Informatika va axborot texnologiyalarini innovatsion texnologiyalariga asoslangan o’qitish usullari
Pedagogikadan ma’lumki, har bir fanning o’qitilishi uni tashkil etish usullariga va metodlariga bog’liq. o’qitishning metodlari haqida olimlar muhim fikrlar bayon qilishgan. Ularning tadqiqotlarida o’qitish usuli o’qitish metodining umumiy tizimdagi kichik tizim rolini bajarishi ta’kidlanadi.
Ta’lim mazmuni o’quvchilarning bilim saviyasi, o’zlashtirish qobiliyatlari, ta’lim manbai va didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlarda tashkil qilinadi: [20].
og’zaki metodlar(ma’ruza, suhbat, hikoya va boshqalar);
amaliy va laboratoriya ishlari;
mustaqil ishlash;
o’qitishning mantiqiy metodi;
ko’rgazmali metodlar;
muammoli izlanish (reproduktiv) metodi;
induktiv va deduktiv metodlar;
muammoli evristik modellashtirish metodi;
ilmiy metodlar;
o’qitishning nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari.
Yuqoridagi metodlardan informatika va uni o’qitish jarayonida bir qanchasi ishlatiladi. Bulardan og’zaki, ko’rgazmalilik metodlari dars turining ma’ruza shaklida qo’llanilib, mustaqil ishlash metodlari, amaliy va muammoli yondashuv metodlari fanning amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida keng qo’llanilib kelmoqda. Shuning uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fanni o’qitishda ma’ruza va amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining roli muhimdir.
Ma’ruzada o’qitishning yuqoridagi metodlaridan foydalanish jarayonida talabalarga nazariy bilimlarni og’zaki va ko’rgazmali ko’rinishda (Multimedia vositalaridan foydalangan holda) yetkazib beriladi. o’quvchilarning informatika
umumta’lim faniga bo’lgan motivatsiya (qiziqishi)si hosil bo’lishi uchun mumkin qadar bunday vositalardan foydalanish qulaydir.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida esa o’qitish metodlaridan foydalanish va ularning talabalar bilish foaliyatiga ta’sir qilishi ko’p jihatdan o’qituvchining darsni to’g’ri tashkil etishiga bog’liq. Shuning uchun ham amaliy- laboratoriya mashg’ulotlarida interfaol usullardan foydalanish katta mahorat talab qiladi.
Darslarni tashkil etishda interfaol usullardan foydalanib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga tayanib ish olib borish va uni o’qitish jarayoniga qo’llash zamon talabidir. Interfaol usullardan foydalanish:
o’quvchilarning mavzu bo’yicha qanday tushunchalarni bilishi va ularni bir- biriga qanday bog’liqligini aniqlashga;
o’quvchilarning dars jarayonidagi faolligi oshishiga;
mavzular bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash va ma’ruzada olgan bilimlarini kengaytirishga;
o’quvchilarning bilim darajalarini aniqlashga katta yordam beradi.
Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida yuqori bilim darajasini ta’minlash bilan bir qatorda ta’limni insonparvarlashtirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun pedagogika zimmasiga ma’lum ma’noda qator zamonaviy vazifalar yuklatilgan. Shunday fazilatlarni o’stirish va rivojlantirish imkoniyatini interfaol usullar beradi. Chunki ular o’z oldiga bajarilishi shart bo’lgan quyidagi vazifalarni qo’yadi:
-qo’yilgan masalani albatta echish;
-tarbiyaviy masalalarni bevosita va bilvosita echish.
Interfaol usullar sirasiga loyiha, klaster, turnir-dars, muammoli vaziyat yaratish, aqliy hujum va boshqa usullar kiradi.
Bu usullarning informatika va axborot texnologiyalari umumta’lim fanini o’qitishda qo’llanilishi haqida qisqacha to’xtalaylik. [21].
Do'stlaringiz bilan baham: |