61
Ikki-uch yoshli bolaning motivlari tuzilishi kristallashmagan (amorf)ligi bilan,
shuningdek, ularning qat’iy iyerarxiyasi yo’qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo’ladi.
Bola shaxsiga aloqador motivlar tizimi bir qator motivlar yig’indisini ifodalovchi,
o’zaro bir-biri bilan tasodifiy o’rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni
o’zaro o’rin almashish jarayonida yagona anglashish darajasidagi nazorat tizimiga
bo’ysunmaydi.
S.L.Rubinshteyn
bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif
beradi: «Bevosita bolaga ta’sir etuvchi har bir qo’zg’atuvchi (qo’zg’ovchi) ilk bolalik
davrida uning o’sishida hukmronlik qiladi. Chunki undagi ichki motivlar hali
mustahkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa qo’zg’atuvchi
hukmronligiga tobe bo’lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib mo-
tivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog’liq. Muallif vaziyatning stixiyali ta’siri
haqida mulohaza yuritib, u bolalik beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta’sirini ko’rsatib
turishini ta’kidlaydi.
Nazariy va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning
xulq-atvori, birinchidan, impulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat xu-
susiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang’ich genetik qobig’idagi shakllanish
pallasidagi motivining dinamik asosi – xatti-harakati qo’zg’alishini muvaqqat, tor muhi-
tidan tashkil topadi. Chunki bola hali motivlashgan ustanovkalarni uzoq vaqt ushlab tura
olmasligi sababli u tez yo’qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi qo’zg’alishlarda bola
chalg’isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi. Ehtiyoj qondirilishida, affektiv
reaktsiyalarda, chalg’ish jarayonida qo’zg’alish berilgan vaqt doirasidan chetlashadi.
Inson faoliyatining samaradorligi (mahsuldorligi)ni oshirish haqidagi psixologik
usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o’quvchilarida tajriba yo’li bilan dalillab berdi.
L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tahlil qilish kezida uni
nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi hamda ularning har birini
alohida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi mustaqil faoliyat strukturasining
takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina motivlar tuzilishining takomillashuvi va
rivoji namoyon bo’ladi. Muallifning fikriga qaraganda, xulq-atvorning muayyan
maqsadga bo’ysundirilishi kichik maktab yoshining pirovard bosqichida amalga
oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy xulq-atvor shakllanishining boshlang’ich davri bo’lib
hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: