Nazorat savollari:
Genetika to’g’risida tushucha bering?
Irsiyat deganda nimani tushunasiz?
Antitelolar nima ?
Immunitetning turlari?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dubrovskiy V.I – «Valeologiya»: Sog’lom turmush tarzi, M. Retorika – Flinta, 1999 y
2. Ismailov M.N - «Bolalar va o’smirlar gigienasi»Toshkent,Ibn Sino, 1994 y
3. Sharipova D.D, Yuldashev. F - Abu Ali Ibn Sino sog’lom turmush tarzi haqida. «Sog’lom avlod uchun », Toshkent, 1996 y
4. Yunusova Yu.M. Osnovo’ metodiki fizicheskoy kulturo’. Tashkent 2005 g.
5. Sh.Otaboev, E.Sattorov, M.Melieva “Ekogigiena, jismoniy tarbiya, sport va salomatlikning tibbiy-psixologik asoslari” toshkent 2009 y
6. Zimkin N.V – fiziologicheskie osnovo’ fizicheskoy kulturo’ i sporta 1995 g
7.Azimov I.G, Sobitov Sh - «Sport fiziologiyasi», Toshkent , 1993 y
8. I. G’. Azimov Jismoniy tarbiya yosh fiziologiyasi. Tosh-1994 y
9. A.Rixsieva, X.To’raxo’jaev “Sport meditsinasi asoslari” tosh 1985 y.
10. V.M. Saidov “Sport tibbiyoti” Tosh 2013 y
16. MAVZU: Mavzu: Sportchilarni kasallanishi va jaroxatlanishi
REJA.
Sportchilarni kasallanishi.
Sportchilarni jaroxatlanishi.
Mavzuga oid tanch tushuncha va iboralar:
Kasallik, yuqimli kasalliklar, jaroxatlanish, surinkali kasalliklar, tayanch xarakat apparati.
Identiv o’quv maqsadi:
Kasallik to’g’risida umumiy ma’lumotga ega va tushintirib bera oladi.
Sportda jaraxatlanish to’g’risida xamda uning sabablarini tushintirib bera oladi.
Organizmning kasallanishi xamda jaroxatlanishini oldini olish uchun nima ishlar qilinishi kerakligini biladi.
1-savolning bayoni: Sport meditsinasi sohasida keyingi yillarda kishilar sixat salomatligini mustahkamlash, keng tarqalgan yurak va qon tomir kasalliklarining oldini olish, organizmning spetsifikmas turg’unligi {xar xil nokulay faktorlarga bardosh berish qobiliyati) ning oshishi, qarish protsesslarini sekinlashtirishda jismoniy mashqlar va sport bilan muntazam shug’ullanishning katta ahamiyati xaqida ishonchli dalillar to’plangan. Shuni ham aytish kerakki, sportchilar sport bilan shug’ullanmagan tengqurlariga nisbatan kamroq kasallikka chalinadi va davolash muassasalariga kam qatnaydi,
Statistika ma’lumotlari ham jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanuvchi kishilar yurak qon tomir kasalliklariga ancha kam duchor bo’lishini ko’rsatadi. G. F. Lang, M. S. Vovsi, V. F. Zelsnin, V. I. Malikov, A. L. Myasnikov, N. A. Kurmanov va boshqa yirik mutaxassislarining vrachlik tajribasi asosida to’plangai ma’lumotlar ham shundan dalolat bermoqda. Professor J. Uolf to’plagan ma’lumotlarga ko’ra, jismoniy mashklar bilan shug’ullanmaydigan, aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan kishilar ateroskleroz va obliteratsiyalovchi endarteriit kasalliklariga sportchilarga qaraganda 10 baravar ko’proq chalinadi. Kuzatish olib borilganda aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi kishilarning 14,5 protsentida, sportchilarning 1,3 protsentida ana shu kasalliklar borligi aniqlandi.
Sport meditsinasi sohasida ishlovchi fin mutaxassisi professor M. Karvonen chang’ichi sportchilar Finlyandiyadagi boshqa erkaklarga nisbatan o’rta xisobda 6 yil uzoq umr ko’rishini aniqladi. Ingliz Meylan eshkak eshuvchilar Angliyadagi boshqa erkaklarga nisbatan yurakqon tomirlar kasalliklariga kam duchor bo’lishlarini qayd qiladi.
N. D. Graevskayaning ma’lumotlariga ko’ra, har 1000 sportchi student o’rtasida 137, har 1000 ta sport bilan shug’ullanmagan student o’rtasida esa 193 surunkali kasalliklar uchrashi aniqlangan. Sportchilarning kasallanish strukturasi sport bilan shug’ullanmagan studentlarga nisbatan ham katta farq qiladi. Masalan, sportchi studentlarnnng yurak va kon tomir sistemasi kasalliklari umumiy kasallanishning 6 protsentini, sport bilan shug’ullanmagan studentlarda esa 23,6 protsentni tashkil etadi. Aksincha, tayanchxarakat apparati travmalari va kasalliklari sportchnlarda 45 protsemt, sport bplan shug’ullanmaganlarda esa faqat 8 protsent xollarda uchrashi ko’rsatilgan. G. M. Kukolevskiy keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, 41 katta vrachlikfizkultura dispanserining kuzatuvida turgan 100000 malakali sportchi 31,9%ni tashkil etadi. Sportchilarda (shikastlar asosan tayamchharakat apparati kasalliklaridan iborat bo’lsa — 31,7 protsent) tayanch harakat apparati kasallanishi va shikastlaiishining keng tarqalganligi (66,8 protsent) yaqqol ko’rinib turibdi. Boshqa kasalliklardan (31,9 prodent) sportchilarda quloq, tomoq va burun kasalliklari (26,1 protsent), me’daichak kasalliklari (21,6 protsent), yurakqon tomir kasalliklari va (11,9 protsent) va tish kasalliklari (11,1 protsent) keng tarqalgan.
Sportchilarning kasallanishi va shikastlanishining umumiy xarakteristikasi ana shulardan iborat. Shu bilan birga sportchilarda turli patologiya rivojlanishiga harakat faoliyati spetsifikasi va shu faoliyat amalga oshayotgan tashqi muhit sharoitlari ta’sir etadi. Masalan, suzuvchilarning tayanch harakat apparatining kasallanishi kam uchraydi. Tezlik va kuch sifatlarini rivojlantiruvchi hamda yakkamayakka kurashga tushish sport turlarida esa bunday kasalliklar keng tarqalib. sportchilarning umumiy kasallakishinyang 45—65 protsentini tashkil etadi.
Periferik nerv sistemasi kasalliklari (ayniqsa lyumbago va beldumg’aza radikuliti), ko’proq (20 lrotsentgacha) engil atletika (sakrash, irg’itish va to’siqlar osha yugurish), og’ir atletika (shtaiga), kurash va futbol bilan shug’ullanuvchi sportchilarda uchraydi.
B. A. Levapdo ma’lumotlariga ko’ra, otish (71,5 protssnt), suv sporti (40—50 protssnt.}, qishki sport turlarl (40 protssnt) bilan shug’ullangan sportchilarda quloq, burun, tomoq kasallnklari ko’proq uchrashi aniqlangan.
Keyingi yillarda yosh sportchilar o’rtasida ham kasalliklarning keng tarqalganligi isbotlangan (R. E. Motglyanskaya). Bunga yosh sportchilarning saralash ishidagi nuqsonlar, o’tkir kasallnklar asoratini to’la bartaraf qilmasdan, sport mashg’ulotlariga qatnashish va sporttrenirovka mashg’ulotlarinn o’zlashtirishda qo’llaniladigan zamonaviy metodika xususiyatlari asosin sabablardir. Bu metodika xozirgi zamon sporti rivojlanishida trenirovka nagruzkasining ko’lami va jadalligini oshirib borish, sportda erta ixtisoslashnsh, katta jismoniy va emotsional nagruzkalar qo’llanilishi bilan ta’riflanadi. Haddan ortiq jismo niy nagruzka muntazam qaytarilib turishi o’sib kelayotgan organizmga jiddiy zarar etkazishi mumkin.
Ba’zan meditsina ko’rigidan o’tishda trenirovka mashg’ulotlari va musobaqalaridan chetlantirilishini ko’zda tutib, sportchilar organizmida ro’y bergan kasallanish alomatlarini bila turib vrachdan yashirishga intilishadi. Bunday hollar dissimulyatsiya deb ataladn. Demak, sportchilar kasallanishida dissimulyatsiya ma’lum axamiyatgz ega. Surunkali infektsion o’choqlar ham sportchilar organizmining kasallanishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’pincha infektsiya o’choqlari og’iz bo’shlig’ida joylashadi (tishning karies kasalligi, bodomcha bezlarning surunkali yallig’lanishi — tonznllit). Shu bilan birga infektsiya o’choqlari quloq, burun, bronxlar va o’t pufagida joylashishi xam mumkii. Odatda, trenerlar, sportchilar va ayrim hollarda vrachlar ham bu kasalliklarga etarli e’tibor berishmaydi. Ammo keyingi yillar ma’lumotlariga ko’ra sportchi organizmiga surunkali infektsiya o’choqlarining salbiy ta’siroti qayd etilgan. Surunkali infektsiya o’choklarida mikroblar to’planib, surunkali zaharlanish manbaiga aylanadi. Iiring va mikroblar ulardan qon tomirlar to’ri orqali organizmga o’tadi va bo’g’imlar, yurak . va boshqa ichki organlarning kasallanishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuni aytish kerakki, sportchilar organizmining kompensator rezerv mexannzmlari yuqori darajada rivojlanganligi tufayli tinch va o’rtacha jismoniy nagruzkalar bajargan holda sportchilar organizmining xpmoya kuchlarp bu ta’sirotlarga to’la bardosh bera oladi. Ammo katta jismoniy nagruzkalar bajarilishnda surunkali infektsiya o’choqlarining salbiy ta’siri yaqqol ko’rinishi mumkin. Bunda ayniqsazo’r berib ishlayotgan yurakning jismoniy zo’rnqish natijasida miokardning o’tkir distrofiya kasalligiga chalinishi, ayrim xollarda esa yurakning to’xtashi va o’lim ro’y berishi ham mumkin. Surunkali infektsiya o’choqlari sportchilarda sport bilan shug’ullanmaydigan kishilarga nisbatan ko’proq uchrashi aniqlangan. Ko’pchilik avtorlar ma’lumotlariga ko’ra sportchilarda bunday kasallanish 5—48 protsentni, sport bilan shug’ullanmaydigan kishilarda esa 4—5 protssntni tashkil qilganligi qayd etilgan.
Bunday. kasallanishlarning oldini olish va kasallik alomatlarini tezda bartaraf etish (sanatsiya, topzillozktomiya) zarur. Og’iz bo’shlig’i va tishlarni sanatsiya qilpsh maqsadpda yiliga 1—2 marta stomatolog va laringolog ko’rigidan o’tish zarur. Shu bilan birga og’iz bo’shlig’i va tishlarni parvarish qilish, har safar ovkat eyilgandan va trenirovkalardan keyin og’izni suv bilan chayish va sportchilar ovkatlanish rejimiga ftor mikroelementi, kaltsny, fosfor tuzlarini kiritish lozimlignii ko’zda tutish kerak. Urta malakaqli sportchilarning o’tkir kasallannshi yil davomida deyarli o’zgarmaydi. Yuqori malakali sportchilar o’rtasida musobakalar davrida 2,5, stakchi sportchilarda esa 3;5 marta ortib borishi qayd etilgan.
A. G. Drembo klassifikatsiyasiga ko’ra, sportchilarning kasallanish sabablari ikkita katta gruppaga bo’linadi (1sxema).
Birinchi gruppaga asosan fizkultura va sport bilan shug’ullanishga bog’liq bo’lmagan sabablar (tashqi muxit omillarining ta’siri, infektsiya va xokazo), ikkinchi gruppaga esa, fizkultura va sport bilan shug’ullanishga bevosita aloqador bo’lgan sabablar kiradi.. Ikkinchi gruppaga kiritilgan sportchilarning kasallanish sabablari asosiy gruppa deb xisoblanadi. Ma’lumki, sportchilarning kasallanishlari asosan sport mashg’ulotlarining noto’g’ri uyushtiriltsshi natijasida kelib chiqadi. Shu bilan birga sport mashg’ulotlari to’g’ri uyushtirilganda ham ayrim1 sabablar patijasida sportchilar kasalliklarga chalinishi mumknn. Bundap hollarda kasalliklarning asosiy sababi trener va vrachlarning sportchilarga nisbatan noto’g’ri xatti harakatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |