Guliston davlat universiteti sattarov s. M


MAVZU:EKOTURISTIK MASHRUTLAR



Download 0,6 Mb.
bet13/24
Sana07.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#752573
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
portal.guldu.uz-EKOTURIZM

5 MAVZU:EKOTURISTIK MASHRUTLAR.

Ekoturistik marshrutlar tushunchasi va mazmuni Ekoturistik marshrutlar yoki ekoturlar deyarli hamma ekoturistik sayyohlikning asosi bo‘lgani uchun ham uning tushunchasi va mohiyatini bilibolish zarur.


Ekoturistik marshrut– sayyohlarning muayyan yo‘nalish bo‘yicha tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lomlashishi, ma’rifiy-ma’naviy(umumtarbiyaviy) ishlarni amalga oshirish kabi maqsadlarni ko‘zlagan ekologik yo‘sindagi harakatlari.
Ekoturistik marshrutlar tushunarli va ommabop bo‘lishi uchun turning konsepsiyasi(dunyoqarashi) to‘laligicha yoritib berilishi, sayohatning ijobiy tomonlarini namoyon qilishi, servis va qulayliklarning optimal xususiyatlarini belgilab berishi kerak. U, yuqorida zikr aytilganidek, turli maqsadda, turli yoshdagi yoki ijtimoiy holatdagi kishilarning imkoniyat darajasiga qarab amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Ko‘pgina holatlarda ekoturistik marshrutlarni qiziqarli, keng ko‘lamli va daromadli qilish uchun ular boshqa turdagi turistik marshrutlar bilan qo‘shib olib boriladi. Masalan: “Elena-tur” turistik firmasining “Pskom tizmasi bo‘yicha" otlarda amalga oshiriladigan2 kunlik ekoturistik marshruti etnografik turizm bilan«omuxta” qilingan. Unda:
1- kun. Toshkentdan tog‘dagi Burchmulla qishlog‘iga etib boorish (120 km., 2 soat), mahalliy aholining turmush tarzi va hayoti bilan tanishish. CHorvoq suv omborida dam olish va cho‘milish. YAkkatut qishlog‘I xonadonlaridan birida tunash(a.b. 900 m).
2- kun. CHovod soyining yuqori qismiga otlarda sayohat qilish. Kelinchak(a.b.2355 m) dovoniga ko‘tarilish. G‘arbiy Tyan-SHan tog‘
tizmalari bilan o‘ralgan CHorvoq suv omborini yuqoridan turib tomosha qilish.
Nanay qishlog‘idan(a.b.880m) Pskom daryosi vodiysiga tushish. Mahalliy aholi
xonadonida to‘xtash. Kechki tomon Toshkent shahriga Sijjak orqali qaytib kelish(120 km., 2 soat).
Trekking- “Kulsoy yo‘lkalari bo‘ylab”: 1 – kun. Toshkent shahridan tog‘dagi
Burchmulla qishlog‘iga etib borish(120 km., 2 soat). Xonadonga yoki chodirlarga joylashish. CHorvoq suv ombori qirg‘og‘ida dam olish.
2 - kun. Erta bilan qishloqdan marshrut bo‘ylab yo‘lga tushish. Uncha qiyaligi katta bo‘lmagan Tiksoy dovoniga(a.b.1560 m) ko‘tarilish(1 soat30 daqiqa). CHorvoq suv ombori, Ovqashqa, Katta CHimyon(a.b.3309 m), Kichik CHimyon(a.b.2099 m) cho‘qqilarini tomosha qilish. CHorvoq suv omborining
qirg‘og‘ida dam olish. Oqshom Toshkent shahriga qaytib kelish(120 km., 2 soat).
Hozirgi kunda qoidaga kirib qolgan holatlardan biri har bir ekoturistik
marshrutlarning ichki mazmunini belgilash uchun avval uning maqsadi, ekotur o‘tkazilishi kutilayotgan ob’ekt, undagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘ylab ko‘riladi. Ayrim mutaxassislar ekskursiyalarni o‘tkazishdan avval quyidagi amallarni bajarishni tavsiya etadilar:
shaharlar bilan uning atrofidagi joylar, qishloq joylari va tabiiy landshaftlar aloqadorligini aniqlash;
tabiiy atrof muhitga, landshaftlarga, tabiatdan foydalanish tarixiga e’tiborni
qaratish;
kishilar faoliyati ta’siri ostida landshaftlarning hozirgi ko‘rinishi va kelajak istiqbollariga, ya’ni dinamik holatiga e’tiborni qaratish;
landshaftlarning ekologik holatini ijobiy tomonga o‘zgartirish yo‘llarini ishlab chiqishni rejalashtirish;
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar turi va ularning maqomini aniqlashtirish;
sayohatchilarning ekologik ongi va madaniyatini ko‘tarishning echimini topish.
Ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqishda sayyohlik ob’ektining relefi, tuprog‘i, tog‘ jinslari, er osti va usti suvlari, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqidagi ma’lumotlarni mukammal o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida joyning ekotizimlari, tabiatni muhofaza qilishga oid olib borilayotgan tadbirlar hamda alohida muhofaza qilinadigan hududlarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi axborotlar berilsa turistik marshrutlar haqiqiy ekologik yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ekoturlarni o‘tkazishda3-jadvalda ko‘rsatilgan marshrut sxemalari va unga oid ma’lumotlar bo‘lishi talab etiladi.
Ko‘rsatkichlar
Turlar
Misollar
Marshrut nomi va turi
O‘quv-o‘rganish
Ma’naviy-ma’rifiy
Jismoniy tarbiyaviy-sog‘lomlashtirish
Etnografik va h.k.
Xumson qishlog‘I atrofidagi tog‘larga
“Kumush ko‘za afsonasi”
Kimlarga mo‘ljallangan
YAkka tartibda Guruhlarga
YOshlarga
Nafaqaxo‘rlarga va h.k.
Guruhlar bo‘yicha(2 kishining nazorati ostida)
Guruhlarning
optimal soni, kishi hisobida
Kamida 3 kishilik
10 tagacha
10 -15 kishilik
15-25 kishilik va h.k.
17 yoshdan kam bo‘lmagan kishilarga
Marshrut davomiyligi, kun
7 soatgacha
7soatdan14 soatgacha
1 sutkalik va h.k.
8 soatlik5 ta15 daqiqalik
dam olishi bilan
Marshrut uzunligi, km
5 km gacha
5-10 km
10 km ortiq va h.k.
2 yo‘nalishdagi uzunlik– 24 km.
Agarda marshrut darajalarga ajratilsa uni ko‘rsatish lozim
Engil
O‘zlashtirish mumkin
Og‘ir
Juda og‘ir
O‘zlashtirish mumkin
Davriylik
Bahor
YOz
Kuz
Qish
Yil davomida
Qo‘llaniladigan transport turi
Velosiped
Qayiq
Otlar
Paraplan
Jiplar va h.k.
Otda
Harakat turi YAyov
CHang‘ida
Velosipedda
Otda va yayov
Suv orqali va h.k.
Kerakli anjomlar
SHaxsiy
Ijaraga olinadi
Joylashish sharoitlari
Mehmonxonada
Xonadonlardagi
mehmonxonalarda
Xususiy xonadonlarda
Turbaza
Palatkada
Xususiy xonadonda
Marshrutlarda ovqatlanish
Xususiy paket
Umumiy ovqatlanish joyi
Nonushta–uyda, tushlik– to‘xtash joyida, kechki ovqat xonadonda.
Yo‘lda xususiy paket(mineral suv va quruq mevalar)
Asosiy tomosha qilish ob’ektlari
Tog‘lar, ko‘llar, daryo va soylar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, landshaftlar,
qurilishlar va h.k.
Kan’on, avliyo joylari, tog‘ landshaftlari, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi
Mutaxassislar Gid ekskursovod,
Oshpaz
Tarjimon
Otboqar
oshpaz va h.k.
Gid– tarjimon va otboqar
Xizmat narx-navosi O‘zbek so‘mida
Amerika dollarida
Evroda va h.k.
Xar bir sayyohdan 40 amerika dollarida
Olib borilgan marshrutlar
Marshrutlarda qatnashgan sayyohlar soni 25 kishi
Marshrut pasporti Marshrut sxemasi va sertifikati.
Rasmlar va fotografiyalar.
Kartalar
Sxema va sertifikatlar bor
Kim ekoturistik xizmatni taklif etadi
Firma,
Xususiy tadbirkor va h.k.
Firma"Elena– tur"
Yuqorida keltirilgan talablar majburiy emas, balki tavsiya kuchiga egadir. Ushbu ko‘rsatgichlar, turlar yoki misollar ekoturlarni tashkil etayotgan firma yoki shaxslarning holati, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari hamda sharoitlariga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish