Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi fan: mikroiqtisodiyot


I.1.Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatida muhim oʻlchov birligidir



Download 249,92 Kb.
bet3/12
Sana06.02.2022
Hajmi249,92 Kb.
#432842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
курс иши Комронбек

I.1.Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatida muhim oʻlchov birligidir.
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xoʻjalik yuritishning sifat va miqdor koʻrsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar oʻrtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Afsuski, bozor sharoitlarida “samaradorlik” tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining oʻsishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qoʻllanilmoqda. Samarali ishlash degani oʻz mohiyatiga koʻra, moʻljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yoʻqotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi.
“Samara”, “samaradorlik”, “ ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yoʻq qilish bilan bogʻliq boʻlgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega.
Samaradorlik chora sifatida koʻplab texnik, iqtisodiy, loyiha va xoʻjalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona oʻzining xoʻjalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor maʼnoni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xoʻjalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam boʻlsa (mahsulot sifatiga taʼsir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat oʻrtasidagi farqni yoʻqotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning oʻzida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining oʻsishi, aholi sogʻligʻining yaxshilanishi va umr koʻrishining uzayishida aks ettiriladi.

Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning oʻsishi, jamgʻarmalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi.


Biroq samaradorlik va uning asosiy koʻrsatkichi - foyda (daromad) oʻz-oʻzidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yoʻllardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, yaʼni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni moʻljallash, asosiy rollardan birini oʻynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablagʻ bilan taʼminlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablagʻlarni kamaytirish yoʻli bilan koʻpaytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi oʻrnini yoʻqotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin.
Xorijiy firma va korxonalar oʻz faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga eʼtiborni kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida eʼtibor qaratmoqdalar. Masalan, Yaponiyaning “Omron” firmasi oʻziga “Barchaning yaxshi hayoti, yaxshi dunyo uchun” degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning “Katerpiller” kompaniyasining shiori “Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat koʻrsatish” boʻlsa, “Ribok” firmasi “Yaxshi bahodagi narx” iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib oʻtish mumkin.
Xoʻjalik samaradorligini oshirish omillarining yuqorida sanab oʻtilgan har biri, faoliyat yuritishning turli shakl va koʻrinishlari yordamida, ishlab chiqarish samaradorligi asosida yotuvchi xarajatlar va resurslarning oʻzaro aloqasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi (1-jadval).

Download 249,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish