Guliston davlat universiteti «kimyo» kafedrasi


Polimer materiallarni termik tahlili



Download 1,82 Mb.
bet28/58
Sana02.07.2022
Hajmi1,82 Mb.
#732641
TuriСеминар
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
portal.guldu.uz-мажмуа

Polimer materiallarni termik tahlili

Termik tahlil qilish usulida turli haroratda polimer materiallarning xossalarini kuzatish mumkin. Bu usullar orasida eng ko’p tarqalganlari quyidagilardir:


-termogravimetriya;
- differentsial termik tahlil va b.

Termogravimetrik usul


Termogravimetrik usul - dinamik usul bo’lib, u bir xil tezlik bilan qizdirilayotgan polimer namunasining og’irligini o’lchab borish, yoki doimiy haroratda vaqtga nisbatan og’irligini aniqlashga asoslangan.
Ordinata o’qiga massa yo’qotilishi (m), abtsissa o’qiga – harorat (T) qo’yiladi. Polimer namunasining massasini haroratga bog’liq holda kamayib borishi - termogramma yoki termogravimetrik egri deyiladi.

2-rasm. Polimer namunasining massasini (m) haroratga bog’liq holda yo’qolishi (T):

  1. termogravimetrik egri; 2 – derivativ termogravimetrik egri (DTK).

Rasmdan ko’rinib turibdiki, 1 egri chiziqning bosh qismida massa o’zgarishi kam (m0-m1) va u namunadan erituvchi qoldig’i yoki suvni chiqib ketishi bilan bogliq, (m1-m2) , (m2-m3) qismlari esa namunaning termik destruktsiyasi bilan bog’liq.
Rasmdagi (2) egri chiziq hosil qilish uchun (1) egri chiziq grafigidan yoki differentsiallash usulidan foydalaniladi. Termotarozilarning konstruktsiyalari 1 va 2 egri chiziqlarni bir vaqtda olish imkonini beradi.
Makromolekulyar kimyoda termogravimetriya usulidan polimerlarning termik destruktsiyasini o’rganishda (destruktsiya kinetikasi va mexanizmi), polimerlarning termik barqarorligini, oksidlanishli destruktsiyani, qattiq fazadagi reaktsiyalarni o’rganishda, namlikni aniqlashda, polimerlar zolligini aniqlashda, uchuvchan moddalarini aniqlashda, absorbtsiya va adsorbtsiya jarayonlarini o’rganishda, polimer kompozitsion materillar tarkibini aniqlashda, polimerlarni identifikatsiya qilishda foydalanilaidi.

Differentsial termik tahlil usuli (DTT)


DTT – polimerlarni qizdirish yoki sovutish vaqtida sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganish uchun qo’llaniladigan fizik-kimyoviy tahlil usuli. Bu usul standart modda bilan o’rganilayotgan polimerning haroratlari o’rtasidagi farqni qayd etishga asoslangan.
DTT polimerlarni shishalanish (Tsh), suyuqlanish (Ts), kristallanish (Tkr), parchalanish (Tp) haroratlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu usullardan suyuqlanish, bug’lanish, kristallanish, reaktsiya issiqligi, parchalanish issiqligi, o’tish entropiyasi, qattiq fazali o’tishlar energiyasini o’rganishda foydalaniladi.
Bu termogrammada polimerlarda sodir bo’ladigan asosiy fizik jarayonlarni namoyon bo’lish xarakteri ko’rsatilgan.
DTT yordamida polimerlarni olish jarayonlari, issiqlik effekti bilan boradigan kimyoviy reaktsiyalar (oksidlanish, choklanish, destruktsiya) o’rganiladi. Termogrammadagi piklarning holati va ko’rinishiga qarab polimer hosil bo’lish jarayonining optimal haroratli sharoitlari aniqlanishi, jarayonning alohida bosqichlari kuzatilishi, boshlang’ich aralashmaning tarkibini reaktsiya kinetikasiga ta’siri o’rganilishi mumkin.


3-rasm. Gipotetik polimerni DTT egrisi.
1-kristall-kristall o’tish; 2 – shishalanish; 3-kristallanish; 4- suyuqlanish; 5-oksidlanish, choklanish; 6- destruktsiya.
Havoda va inert gaz atmosferasida olingan ikkita termogrammalarni solishtirish orqali, polimerni oksidlanish qobiliyati va bu jarayonni alohida bosqichlari aniqlanishi mumkin.
DTT polimerlarni termik barqarorligi va termik destruktsiyasini baholash imkonini beradi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, 3600Cgacha polimerni 20%, 380 dan 5000Cgacha oraliqda 28 dan 80% , 520 dan 6000Cgacha oraliqda 82 dan 87% massa yo’qoladi. DTT dan ko’rinib turibdiki, polimerning bu namunasi uchun bitta cho’qqi mavjud, u namuna 5200Cda parchalanishidan dalolat beradi.


4-rasm. Poli-9-vinilkarbazol derivatogrammasi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish