Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

bixevioristlar
uchun bir qator holatlar o’ziga xoslikka ega:
1
. Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug’ullanib va xulq 
printsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq 
motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan xulosa 
chiqarishga harakat qiladi.
2.
Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik jabhada 
yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib 
ketadi. 
3
. Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo’lgan xulqning umumiy 
printsiplarini topishga intiladi.
4
. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o’ziga 
xosligini yo chetlab o’tadilar yoki o’ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar. 
5
. Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga 
asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi 
motivatsiyasiga ko’chirish ishonchli dalillarga ega emas. 
6
. Inson motivatsiyasini o’rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning 
tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug’ma ehtiyojlar 
kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos.
 
Psixoanalitik kontseptsiyalar 
negizida motivatsiya ortganlik ravishda inson 
mayllariga xosdir, degan g’oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi qaysidir 
organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi. 
Z.Freydning
kontseptsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o’rtasida 
hyech qanday tafovut yo’qdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi 
Z.Freyd
xulq 
motivalari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotib, motivatsiyaning manbai 
instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni muallif 
individning energetik potentsiyasi sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, 
Z.Freyd
motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai sifatida «u» 


56
tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchiq Uningcha, «u» tushunchasining mazmuni 
tug’ma va o’zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq qonunlari va aql darajalari, 
ko’rsatkichlari unga hyech qanday ahamiyat kasb etmaydi 
Z.Freyd
affektiv, impulsiv 
shakldagi mutlaqlashgan qo’zg’ovchilarni nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Ushbu 
qo’zg’atuvchilar (turtkilar) ning impulsivlik, taxminiylikning affektiv mohiyati, 
notanqiydiylik, ongli va irodaviy nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik 
xususiyatlarini mutlaqlashtirish bo’lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy 
darajadagi qo’zg’atuvchilar yotadi. Z.Freyd ta’kidlab o’tgan dinamik xususiyatlar va 
xossalari mohiyatida motivatsiyaning chuqur asosiy manbasini ko’radi. Uning 
kontseptsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning 
transformatsiyasi ustuvor o’rin egallaydi.
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish