Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

mezonlari. 
Reja: 
1. Ta’lim tarbiya jarayoni nazorat qilish. 
2.  Kasb-hunar  ta’limi  natijalarini  nazorat  qilish  individual  o‘ziga  xos  xususiyatlari 
va baholash mezonlari. 
1. Ta’lim tarbiya jarayoni nazorat qilish. 
Nazorat  keng  ma’noda  nimanidir  tekshirishni  anglatadi.  Shu  nuqtai  nazardan  olib 
qaraganda u ta’lim-tarbiya ishida ishtirokchilar orasida  teskari aloqani ta’minlovchi omil sifatida 
namoyon  bo‘ladi.  Shuningdek,  u  bir  vaqtning  o‘zida  o‘quvchilarning  o‘quv-bilish  faoliyati 
bo‘yicha tashqi va ichki nazorat qilishni ham ta’minlaydi. 
Ta’lim-tarbiya  ishida  teskari  aloqa  bu  jarayonga  kerakli  vaqtda  o‘zgartirishlar  kiritish, 
uning  mazmuni,  metodlari,  tashkil  etish  shakllarini  takomillashtirish,  o‘quvchilarning  o‘quv-
bilish faoliyatlarini boshqarish va unga rahbarlik qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Nazorat  ta’lim-tarbiya  jarayonining  asosiy  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  dasturiy  materialni 
o‘rganish  ma’no  va  mohiyatini  tushunish,  mustahkamlash,  qo‘llash,  ya’ni  shakllantirish  bilan 
bevosita bog‘liq. 
Nazoratning rejali ravishda amalga oshirilishi o‘qituvchiga ma’lum bir paytda o‘quvchilar 
tomonidan  o‘zlashtirilgan  bilimlarni  tizimlashtirish,  muvaffaqiyatga  erishish  va  yo‘l  qo‘yilgan 
kamchiliklarni  o‘z  vaqtida  bartaraf  etishga  imkon  beradi.  O‘quvchilarning  o‘quv-bilish 
faoliyatlari natijasini obyektiv tahlil qilish o‘qituvchi va ta’lim muassasalari rahbarlariga ta’lim-


 
105 
tarbiya ishlarining holatini aniqlashga va takomillashtirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishga 
asos bo‘lib xizmat qiladi. 
O‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat 
qilishining  uyg‘un  holda  olib  borilishi  har  bir  o‘quvchiga  o‘zi  erishgan  yutuqni  ko‘rib, 
mohiyatini  anglashga,  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklarini  bartaraf  etish  chora-tadbirlarini  ko‘rishga 
imkon beradi. 
O‘quvchilarni  o‘z  ustida  muntazam  ravishda  ishlash,  ijobiy  shaxsiy  fazilatlarni 
takomillashtirish,  jamoaviy  ishlash  kabilarga  o‘rgatadi.  Nazoratning  barcha  funksiyalaridan 
majmuaviy  foydalanishdan  maqsad  ta’lim-tarbiyaviy  ishlarning  sifati  va  samaradorligini 
oshirishga  erishishdir.  Ta’lim-tarbiya  jarayoni  natijalarini  nazorat  qilishga  qo‘yilgan  pedagogik 
talablar sirasiga quyidagilarni ko‘rsatish  mumkin: 
1  .Nazoratning  individual  xarakterga  egaligi,  har  bir  o‘quvchi  ishini  nazorat  qilishni 
ko‘zda  tutib,  boshqa  o‘quvchi  yoki  guruh  o‘quvchilarining  umumiy  natijasi  bilan  aralashtirib 
yubormaslik yoki aksincha; 
2.  Nazorat  o‘tkazilishining  muntazamliligi,  uning  o‘quvchilarning  boshqa  o‘quv-bilish 
faoliyati bilan uyg‘unligi; 
3  .Nazoratning  turli  shakllaridan  unumli  foydalanib,  uning  ta’limiy,  tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi funksiyalarini ta’minlash, nazoratni o‘tkazishga o‘quvchilar qiziqishini oshirish; 
4 .Nazoratning har tomonlamaligiga erishish; 
5  .Nazoratning  obyektiv  bo‘lishi.  O‘qituvchining  noo‘rin,  subyektiv,  xato  baholovchi 
xulosalari va hukmlariga yo‘l qo‘ymaslik; 
6.  O‘quv  predmeti  va  bilimlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olishni  nazarda 
tutuvchi tabaqalashtirilgan yondoshuvga amal qilish; 
7 .Barcha o‘qituvchilar talablarining uyg‘unligi kabilar. 
Yuqorida  zikr  etilgan  talablarga  amal  qilish  nazorat  ishonchliligini  oshiradi,  ta’lim-
tarbiya ishidagi o‘qituvchi funksiyalarini to‘liq va  to‘g‘ri bajarilishiga imkon beradi. 
Nazoratning mazmuni, turlari  va  amalga joriy etish metodlari: 
Nazoratning  mazmuni,  didaktik  vazifalari,  o‘quv  predmetlarining  o‘ziga  xos 
xususiyatlari,  ta’lim  bosqichi,  o‘quvchilarning  tayyorgarlik  va    rivojlanganlik  darajasi  kabi 
omillarga  ko‘ra  aniqlanadi.  Eng  muhimi  nazoratda  o‘quvchilar  o‘qituvchidan  yoki  boshqa 
manbalardan  o‘zlashtirganlarini  to‘lig‘icha  qaytarib  berishni  maqsad  qilib  olmasligi  zarur. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida majmuaviy nazorat qilish muhim  ahamiyatga ega, chunki u dinamik 
o‘zgarish,  maxsus  hamda  shaxsiy    fazilatlarning  shakllanishini,  onglilik  va  faollik,  o‘qib-
o‘rganishga qiziqishni uyg‘otishi, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishi zarur. 
Respublikamiz  ta’lim  muassasalari  amaliyotida  nazoratning  joriy,  oraliq  (davriy)  va 
yakuniy turlaridan ko‘proq foydalaniladi. 
Joriy nazorat - o‘qituvchi tomonidan asosan har bir mashg‘ulot (dars)da o‘quvchining har 
kunlik  ishini  nazorat  qilish  uchun  amalga  oshiriladi.  Bunday  nazoratdan  oldin  o‘qituvchi  avval 
o‘tilgan  materialni  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlashtirilganligi  bilan  tanish  bo‘lishi  zarur.  Buning 
uchun o‘quvchilarning yozma ishlari, jurnaldagi qaydlarni o‘qituvchi mukammal o‘rganishi zarur 
bo‘ladi. Joriy nazorat muntazam  ravishda  yaxlit guruh va  har bir  o‘quvchining ishini kuzatish 
yo‘li  bilan  darsning  barcha  bosqichlarida,  ya’ni  yangi  materialni  o‘rganish,  mustahkamlash  va  
qo‘llash  bosqichlarida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bunday  ko‘rinishdagi  nazorat  o‘quvchilar 
tomonidan  muntazam  ravishda  mustaqil  ishlarni  bajarishga  bo‘lgan  intilishini  oshirishga,  sinf 
xonasidagi  va  uy  ishlarini  bajarishga,  o‘qib-o‘rganishga  qiziqishni  oshirish,  bajarilgan  ishga 
nisbatan javobgarlik his-tuyg‘ularini  kuchaytirishda katta ahamiyatga ega. 
Oraliq nazorat - odatda ma’lum mantiqiy tugallangan bo‘lim, bob yoki o‘quv yarim yilligi 
va  yilning  tugatilishi  bilan  o‘tkaziladi.  Bunday  nazorat  orqali  nisbatan  katta  hajmdagi  o‘quv 
materialini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyatining natijalari tekshiriladi. 
Yakuniy  nazorat  -  o‘quv  yilining  oxirida,  shuningdek,  o‘quv  kursi  o‘rganilib 
bo‘lingandan so‘ng joriy va oraliq nazorat natijalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
Nazorat metodlari:  bu ma’lum usullar yordamida o‘quvchilarning o‘quv – bilish faoliyati 
va o‘qituvchining pedagogik  faoliyati natijalarini aniqlash yo‘llari majmuasidir. 


 
106 
Amaliyotda  kuzatish  bilan  birga  og‘zaki  va  amaliy  nazorat  metodlari  keng  ko‘lamda 
qo‘llaniladi. Shuningdek, sinov hamda imtihon ko‘rinishlari ham mavjud.  
Og‘zaki nazorat qilish metodlariga: o‘quvchilarni so‘rash, texnologik xaritalar, chizmalar 
(texnik  yoki  texnologik)  hujjatlarni  o‘qish  kabilarni  kiritish  mumkin.  Beriladigan  og‘zaki 
savollarni shakllantirishda o‘quvchining javobi tahlil, sintez, isbotlash, qiyoslash va solishtirish, 
kabi mantiqiy fikrlash yo‘llari haqida tugallangan natijani ko‘rsatishi zarur. 
Yozma  nazorat  metodlari:  o‘zining  vaqtni  iqtisod  qilishi  bilan  ahamiyatlidir.Bunda 
o‘quvchilarning  mustaqillik  darajasi  yuqori  bo‘lib,  bir  yo‘la  butun  guruhning  tayyorgarlik 
darajasini aniqlashga erishiladi.. 
Kasbiy  tayyorgarlik  darajasini  oshirishning  asosiy    omillaridan  biri  ta’lim-tarbiya 
jarayonini  takomillashtirish  hisoblanadi.  Ana  shu  maqsadda  O‘MKHT  Markazi  buyurtmasiga 
binoan  maxsus  ijodiy  guruh  “O‘quvchilar  bilim,  ko‘nikma  va  malakasini  baholash  mezonlari” 
ishlab  chiqilishi  shart.  Bunday  talablarning  qo‘llanishi  o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va 
malakalariga yagona talablarni ta’minlaydi, imkon qadar yuqori va ilmiy  saviyada maxsus fanlar 
va    ishlab  chiqarish  ta’limini  o‘rganishga  ta’sir  ko‘rsatadi,  bu  jarayon  ishtirokchilarida 
javobgarlik  his-tuyg‘ularini  uyg‘otadi,  mehnat  natijasini  baholashda  rasmiyatchilikni  bartaraf 
etadi. 
2.
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish