Kichik guruhlar uchun topshiriqlar
Besh daqiqalik esse
Besh daqiqali esse – o’rganilayotgan mavzu bo’yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o’quv mashg’ulotida oxirida 5 daqiqa oralig’ida olib boriladi.
1 guruh uchun topshiriq
“Umid qilamanki, bo’lajak kasbim menga baxt keltiradi” mavzusiga oid esse yozing.
2 guruh uchun topshiriq
Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlarini Klaster grafik organayzeri yordamida yoritib bering.
“O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing” texnikasi
Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bo’lib, talabalarni matn ustida fikrlash, o’z g’oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan shaklda ifodalashga yo’naltiradi
“O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing” texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
O’qituvchi savol topshiriq beradi: oldin o’ylab chiqish, so’ng qisqa javoblar yozish tartibida.
Talabalar juftliklarga bo’linib, bir – biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.
O’qituvchi bir necha juftliklarga o’ttiz sekund davomida auditoriyaga o’z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |