Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


-Mavzu: Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘ziga xosligi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

8-Mavzu: Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘ziga xosligi  
Reja: 
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari. 
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari. 
3. Kadrlar tayyorlash milliy modelning tarkibiy qismlari. 
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi va vazifalari. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq 
holda  milliy  tajribaning  tahlili  va  ta’lim  tizimidagi  jahon  miqyosidagi  yutuqlari  asosida 
tayyorlangan  hamda  yuksak  umumiy  va  kasb-hunar  madaniyatiga,  ijodiy  va  ijtimoiy  faolikka, 
ijtimoiy-siyosiy  hayotda  mustaqil  ravishda  mo‘ljalni  to‘g‘ri  ola  bilish  mahoratiga  ega  bo‘lgan, 
istiqbol  vazifalarini  ilgari  surish  va  hal  etishga  qodir  kadrlarning  yangi  avlodini  shakllantirishga 
yo‘naltirilgandir. 
Mazkur  dasturning  maqsadi  –  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni  o‘tmishdan  qolgan 
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, 
yuksak  ma’naviy  va  ahloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  Milliy 
tizimini yaratishdir. 
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalarni
 
hal etilishini nazarda tutadi: 
«Ta’lim  to‘g‘risida»  gi  Qonunga  muvofiq  ta’lim  tizimini  isloh  qilish,  davlat  va  nodavlat 
ta’lim  muassasalari  hamda  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida  raqobat  muhitini  shakllantirish 
negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni 
ta’minlash; 
ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  jamiyatda  amalga  oshirilayotgan  yangilanish, 
rivojlangan demkoratik huquqiy davlat qurilishi jarayoniga moslash; 
kadrlar  tayyorlash  tizimi  muassasalarini  yuqori  malakali  mutaxassislar  bilan  ta’minlash, 
pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish; 
kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini  mamlakatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyoti 
istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va  texnologiyaning  zamonaviy 
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; 
ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy-ahloqiy  tarbiyalashning  va  ma’rifiy  ishlarning  samarali 
shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; 
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish va akkreditasiya 
qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; 
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar 
tayyorlash  tizimining  amalda  faoliyat  ko‘rsatishi  va  barqaror  rivojlanishining  kafolatlarini, 
ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; 
ta’lim,  fan  va  ishlab  chiqarish  samarali  integrasiyalashuvini  ta’minlash,  tayyorlanayotgan 
kadrlarning  miqdori  va  sifatiga  nisbatan  davlatning  talablarini,  shuningdek  nodavlat  tuzilmalari, 
korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; 
uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimiga  byudjetdan  tashqari  mamblag‘lar,  shu 
jumladan  chet  el  investisiyalari  jalb  etishning  real  mexanizmlarini  ishlab  chiqish  va  amaliyotga 
joriy etish; 
kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish