Nurota qo`riqxonasi. Nurota qo‘riqxonasining boy va rang-barang faunasi sutemizuvchilarning 30 dan ortiq turini o‘z ichiga oladi. Tog‘larda Turkiston kalamushi, tosh suvsari va Seversev qo‘chqori yashaydi. Bu yerda, shuningdek, katta quloqli tipratikan, uzun ignali kirpi ham uchraydi. Yirtqichlar orasida tulki4, suvsar, tog‘ daralarida bo‘ri va cho‘l mushugi, bo‘rsiq va cho‘l sassiqkuzani yashaydi. Tog‘ etaklaridan baland tog‘largacha bo‘lgan yerlarda yovvoyi to‘ng‘izni uchratish mumkin. Saxiy tabiat ushbu hayvonlarning yashashi uchun barcha sharoitlarni yaratgan.
Sudralib yuruvchilar orasida kulrang echkemar, yo‘l-yo‘l suvilon va O‘rta Osiyo kobrasi bor. Ushbu uchchala tur O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Tog‘larning pastki mintaqasida cho‘l agamasi, O‘rta Osiyo toshbaqasi va kaltakesak yashaydi. U yoki bu yerda turli xil ilonlar: sariq ilon, yo‘l-yo‘l, ko‘p rangli va naqshli chipor ilonlar, ko‘lborilon uchraydi.
Qushlarning migratsiya yo‘llaridan biri qo‘riqxona orqali o‘tishi ham qiziqarlidir. Yilning maxsus davrlarida Nurota qo‘riqxonasining butun hududi tom ma’noda qushlarning sayrashidan jaranglaydi. Bu yerda qo‘riqxonada ko‘pincha qora laylak, qora kalxat, oqbosh qumoy, burgut, qirg‘iyburgut, itolg‘i, karlik burgut va boltayutar, yo‘rg‘a tuvaloq mavjud bo‘lib, bularning barchasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
3.3. Cho`l- o`rmon qo`riqxonalari.
O‘zbekistonda tekislik mintaqasida Baday – to‘qay va Qizilqum qo‘riqxonalarini joylashgan. Ularning tabiiy sharoiti va boyliklari tog’ mintaqasi qo’riqxonalaridan farq qilsada, O’zbekistonda tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari bilan beqiyos ahamiyatga ega.
Boday-to‘qay qo’riqxonasi. O‘tgan asrning 60-yillarida Amudaryo suvi quyilishining to‘xtashi va to‘qayzorlardan foydalanish kengaygani oqibatida bu o‘rmonzorlar va hayvonlarning yashash joylari keskin qisqardi. To‘qay changalzorlari yagona yashash joyi bo‘lgan Buxoro bug‘ularining butunlay qirilib ketish xavfi tug‘ildi. O‘zbekiston Respublikasida to‘qay o‘rmonzorlar Amudaryo, Sirdaryo, Surxondaryo Zarafshon, CHirchiq va Qashqadaryo daryolarining quyi qismi vodiylarida ensiz tasma bo‘lib tarqalgan (1973). 70-yillarga kelib Badayto‘qay hududining Amudaryo etaklarida to‘qayzor eng ko‘p saqlanib qolgan hudud ekanligini ko‘rsatib o‘tish kerak. Unda to‘qayzorga xos bo‘lgan hayvonot va o‘simliklarning barcha xususiyatli turlari mavjud bo‘lgan. Ana shularning hammasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yagona qo‘riqxona barpo etilishiga zamin yaratdi. «Baday-to‘qay» davlat qo‘riqxonasi O‘zbekiston hukumatining 1971 yil 26 apreldagi farmoyishiga asosan tabiiy to‘qayzorlar va uning hayvonot dunyosini saqlab qolish maqsadida barpo etilgan. Bugungi kunda «Baday-to‘qay» qo‘riqxonasi maydoni 6462 ga maydonni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |