Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishining katta o’qituvchisi Yo. Nurumbekovaning “Zamonaviy oila turlari va ularning klassifiktsiyasi’’ mavzusida Respublika Oila ilmiy amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda o’tkazgan seminar trening
BAYONNOMASI
Guliston shahri. 2018 yil 25-dekabr
Qatnashdilar: Maxalla xotin qizlar qo’mitasi raislari. Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va Psixologiya 47-17-guruh 2-bosqich talabalari.
KUN TARTIBI:
Har xil masalalar:
Katta o’qituvchi Yo. Nurumbekovaning “Zamonaviy oila turlari va ularning klassifiktsiyasi’’ mavzusida 20 ta mutaxasisga ,,Seminar trening’’ i to’g’risida
Eshitildi: Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi Yo. Nurumbekovaning boshchiligida 47-17-guruh 2-bosqich talabalarining “Zamonaviy oila turlari va ularning klassifiktsiyasi’’ mavzusidagi seminar treningi 25.12.2018 yil oila ilmiy tadqiqot markazida tashkil etildi. Seminar treningda 20 ta tinglovchi qatnashdi. Seminar trening o’quv metodik, didaktik, tarbiyaviy talablarga javob beradi. Ushbu masala yuzasidan Yo. Nurumbekovaning so’zi tinglandi.
So’zga chiqdi: Pedagogika va Psixologiya yo’nalishi katta o’qituvchisi Yo. Nurumbekova boshchiligidagi 47-17-guruh talabalar tomonidan Maxalla xotin qizlar qo’mitasi raislariga “Zamonaviy oila turlari va ularning klassifiktsiyasi’’ mavzusida seminar trening olib borildi. Trening zamonaviy pedagogik texnologiyalardan va zamonaviy metodikalar asosida olib borildi. Taqdimot materiallari, mavzuga oid videotasmalar, ko’rgazmali qurollardan ham imkon darajasidan foydalanildi. Tinglvchilarning faolligini ta’minlashga xarakat qilib, tanishuv treninggi bilan boshlanildi, ko’rganlaringizdek figuralar asosida kichik guruhlrga ajratib olindi. Avvalo trening ishtirokchilari trening qonunlarini o’zlari yaratib olishdi. Kutuvlar daraxtiga har bir tinglovchi tireningdan kutayotgan maqsadlarini stekrlara yozib yopishtirishdi. Tinglovchilar 4 ta kichik guruhlarga ajratib olindi. Zamonaviy oilaning turlari hamda uning klassifikatsiyasi mikroguruhlar bilan hamkorlikda interfaol metodlar usulida o’zaro muhokama qilindi. Har bir guruhlarda talabalar Xolbekova D. “Ism, tuman tanishuv”, “Signal so’z”, Anorboyeva X. “T-sxemasi”, Rayimqulov B. “Art terapiya”, Turdibekova M. “Klaster”, Urazbekov D.“Tafakkur mashqi” Mamadjonov I. “Psixologik trening” kabi interfaol metodlari bilan ishlashdi. Olingan natijalar “reflektsiya” mashqi orqali muhokama qilindi seminar trening ohirida har xil smailiklarga treningdan olingan yutuqlar va kamchliklar ishtirokchilar tomonidan yozib natijalar qutisiga solindi. Seminar trening yuqori kayfiyatda, ishtirokchilar faolligida o’tdi. Seminar treningga qo’yilgan maqsadlarga erishildi deb hisoblandi.
So’zga chiqdi: Katta o’qituvchi Yo. Nurumbekova, Boyovut tuman Qarabchi m.f.y xotin qizlar raisi Qizlaroy opa. Seminar treningda pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali, maqsadga muvofiq foydalanildi. Mahorat darsidan ko’zlangan maqsadga erishildi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni eshitgan holda seminar treningda
QAROR QILINDI:
Pedagogika va psixologiya kafedra katta o’qituvchisi Ya. Nurumbekovaning boshchiligidagi 47-17-guruh talabalari tomonidan “Zamonaviy oila turlari va tularning klassifiktsiyasi” mavzusidagi seminar trening, yuqori saviyada o’tganligi va "a’lo" bahoga loyiq ekanligi e’tirof etilsin.
Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi Ya. Nurumbekovaning “Zamonaviy oila turlari va tularning klassifiktsiyasi” mavzusidagi seminar trening ommalashtirilsin.
Yig’ilish raisi: Yo. Nurumbekova
Guliston shaxar, oila ilmiy amaliy markazi raisi: O. T. Sayidniyozov.
Ma’naviy – axloqiy tarbiyaviy ishlar bo’lim mudiri: Sh. Abdurasulov.
Do'stlaringiz bilan baham: |