Nazorat savollari.
1. Kasallikni tashqi sabablarini aytib bering.
2. Astenik, normostenik va giperstenik tiplarni tushuntirib bering.
3. I.Pavlovning ishlarini to’g’risida ma’lumot bering
3-savolning bayoni: Irsiyat va uning kasallik paydo bo’lishidagi roli haqida tushuncha. Kasallik paydo qiluvchi ichki omillar qatorida organizmning va ayrim qismlarining nasliy tuzilish xossalari va funktsiyalari ham katta ahamiyatga ega. Nasl belgilari deb, ma’lum turga mansub bo’lgan shaxslarda bir nasldan ikkinchisiga o’tib boradigan belgilarga aytiladi (ammo xamma turlarda albatta namoyon bo’lishi shart emas). Barcha hayvon va o’simliklar dunyosida bo’lganidek, odamda ham normal belgilar (yuz tuzilishi, soch va ko’zlarning tusi, xarakterning ba’zi ko’rinishlari va hokazo) ning nasldan-naslga o’tishi tadbiiydir. Normal belgilar qatorida kasallik belgilari ham nasldan-naslga o’tishi mumkin.
Genetika — nasl qonunlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib ko’ygan fandir. Bioximiyaviy genetika juda tez rivojlanib, qisqa vaqt ichida tabiatning ajoyib sirlarini ochib berdi. Hozirgacha olingan ma’lumotlar DNK xromosomlaridagi genlarni saqlovchi, irsiyatni tashuvchi modda ekanligini to’la-to’kis tasdiqladi. Avvalo, mikroorganizmlarning bir tipi ikkinchi tipidan olingan DNK bilan ishlanganda uning xususiyatlari birinchi tip mikroorganizmlarga o’tishi kuzatilishiga asoslangan DNKning genetik roli haqidagi tushuncha to’xtovsiz rivojlanmoqda. Eksperimental tekshirishlar irsiy belgilarniig bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishini belgilaydigan genlar DNK molekulasining alohida segmentlaridan (chegaralangan qismlaridan) iborat ekanligini tasdiqladi. Ana shu segmentlar maxsus DNK, sintez qilish orqali hujayra tsitoplazmasida spetsifik oqsil vujudga keltirish bilan DNK molekulasidagi informatsiyani amalga oshiradi. Hujayra va umuman organizmning o’ziga xos xususiyatlari esa ma’lum vaqtda, tegishli o’rinda, kerakli miqdorda spetsifik oqsilning paydo bo’lishi bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda oqsil molekulasnning spetsifik sintezi mexanizmi va bu protsessning xromosomlarda joylashgan DNK molekulalari tomonidan idora etilish yo’llari kashf etilib, irsiy belgilarning bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishi va uning paydo bo’lish mexanizmi aniqlandi.
Organizmning irsiy negizi (genotip nasldan o’tgan barcha xususiyatlarning to’plami) nisbatan mustaqil bo’lgan alohida elementlar — genlardan tarkib topgan murakkab sistemadir.
Organizmning ayrim belgilarini va xususiyatlarini nasldan-naslga o’tkazuvchilar genlardir. Har bir xromosomada minglab genlar bo’lib, 46 xromosomlarda esa 6 millionga yaqin genlar bo’ladi. Genlar bir-biridan farq qiladi va har bir gen yagona bir protsessni jiddiy nazorat qilib, har xil hujayralarning fiziologiyasi va rivojlanishiga spetsifik ta’sir etadi. Nasl belgilarini o’tkazish vazifasini dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) bajaradi. Uotson va Krik DNK molekulalari strukturasini aniqlashgan.
Immunitetning turlari. Immunitet tabiiy va orttirilgan bo’ladi. Orttirilgan immunitet deb, hayot davomida rivojlanib kelib chiqadigan immunitetga aytiladi. Orttirilgan immunitet tabiiy va sun’iy, shu bilan birga har biri aktiv va passiv bo’lishi mumkin. Tabiiy aktiv immunitet infektsion kasallik (masalan, skarlatina, qizamiq va hokazo)ni boshidan kechirish natijasnda odamda ishlanib chiqqan immunitet turiga aytiladi.
Infsktsion kasallikni boshdan kechirilgandan so’ng yoki organizmga biror mikrob yoki organizm uchun yot bo’lgan oqsil moddalarini sun’iy ravishda yuborish yo’li bilan qonda tegishli mikroblar va oqsil tanachalarini zararlantirish va parchalash qobiliyatiga ega bo’lgan modda paydo bo’ladi, Bu moddalar antitelolar deb ataladi. Antitelolarni paydo qiladigan mikrob yoki oqsil tanachalari antigenlar deb ataladi.
Antitelolar asosan limfa tugunlarida va tomoqda hosil bo’lib, shu joydan qon va limfaga o’tadi.
Infektsiyadan tuzalgan organizm qonining zardobida antitelo paydo bo’lishi tufayli bu kasallikni qo’zg’atuvchisiga nisbatan yangi xususiyatga ega bo’ladi. U immunli zardobga aylanadi. Antigen organizmga takror tushganda u immunli zardobnnng antitelosi bilap bog’lanadi va zararsizlantiriladn.
I. P. Pavlov ta’limoti oliy nerv faoliyatini ilmiy tarzda analiz qilishga imqon beradi, bu tibbiyda ham, sport pedagogikasi amaliyotida ham muhim ahamiyatga ega. Nerv faoliyati anchagina izdan chiqqan shaxslar kuchli muvozanatlashmagan va kuchsiz tiplarga mansubdir, eng chidamli shaxslar nerv sistemasi kuchli, muvozanatlashgan tiplarga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |