ozbekiston Respublikasining 2007-yilda qabul qilingan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari togrisidagi qonuni nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish maqsadida zarur axborotni olish uchun davlat organlariga sorov bilan murojaat qilish huquqi, davlat organlarining gayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoyalanish huquqini, jamiyatdagi NNTlar maqomini yanada mustahkamladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |