Guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Download 156,88 Kb.
bet3/28
Sana10.02.2022
Hajmi156,88 Kb.
#441414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

K I R I SH




Mavzusning dolzarbligi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.
o’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur haqida gapirganlarida «… har tomonlama yetuk yuqori malakali kadrlar tayyorlash dasturimizning asosiy sharti bo’lishi kerak» degan edilar. Faqat shunday kadrlar ta’lim, ilm-fan va ishlab-chiqarishning, umuman iqtisodiyotning raqobatdoshligini oydinlashtiradilar, belgilaydilar. [1].
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi natijasida, respublikamiz ta’limtizimida tub islohotlar sodir bo’lib, u rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi bilan uyg’unlashib bormoqda. Bu jarayonda tayyorlanayotgan kadrlarning kasbiy mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning eng muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. o’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: «Agar o’quvchilar fikrlashga o’rganmasa, ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. [1]. Ammo u o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir.» Chunki, bozor iqtisodi sharoitida faqat mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan shaxsgina, ijtimoiy hayotda o’zining munosib o’rnini topaoladi, jamiyat uchun ham, o’zi uchun ham foydali bo’ladi va turli g’arazli oqimlar ta’siriga berilmaydi. Shuning uchun ham, so’ngi yillarda malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonida o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi noan’anaviy ta’limni tashkil qilish, faol usullarida foydalanishga ko’proq e’tibor berilmoqda. Noan’anaviy ta’lim usullarining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • o’qituvchi talabalarga tayyor o’quv materialini taqdim etmaydi;

  • o’quv materiali shunday bayon etiladiki, talabalar faol bilish va mustaqil o’zlashtirish jarayonida yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar;

  • faol o’qitishning negizida mustaqil fikrlashga undash yotadi.

Noan’anaviy ta’lim - o’quvchilarlarni o’z kasbiga qiziqtiruvchi, bilim doiralarini kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini tarbiyalovchi, faollashtiruvchi va ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi kabi didaktik funktsiyalarni bajaradi. Tajribalarda ta’kidlanganidek, agar mashg’ulot odatdagi - faqat tinglab o’tirishga asoslangan usulda o’tkazilganda, talabalar axborotning ko’pi bilan 20 foizini o’zlashtirgan bo’lsa, innovatsion pedagogik usullardan foydalanilganda esa, bu ko’rsatkich 80-90 foizgacha oshganligi tasdiqlangan.
Noan’anaviy ta’limning samaradorligi yana shundan iboratki, uning qatnashchilari yaxlit tizimli bilimga ega bo’ladi va mustaqil - ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi negizida bo’lajak kasbiy faoliyatga oid boshlang’ich ko’nikmalar shakllantirilib, o’quv-tarbiyaviy jarayonni amaliyot bilan bevosita bog’lab olib borishni ta’minlaydi. Shuning uchun ham u, rivojlantiruvchi o’qitishning yuqori samarali usullaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarga Informatika va axborot texnologiyalaridan chuqur va mustahkam bilim berish Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o’qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni xislati shundaki, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli o’tishining 80-foizi ta’lim jarayonini to’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liqdir. [21].
Hozirgi kunda ta’lim tizimida yangi bosqich bo’lgan kasb-hunar ta’limini zarur me’yoriy hujjatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda kasb-hunar ta’limi yo’nalishlarining zamonaviyligi ularning kompyuterlashtirilganlik va texnik ta’minotlarining yuqori darajada ekanligi bilan o’lchanmoqda. Shu bois informatika va axborot texnologiyalarning jamiyatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga jadal sur’atlar bilan kirib kelganligi zamonamizning xos xususiyatlaridan biri bo’lsa, informatika fanini o’zlashtirish davr talabidir.
Respublikamizda kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasi yo’nalishlarida olimlarimizdan A.Abduqodirov, U.Yuldashev, F.Zokirova, R.Boqiev, I.Isoqov, A.Hayitov, M.Mamarajapov, D.Abduraximov, S.Allayorov, S.Qulmamatov, D.Toshtemirovlarning ilmiy-metodik ishlarini keltirish mumkin. Bu olimlar tomonidan kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar respublikamiz ta’lim tizimida aloxida o’z o’rniga ega.
Shuning uchun kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy izlanishlar “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni bajarishni ta’minlash yuzasidan qilinayotgan dolzarb tadqiqotlar sirasiga kiradi.

Download 156,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish