Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


profesional hamda ijtimoiy adaptatsiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

profesional hamda ijtimoiy adaptatsiya
– bu shunday tadbirlar 
majmuasiki, u avvalo ishchi va xodimning professional jihatdan shakllanishi, 
kasbiga monand keladigan ishlab chiqarish va kasbiy sifatlar, ko‘nikmalar, 
ustanovkalar, ehtiyojlarning takomillashuvi orqali uning faol mehnat faoliyatiga 
kirishib ketishi va mehnatda yuqori ko‘rsatgichlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Necha asrlardan buyon psixologlar hamda pedagoglar intellegentlikni yaxdil bir 
qobiliyat yoki ko’p qirrali shaklga ega bir qobiliyat deb munozara yuritib 
kelishadi. Ko’plab mulojazaga boy izoxlar intellegentlikni umumiy qobiliyat – 
insonga turli xil topshiriqlarni bajarishda, yoki akademik vazifalarni (o’qish, 
yozish, so’z boyligini oshirish) ifodalashda ishlatiladi. (Garlick, 2002). Shu 
o’rinda ushbu umumiy qobiliyatning bir necha dalillarini ko’rishimiz mumkin 
hamda ular jamiyatning har kungi intellegentli qarashlari bilan ustma-ust 
tushadi. Bu kuzatishlarni yanada aniqroq tasvirlash maqsadida mini industriya 
markazlari intellegentlik, akademik qobiliyat va yutuqlar borasida testlar ishlab 
chiqdilar, 
Intellegentlikni umumiy qobiliyat sifatida talqin etishda bir qancha 
muammolarga duch kelamiz. Muammolar ustida xulosa chiqarishning bir yo’li 
shuki, intellegentlikni o’qituvchilarga ta’sir o’tkazuvchi umumiy fikr nazarida 
ko’rish kerak. Agar uni yagona qobiliyat sifatida ko’radigan bo’lsak, 
o’quvchilarning intellect salohiyatini oshirish dolzarb muammoga aylanib qoladi, 
xatto tiklab bo’lmas holatga ham kelishi mumkin (Gottfredson, 2004; Lubinski, 
2004).
Ushbu xulosaning bir qancha salbiy natijalari yaqin yillarda o’qituvchilarga 
ta’sir o’tkazmoqda, ayniqsa maktabda o’tkazilga test yutuqlari o’quvchilar 
o’rtasida keng yoyilib ketgan.
Biroq, intellegentlikning boshqa bir ko’rinishi - aslida hamma qismlari bir yaxdil 
qobiliyatni ifoda etsa uning bir qancha izox yo’llari mavjud. Turli xil sabablarga 
ko’ra, yaqin yillarda ushbu qarashlar o’qituvchilar orasida ommalashib bordi.


91
Masalan, o’quvchilarni baholash sistemasiga ko’ra, o’quvchi aniq bir qobiliyat 
orqali baholana olmaydi, lekin tub ma’nosida buning aksi ko’rinadi (Kohn, 
2004). Ushbu modellardan taniqli, ko’zga tashlangani Hovard Garnerning ko’p 
sonli intellegentlik nazariyasi hisoblanadi (Gardner, 1983, 2003). Gardner shuni 
ko’rsatdiki, intellegentlikning sakkiz xil shakli mavjud bo’lib, har biri mustaqil 
ravishda ifoda etiladi. Har bir inson sakkiz xil shaklning aralashmasini o’zida 
mujassam etadi – kimdirda ko’proq bo’ladi – insonning shaxsiy va aqliy 
rivojlanishiga ko’mak beruvchi vosita hisoblanadi. Ko’plab topshiriqlar 
sinfxonada o’tkazilar ekan, ular bir yo’ldan ko’ra ko’p yo’llarda amaliyotga 
kiritiladi. Insonlarning shaxsiy mentalitetini o’stirishda topshiriqlarda individual 
tarzda g’alaba qozonishiga imkon beradi. Insho yozish davomida o’quvchi agar 
intellect salohiyatga yuqori darajada ega bo’lsa va og’zaki bilim darajasini 
ko’rsatib berolmasa, u sinfdoshlaridan ko’mak yoki maslahat so’rab vazifasini 
a’lo bahoga tugatishi mumkin.
47

Har bir shaxs farovonlikda va yaxshi ta‘minlangan sharoitda yashashni istaydi. 
SHu sababli ham insonlar farovon turmushni ta‘minlashga xizmat qiluvchi 
mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga intiladilar va moddiy boyliklarni 
o’zlashtirishga imkon yaratuvchi kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklarni 
egallashga harakat qiladilar.
Ba‘zi holatlarda ma‘lum bir kasbni tanlash va uni egallashda shaxsning 
imkoniyati etarli bo’lmaydi. Insonning qiziqishlariga va psixologik 
imkoniyatlariga to’g’ri kelmaydigan kasbning tanlanishi, tabiiyki, uning shaxs 
sifatida kamol topishiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. SHu nuqtai nazardan shaxsning 
ichki intilish va imkoniyatlariga u tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi 
munosabati o’ta dolzarb masala hisoblanadi.
Ma‘lumki, shaxsning kasbiy shakllanishi to’rt asosiy bosqichdan iborat bo’lib, 
ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

kasbiy intilishlarning shakllanishi;

kasbiy ta‘lim;

kasbiy moslashish;

shaxsning kasbiy faoliyatda qisman va to’liq o’zini o’zi 
bag’ishlashi.
Mazkur bosqichlarga mos holda kasbiy o’zini o’zi aniqlash jarayoni ham sodir 
bo’ladi. Kasbiy o’zini o’zi aniqlash jarayoni psixologik adabiyotlarda etarli 
darajada chuqur yoritilgan bo’lib, ayniqsa, psixologlar kasbiy intilishning 
shakllanishi va kasb tanlash bosqichlariga alohida e‘tibor qaratganlar.
Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar aholida yuksak 
madaniyatni, o’z kasbining mohir ustasi bo’lishni talab etadi.
SHu nuqtai nazardan kasbiy faoliyatning ikki xil jihati psixologik va pedagogik 
jihatlari farqlanadi. Kasbiy faoliyatning psixologik jihatlari xodimlarning 
47
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 91-92 b.


92
kelajakda o’z burch va majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun ularga zarur 
bo’lgan psixologik-pedagogik tamoyillar, kategoriyalar va tushunchalarni 
singdirish hamda kasb madaniyati va etikasi talablariga muvofiq hatti-
harakatlarini izohlash, xizmat vazifalarini to’g’ri bajarishga o’rgatish, o’z 
kasbiga mehr-muhabbat, insonga hurmat bilan qarashni tarbiyalashda namoyon 
bo’ladi .
43-rasm 
Kasbiy faoliyatning pedagogik jihatlari esa xodimlar xulqidagi mavjud 
axloqiy-siyosiy
xususiyatlarda aks etib, axloqiy prinsiplar va
me‘yorlarning shaxs ongida qanday hosil bo’lishi 
bilan belgilanadi. Axloqning shakllanishida
atrofdagi turli xulq-atvordagi kishilar, shaxsiy
tajriba, muayyan tiplar to’g’risidagi ma‘lumotlar, 
ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan faktlar 
katta ahamiyatga ega.
.
Buning uchun bugungi muhandis ham o’z kasb sirlarini, ham shu kasb 
maxoratini yoshlarga bera olishi lozim. U umumiy psixologiyani, yosh 
psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, kasb-ta‘limi va uning psixologiyasini 
bilishi talab kilinadi. Kasb-hunar ta‘limi kollejlari o’quvchilariga texnikaning 
konstruktiv xususiyatlarini, muhandislik psixologik talablarini xisobga olishni, 
eng muximi qullanadigan texnika inson imkoniyatlarini qay darajada hisobga 
olganligini ya‘ni, texnikaning gumanizatsiyalashuvini hisobga olishini
bilib ishga yondoshuvi masalalarini aniq tasavvur qilishi bilan bog’liq. Bu 
muammo muhandislik psixologiyasida urganiladigan markaziy bosh mavzu 
odam – mashinaga tizimi OMT - (ruscha SCHM«sistema chelovek-mashina») 
xisoblanadi. Odam-mashina tizimi va uning asosiy muammolari kasb ta‘limi 
o’qituvchisi va kasb ta‘limi ustasi maxoratining nazariy, pedagogik-psixologik 
tayyorligining asosini tashkil kiladi.
Kasbiy ta‘limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo’lib, bunda 
tayyorgarlik ikki xil ko’rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o’rganish 
(qo’shimcha ta‘lim yoki mustaqil ta‘lim) va maxsus kasbiy ta‘lim 
muassasalarida ta‘lim olish orqali.
Kasbiy ta‘limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon
―ma‘lum bir kasbga tayyorgarlik holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va 
motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi 
muhim bir bosqich hisoblanib, bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul 
qiladi va u jamiyatda o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqaradi. Bu jarayon inson 
tomonidan o’z ichki imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma‘lum kasbning 
talablariga uning imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo’ladi. Kasb 
tanlash ma‘lum bir kasbni tanlayotgan inson - 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish