6 MAVZU: O‘ZBEKISTONNING EKOTURISTIK
TASHKILOTLARI VA FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasida umumiy turizm industriyasining jadal sur’atlarda rivojlanishi ekoutrizmga ham o‘z ijobiy natijalarini o‘tkazdi. Keyingi paytlarda bevosita ekoturistik marshrutlar bilan shug‘ullanadigan markazlar va tashkilotlarning soni 12 tagacha etdi.
Bilvosita tarzda turizmning boshqa turlari bilan bir qatorda ekeoturizm bilan shug‘ullanadigan turtashkilotlarning soni30 dan oshib ketdi. Bularning hammasi yuridik shaxs maqomida faoliyat yuritayotgan ekoturistik tashkilotlardir. Lekin yuzlab jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan, undan ham ko‘plari davlat ro‘yxatidan o‘tmagan tarzda tabiiy turizm bilan shug‘ullanmoqdalar. Tegishli turistik faoliyatni olib borish litsenziyasiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarning deyarli hech birida sof ekologik turizm faoliyati olib borilmayapti. CHunki ularning hammasi davlat va mahalliy jamoat birlashmalariga tegishli ekologik to‘lovlarni to‘lamaydilar, ekologik bilim va madaniyatga ega emaslar, ekoturlar tegishli ekologik jihatdan sertifikatlanmagan.
Ekologik turizmning xalqaro markazi Ekosan-tur tashkiloti asosiy ekoturlarni taqdim etadi. Ular asosan Nurota Davlat Qo‘riqxonasi, Zomin milliy bog‘i, G‘arbiy Tyan-SHan tog‘lariga piyoda va otlarda ekoturistik marshrutlar. Ekosan-tur Qizilqumga tuyalarda sayohat, shuningdek tog‘ va tekislik daryolarida raftlarda suzish, O‘zbekiston bo‘ylab ovchilik va baliq ovlashni uyushtiradi.
Ekosan-turning asosiy marshrutlari G‘arbiy Tyan-SHyanga tog‘ tizmalariga tegishli bo‘lib, ularga:
• CHimyon- Taxta Djaylau dovoni trekkingi;
• CHimyon- Kichik CHimyon cho‘qqisi trekkingi;
• CHimyon- Oq soy darasi- Qora SHarshara trekkingi;
• CHimyon-Qumli dovon-Gulqamish darasi trekkingi;
• Beldirsoy-Nurekota-Oqsog‘ota-Kumushkon otdagi turi.
Undan tashqari Ekosan-tur turistlarga Nurota davlat qo‘riqxonasiga6 kunlik trekking va otlarda, Zomin milliy bog‘iga 3 kunlik trekking va otlarda, Qizilqumga 2 kunlik tuyada sayohat turlarini taqdim etadi.
Navoiy shahridagi ekskursiya va sayohat byurosi2002 yilda tashkil
etilgan bo‘lib, u kompleks turlarni taqdim etadi. Navoiy ekskursiya va
sayohatlar byurosiga qarashli Navoiy turistik baza Aydarko‘lda joylashgan.
Unda asosan to‘rtta o‘tov, ikkita chodir va ikkita tepa tomoni yopilgan yoping‘ichlar kiradi. Firmalarga qarashli10 ta tuya bir sutkada100 ta sayohatchiga xizmat ko‘rsata oladi.
1999 yilda tashkil etilgan Ark-Osiyo xususiy firmasi an’anaviy ekoturistik sayohatlardan tashqari kompleks(trekking, tog‘ chang‘i, ot va tuya,
velosipedlarda sayyohat) turlarni ham taqdim etadi.
Qoraqum-Tur(Xiva) firmasi o‘ziga xos kechki Qoraqumga sayohatlarni taqdim etadi. Bu sayohatlar kechki17.00 dan22.00 gacha o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ekskursiya va sayohat byurolarining o‘ziga
xos jihatlari mamlaktimizda qaytarilmas tabiatiga ega bo‘lgan Ustyurt platosiga, Amudaryoning quyi oqimidagi ko‘llarga, Qoraqalpog‘istonning Qizilqum cho‘llariga qilinadigan ekoturlardir.
O‘zbekistonning sayohatchilar Assotsiatsiyasiga tegishli bo‘lgan Rabat
Malik ekoturistik tashkiloti tomonidan ham ekoturlar ishlab chiqilgan. Rabat Malik 2000 yil 15 martda, ya’ni sayyohatchilar kunida tashkil topgan.
Assotsiatsiyaga 22 tashkilot a’zo. Ularning barchasida ekoturlar uyushtiriladi. Bular asosan G‘arbiy Tyan-SHyan tog‘lariga uyushtiriladigan-“Kumush ko‘za”, “Xumson”, “Kumushkon” kabi ekoturistik marshrutlardir.
Yevropa Ittifoqi tomonian qo‘llab quvvatlanayotgan“G‘arbiy Tyan-SHan
biologik xilma-xilligini saqlash loyihasi" ruknida"Barqaror faoliyat rivoji va ekoturizm" dasturini ishlab chiqqan. Unda tog‘ ekotizimlarini saqlab qolish va atrof muhitni muhofaza qilishni ekoturizmni rivojlantirish orqali amalga oshirish maqsad qilib olingan. Rabat Malik assotsiatsiyasi mahalliy aholi orasidan tur operatorlarni tanlab oladi va ularni gid sifatida tayyorlaydi. “
Do'stlaringiz bilan baham: |