Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Boshqarish, rahbarlik qilish, vakolatli tashkilotlar, boshqarish omillari, ichki boshqarish, nazorat qilish, maslahatli boshqarish.
Mavzuga oid muammolar:
Boshqaruv har qanday jamiyatga xos bo’lgan, hayot va turmush zaruratidan kelib chiqadigan faoliyatdir. Boshqaruv jarayonida bir necha uslublar, omillarga tayanib ish ko’riladi. Boshqaruv uslublarini, omillarini o’rganib chiqing. Har bir uslubni tahlil qiling. Sizningcha jamoani qaysi uslubda boshqarish ma’qulroq?
Boshqaruv omillarini o’rganib chiqing. Har bir omilni ahamiyatiga qarab joylashtiring. Ular o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qiling. Jamoani demokratik usulda boshqarishda boshqaruv omillarining o’rni nimada? Javobingizni asoslang.
darsning maqsadi: xalq ta’limi tizimini boshqarish haqida talabalarga tushuncha beradi. O’zbekistonda xalq ta’limining rivojlanish xususiyatlarini tushuntiradi. Boshqarishga qiziqish hosil qildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |