Oila muammolari. Mustaqillik yillarida barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim-tarbiya va oila tarbiyasini tashkil etishda ham muhim o’zgarishlar yuz berdi. Mavjud sharoitda oilada bolalar tarbiyasini tashkil etishda muayyan qiyinchiliklar ko’zga tashlanmoqda. Bular quyidagilardan iborat:
ota-onalarning pedagogik bilimlardan etarli darajada xabardor emasliklari;
o’tish davri sharoitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida maktab yoshi bolalarning muayyan qismining bozor bilan bog’lanib qolib, o’qishga bo’lgan qiziqishlarining susayganligi;
zamonaviy axborot vositalari, shu jumladan, kopyuterning ijtimoiy hayotga tobora chuqur kirib borayotganligi, natijada uning ijobiy ta’siri bilan birga bolalarda badiiy adabiyotlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarining sezilarli pasayishi;
axborot vositalari sahifalarida jangari kayfiyatdagi tomoshalar sonining ortib borayotganligi va buning oqibatida bolalarda bera hmlilik kayfiyatining paydo bo’layotganligi;
o’quvchilarning o’quv adabiyotlari bilan to’la qurollantirilmaganligi;
noto’liq oilalarning mavjudligi hamda ular sonining ortib borayotganligi va hokazolar.
Oilaning farzandlar o’quv faoliyatiga g’amxo’rlik qilishi tarbiyadagi bosh masalalardan biridir. Ota-onalar farzandlarining ta’lim jarayonida bilimlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari yo’lida mas’uliyatni chuqur his etishlari zarur.
Ota-onalarning bu borada quyidagilarga rioya etishlari maqsadga muvofiqdir:
bolalarning mashg’ulotlarga kechikishlari va uyga o’z vaqtida qaytmasliklariga yo’l qo’ymasliklari;
bolalarda uy vazifalarini bajarishga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni qaror toptirishlari;
bolalarga o’quv topshiriqlarini bajarish hayotiy zaruriyat ekanligini uqtirishlari, vazifalarni mustaqil, vijdonan bajarish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga ko’maklashishlari;
bolalarning kun tartibiga amal qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga e’tibor qaratishlari;
bo’sh vaqtdan unumli foydalanishlarini nazorat qilib borishlari.
Oilada bola tarbiyasiga ijodiy yondashish, bolalarda ijobiy sifatlarni shakllantirishga erishish ularning shaxs sifatida to’laqonli shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega.
Nazorat savollar
Oila nima? Uni o’z fikringiz bilan izohlab bering.
Oila tarbiyasining mohiyati nimadan iborat?
Oila tarbiyasi qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etiladi?
Oila va ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlik mazmunidan nimalar aks etadi?