Nazorat savollar
Ma’naviyat», «axloq» tushunchalarining mohiyatini tushuntiring.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya nima?
Uning mohiyati haqida so’zlab bering.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalari nimalardan iborat ekanligini ayting.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni nimalarni o’z ichiga oladi? Uning asosiy talablari nimalardan iborat?
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlarini sanab bering
2-savol bayoni.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida axloq “insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur”, - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to’xtalib o’tadi. Allomaning nuqati nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g’urur), muhabbat, avf (kechirimli bo’lish). Bu xislatlar ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o’z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o’quvchining o’zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi.
Abdulla Avlniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g’azab, aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o’zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’ma, hirs), rahovat (g’ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo’rqoqlik), hasad, kizb (yolg’on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.
O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi.
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilm va spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish, o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, “O’rtog’imiz Kamol qanday qilib giyohvandlar orasiga tushib qoldi?”, “Siz Erkinlik deganda nimani tushunasiz?”, “Zamonaviylik – bu nima?” kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.
Debat, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur.
Hozirgi davrda yoshlar o’rtasida tobora ommaviylashib borayotgan “Zakovat”, “Intellektual ring”, “Qizlar davrasi”, “O’yla, izla, top!” kabi o’yinlar ham mazmun, ham mohiyati, ham metodik jihatdan o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar beradi.
Rag’batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash kiritiladi.
O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |