Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Jismoniy tarbiya gigienasi va jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Jismoniy tarbiya gigienasi fanidan
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya gigienasi va jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari fanining o‘rni va ahamiyatini bilishi;
- jismoniy tarbiya gigienasi fanining maqsadi hamda vazifalari;
- jismoniy tarbiya gigienasi va jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari o‘quv fan sifatida tutgan o‘rni;
- havo gigienasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- ob-havo, iqlim va unga moslashuv;
- suv va tuproq gigienasi, sport inshootlari gigienasi;
- jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning shaxsiy gigienasi;
- jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari davrida ovqatlanish gigienasi;
- ayrim sport turlari bilan shug‘ullanish gigienasini bilishi, ko‘nikma hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;
- jismoniy tarbiya va bolalar sportining gigienik mohiyati;
- chiniqishni gigienik asoslari;
- ishlab chiqarish gigienasi;
- jismoniy tarbiya darslarida yuklamalarni me`yorlashtirishning gigienik asoslari;
- sportning alohida turlari bilan shug‘ullanishga bo‘lgan gigienik talablar to‘g‘risida malakalarga ega bo‘lishi lozim.
Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari fanidan
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya gigienasi va jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari fanining o‘rni va ahamiyatini bilishi;
- jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari fanining maqsadi hamda vazifalari;
- O‘zbekistonda jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslarini tashkil etish asoslari;
- umumiy sport patologiyasi asoslari;
- sportchilarning kasallanishi va jarohatlanishi;
- sport-pedagogik nazorat mazmuni va metodlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- yoshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati;
- sportda ish qobiliyatini tiklash asoslari;
- davolash jismoniy tarbiyasi asoslari;
- o‘quvchilarning jarohatlanishi;
- yurak qon-tomir tizimi kasalligi, nafas olish organlari, moddalar almashinuvining buzilishi va tomir kasalliklari;
- jarohatlar va asab tizimi kasalligi, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasini bilishi, ko‘nikma hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;
- yoshlar va o‘quvchilar salomatligining tibbiy nazorati;
- yoshlar va o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi;
- bir tibbiy guruhdan boshqa guruhga o‘tish isboti va kuzatish usullari;
- o‘zini nazorat qilish qoidalari to‘g‘risida malakalarga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |