Jamoatchilik fikri
Jamoaning baholari, mulohazalari, irodasini birlashtiruvchi jamoatchilik fikri mohir pedagog
qo‘lida katta tarbiyaviy samara beradigan faol va ta’sirchan kuchdir. O‘quvchilarning
yig‘ilishlardagi nutqlari, mavjud kamchiliklar xususida aytilgan tanqidiy mulohazalar, devoriy
gazetadagi maqolalar, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish organlarining qarorlari, jamoatchilikning
ma’qullashi yoki qoralashi, jamoa talabi va hokozolar jamoatchilik fikri ifodasining shaklidir.
Rivojlangan jamoada jamoatchilik fikrining roli hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shu
bilan birga jamoatchilik fikri stixiyali tarzda shakllanmaydi. U o‘qituvchi va boshqa pedagoglar
tomonidan guruhdagi tarbiya jarayonining boshqarilishi qanday bo‘lishiga bog‘liq.
24-Mavzu: Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilish metodlari va baholash
Do'stlaringiz bilan baham: |