Yurak aritmiyalari - Yurak qisqarishidagi normal ritmining buzilishi. Yurak qisqarishi tezlashganda (taxikardiya) yoki sekinlashganda (bradikardiya), Yurak vaqtdan oldin yoxud qo’shimcha qisqarganda (ekstrasistola) Yurak o’ynaganda (paroksizmal taxikardiya), Yurak bo’lmachasi bir tekis qisqarmay qolganda (tebranuvchi aritmiya) kuzatiladi. Tebranuvchi aritmiya hamda Yurak bo’lmachalarining titrashi ko’proq uchraydi. Tebranuvchi aritmiya Yurak bo’lmachasi butunlay qisqarmay faqat uning ayrim tolalari qisqaradi xolos, Yurak qorinchalari tartibsiz qisqaradi. Ba’zi bir Yurak paroklarida Yurakning ishemik kasalligida, Shuningdek tireotoksikozda, diffuzli toksik bo’qoq, tebranuvchi aritmiya ro’y berishi mumkin. Yurak aritmiyasi Yurakning miokardit, (Yurak miokardining yallig’lanishi) skleroz kabi kasalliklari yoki Yurakning nerv sistemasi tomonidan boshqarilishining buzilishi sabab bo’lishi mumkin.
Nafasga aloqador (nafas olganda Yurak urishining tezlaShuvi) yoki o’smirlikdagi Yurak aritmiyasi ko’proq bolalar va o’smirlarda kuzatilib, fiziologik jarayon hisoblanadi. Yurak aritmiyasi ba’zi kishilarni mutlaq bezovta qilmasligi, boshqalarda bosh aylanishi, Yurakning urishi izdan chiqishi, xatto qon aylanishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Yurak aritmiyasi bemor ish qobiliyatining qay darajada bo’lishi uning Yurak va qon aylanish sistemasi faoliyatining umumiy axvoliga bog’liq. Yurak aritmiyasining davosi asosiy kasallikni bartaraf etishi va Yurak ritmini normallashtirishdan iborat.
Yurak poroklari - Yurak va undan boshlanadigan tomirlarning tuzilishidagi patologik o’zgarishlar, nuqsonlar. Bu nuqsonlar Yurak faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo’ladi. Tug’ma va orttirilgan Yurak poroklari farq qilinadi. Tug’ma Yurak porokli embrional rivojlanish davrida homilaning noto’g’ri rivojlanishi natijasida kelib chiqadi. Orttirilgan Yurak poroklari turli kasalliklarda Yurak klapanlari yoki kameralari to’siqlarning zararlanishi natijasida paydo bo’ladi. Yurak bo’lmachalari qorinchalari, hamda qorinchalar ulardan boshlanadigan tomirlar poyasi orasidan joy olgan Yurak klapanlari Yurak faoliyatining muayyan fazalarida Yurak bo’laklari orasidagi tegishli teshiklarni yopib qo’yadi va Shu tariqa qonning kerakli yo’nalishda oqishini ta’minlaydi.
Orttirilgan Yurak poroklari ko’proq revmatizm, sepsis, zahm, ateroskleroz, shikastlanishlar natijasida vujudga keladi. Yurak poroklari ko’proq klapanli apparatga putur etishi, klapan shaklining o’zgarishi, tavaqalarning burishib qolishi bilan xarakterlanadi va bu klapan funktsiyasining izdan chiqishiga olib keladi. Klapan Yurak kameralari orasidagi tegishli teshikni to’la yopaolmaydi, natijada Yurak ishlaganida qon qaysi bo’lakdan chiqqan bo’lsa o’sha bo’lakka qaytib tushadi. Bu Yurak muskuliga qo’shimcha yuk bo’lib, uning massasining ko’payishiga va keyinchalik toliqib qolishiga olib keladi. Bunday Yurak poroklari klapan (masalan: ikki tavaqali yoki mitral klapan etishmovchiligi deb ataladi. Klapan funktsiyasi izdan chiqib, tavaqalarning o’sib bir-biriga yaqinlashishi natijasida Yurak kameralari orasidagi tegishli teshiklar torayib qoladi, bu qonning normal oqishiga to’sqinlik qiladi. Natijada Yurakning ishlashi qiyinlashadi. Bunday Yurak poroklari stenoz deb ataladi. Masalan: Chap bo’lmacha-qorincha teshigining torayishi mitral stenozi deb ataladi. Ko’pincha birorta klapan etishmovchiligi va teshigi torayishi birga sodir bo’ladi. Ba’zan bir necha klapan funktsiyasi izdan chiqadi.
Yurak poroklariga chalingan bemor ko’p yillar davomida kasallikni sezmay, o’zini yaxshi his qilib, odatdagi ishini bajarib yuraverishi mumkin. Bunga sabab Yurakning katta rezerv imkoniyatlarga ega ekanligidir, Shuning uchun mavjud porok Yurakni tegishli kameralarining zo’r berib ishlashi hisobiga sezilmaydi. Lekin bu hollarda ham vrach Yurakning hajmi va urishining o’zgarganligini va Yurakda shovqin mavjudligiga qarab Yurak poroklarining belgilari borligini aniqlab beradi. Kasallikning zo’rayishi Yurakning rezerv imkoniyatlari tugab faoliyatining kuchsizlanishiga va Yurak etishmovchiligi deb ataladigan belgilarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bu bosqichda Yurak porogi dekompensatsiyalangan Yurak faoliyati buzilishi hisoblanadi. Klapanlar deformatsiyasining kuchayishi va Yurak muskullarining zararlanishiga olib keluvchi revmatizmning zo’rayishi, jismoniy zo’riqishlar, turli yuqumli va boshqa kasalliklari Yurak porogi dekompensatsiyasining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ko’p hollarda kompensatsiyaning buzilishi qaytadigan xarakterda bo’ladi: o’z vaqtida davolanishda va tibbiy nazorat muntazam o’tkazib turilganda, kompensatsiya holatini uzoq vaqt tiklab va quvvatlab turishi mumkin. Tug’ma Yurak poroklari homilaning ilk rivojlanish davrida Yurak va yirik tomirlarning noto’g’ri shakllanishi natijasida paydo bo’ladi. Klapanli poroklardan tashqari, tug’ma Yurak poroklari- Yurak bo’lmachalari va qorinchalari o’rtasidagi to’siqlar nuqsonlari uchraydi: bunda qonning bir qismi Yurakning chap kameralaridan o’ng kameralariga qarab harakat qiladi, u erda venoz qon aralashib, o’pkaga qaytadi yoki qonning bir qismi o’ng kameradan o’pkani chetlab o’tib, Yurakning chap qorinchasiga, keyin esa aortaga tushadi, buning natijasida to’qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi buziladi va Yurakka zo’r keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |