Guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


II BOB. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA INFORMATIKANING ELEKTRON JADVALLAR MODULINI o’QITISh METODIKASI



Download 156,88 Kb.
bet14/28
Sana10.02.2022
Hajmi156,88 Kb.
#441414
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28

II BOB. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA INFORMATIKANING ELEKTRON JADVALLAR MODULINI o’QITISh METODIKASI





    1. Informatika va axborot texnologiyalari fanida elektron jadvallar modulining mazmuni

Umumta’lim tizimining mazmuni va uning vazifalarida keltirib o’tilgan fikrlarni davom ettirgan holda fanning asosiy mavzulari «Excel dasturi» ning mazmunida talabalarning barcha sohalarda kompterlar orqali ish yuritish va amaliyotda qo’llay olishi, jumladan, hisob–kitob ishlarini olib borishni ta’minlanish va ularni taqdimot qilish bo’yicha amaliy ko’nikmalari hisobga olindi.


O’zbek tilida yaratilayotgan o’quv qo’llanmalari yoki foydalanuvchi didaktik vositalar juda ozchilikni tashkil qiladi. Mavjud qo’llanmalar va darsliklarda faqatgina mavzuga kirish va ularning ayrim nazariy tushunchalari keltirib o’tilgan bo’lib, amaliy ahamiyatiga uncha katta e’tibor berilmagan.
Kasb-hunar kollejlari uchun yaratilgan informatika fanining namunaviy dasturda ushbu dasturlarni o’qitish mazmuni va talablari quyidagicha qilib belgilangan. [9]

  1. MS EXCEL elektron jadvalida ishlash:




  • MS EXCEL dasturining oynasi (gorizontal menyusi, uskunalar paneli);

  • oddiy jadval tayyorlash (katakchalarni formatlash, ma’lumotlarni kiritish va tahrirlash);

  • formula va fuktsiyalar bilan ishlash;

  • diagrammalar bilan ishlash;

  • jadvalda hujjatlar tayyorlash, tahrir qilish va bosmaga chiqarish.

  1. Elektron jadvalda modellashtirish:




  • EHM da masala echish bosqichlari;

  • matematik model va modellashtirish tushunchalari;

  • elektron jadval yordamida modellarni qurish va tadbiq etish masalalari;

  • kompyuter yordamida tajriba o’tkazish;

  • amaliy masalalarni modellashtirish.

Bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar (bilim standarti) MS EXCEL dasturi bo’yicha quyidagicha:

  1. o’quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:

    • elektron jadval tushunchasi;




    • elektron jadval turlari;




    • elektron jadvalni ishga tushirish va undan chiqish tartibi;

    • elektron jadval yacheykalari va ular ustida amallar bajarish qoidalari;

    • MS EXCEL dasturi oynasi;

    • oddiy jadval tayyorlash;

    • formulalar va funktsiyalar bilan ishlash;

    • diagrammalar bilan ishlash;

    • jadvalda hujjat tayyorlash va uni tahrir qilish;

    • EHM da masala echish bosqichlari;

    • matematik model va modellashtirish tushunchasi;

    • elektron jadvallar yordamida modellar qurish va tajriba o’tkazish.

  1. Amaliy ko’nikmalar.

  • elektron jadvallarni ishga tushirish;

  • jadval yacheykalari ustida amallar bajarish;

  • elektron jadvalda hujjatlarni tayyorlash va uni chop etish;

  • elektron jadval yordamida kasbiy yo’nalishlarga oid amaliy masalalarni modellashtirish va kompyuter yordamida tajriba o’tkazish.

Mavzuning mazmunini yaratishda davlat ta’lim standartidagi qo’yidagi talablar hisobga olinadi:

  • o’quvchilarning elektron jadvallar haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish va ularning ishlatilish sohalari haqida tegishli darajada tushuncha berish;

  • o’quvchilarning elektron jadval turlari va uning tuzilishini mukammal bilishi, Microsoft Excel elektron jadval protsessori bilan ishlashning asosiy elementlari haqida tushunchalarga ega bo’lishi;

  • kiritilgan ma’lumotlarni turli xil ko’rinishlarga (formatlash usullariga) keltira olishi;

  • formulalar va ularni ishlatish haqida tasavvurlarga ega bo’lishi va ularning har bir yacheyka yoki diapozondagi o’rnini aniqlashga o’rganishi, kasbiy faoliyatida qo’llay olishi;

  • funktsiyalar va ular bilan ishlashi, funktsiyalarning turlari, ularning qo’llanilish sohalarini bilishi;

  • formulalar va funktsiyalar yordamida hosil qilingan jadvallarni ishchi kitobning boshqa ishchi varaqlariga o’tkaza olishlari haqida ko’nikmalarga ega bo’lishi;

  • turli xil amaliy masalalarga matematik modellar tuzib, ularni jadvallar yordamida hal qilish malakalariga ega bo’lishi;

  • diagrammalar va ularning turlari, jadvallarga mos diagrammalar hosil qilish, diagrammalarni ma’lumotlar bo’yicha izoh (legenda)larini o’zgatirishi va ularni turli ko’rinishlarga keltira olishlari kerak.

o’quvchilarga nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar quyidagi mavzular orqali beriladi.

  1. Nazariy bilimlar.

    1. Ýëåêòðîí æàäâàëëàð hàqèäà óìóìèé ìàúëóìîò. Microsoft Excel elektron jadvali va uning asosiy elementlari.

    2. Microsoft Excel elektron jadvalida matnli, sonli ma’lumotlar va formulalar bilan ishlaø.

    3. Microsoft Excel dasturida funktsiyalar bilan ishlash.

    4. Microsoft Excel da diagramma va ularni yaratish.

    5. Elektron jadvallarni modellashtirish.

Nazariy bilimlar ma’ruzalar asosida tashkil etiladi. Ma’ruza sifatida beriladigan mazmun mavzu bo’yicha barcha nazariy bilimlar talabalarga turli xil texnik vositalar orqali ifoda etilishi lozim.

  1. Amaliy ko’nikmalar.

    1. Microsoft Excel elektron jadvalining uskunalar paneli, uning elementlari va ularni ishga tushirish.

    2. Microsoft Excel da sodda jadval hujjatlarini tayyorlash usullari.

    3. Microsoft Excel da formulalar va funktsiyalar bilan ish yuritish.

    4. Formulalar va funktsiyalar ishtirok etgan hujjatlar tayyorlash.

    5. Microsoft Excel dasturida diagrammalar yaratish va ularni chop etish usullari.

    6. Microsoft Excel dasturida amaliy masalalarga jadvallar va diagrammalar tuzish.

Amaliy malaka va ko’nikmalar darslarning amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida hosil qilinadi va rivojlantiriladi.

  1. Umumlashtiruvchi oraliq nazorat.

    1. Nazariy mashg’ulotlarni umumlashtirish va talabalar bilimini baholash.

    2. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini umumlashtirish va o’quvchilarning bilimini baholash.

Umumlashtiruvchi nazorat soatlari yuqoridagi nazariy va amaliy bilimlar berilgandan so’ng o’tkazilishi rejalashtiriladi.
Yuqoridagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha quyidagi uslubiy ko’rsatmalarga e’tibor berish lozim.
Nazariy darslar bo’yicha metodik ko’rsatmalar:
Ma’lumkm, nazariy darslar ma’ruza sifatida o’qitilib, har bir ma’ruzachi darsni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda olib
borish davr talablaridan biridir. Shuning uchun Microsoft Excel bo’yicha nazariy bilimlarni berishda quyidagi uslubiy ko’rsatmalarga asoslanishni tavsiya qilamiz.

      1. dars mavzusi bo’yicha nazariy bilimlar asosan kompyuterning dasturiy ta’minotidan kelib chiqqan holda olib borilishi va mavzuga oid ko’rgazmali qurollar yoki kompyuter imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda proektorlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Bu mavzuda asosan quyidagi tushunchalarni berish lozim.

Elektron jadvallar va ularning vazifalari, asosiy elementlari. Microsoft Excel dasturi va uning imkoniyatlari, asosiy tushunchalar (ishchi kitiob, ishchi varaq, yacheyka, diapazon, diagramma) ni o’quvchilarga etkazish va âà óëàðgà êîìïþòåðäà èøëàø ó÷óí etarli bilimlar berish.

      1. darsda Microsoft Excel dasturidagi matnli va sonli belgilar ustida amallar bajarish, ularning usullari, matnlar va sonli belgilarni jadvallarga kiritish va yuqoridagilarni ishlash jarayoniga tayyorlash kabi nazariy bilimlar beriladi. Bu mavzudagi asosiy tushunchalar sonli, matnli belgilar, ularni formatlash usullari va jadval katakchalarni to’ldirish qoidalari va hokozolar hisoblanadi.

      2. darsda yuqoridagi bilimlarni o’zlashtirganlaridan keyin, har bir kasbiy sohaga mos ravishda jadvallar to’ldirilishi kerak. Bu esa turli xil formulalar va ularning tasnifi, funktsiyalar va ularning turlari haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi. Shuning uchun ushbu darsda turli xil formulalar va funktsiyalar bilan ishlashning asosiy elementlarini o’qitish kerak.

      3. darsda beriladigan nazariy bilimlar yuqorida o’zlashtirilgan bilimlar asosida yaratilgan hujjatlarga mos ravshda grafik, chizma holatlarni ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi. Bu esa mavzuning asosini tashkil qiluvchi diagrammalar, ularning turlarida o’z aksini topishi kenrak. o’quvchilar manashu diagrammalarni o’zgartirish, ularni bosmaga chiqarish kabi nazariy bilimlarga ega bo’ladilar.

      4. darsda elektron jadvallar yordamida modellashtirish elementlari va turlari, kompyuterda masalalar echish bosqichlari kabi tushunchalar bilan bir qatorda

amaliy ahamiyatga ega bo’lgan iqtisodiy va matematik masalalar yuzasidan modellar tuzishga hamda shularga doir nazariy bilimlar berishga e’tibor qaratiladi.
Yuqoridagi kabi har bir darsda nazariy bilimlar berib borilgandan so’ng amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida o’zlashtirilgan nazariy bilimlar mustahkamlanadi. Shundan keyingina navbatdagi nazariy mavzuga o’tish maqsadga muvofiq.
Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlari uchun metodik ko’rsatmalar: ma’lumki, amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari bevosita kompyuterlar bilan
muloqot orqali amalga oshiriladi. Har bir mashg’ulotda beriladigan vazifalar o’quvchilarning o’zlashtirish qobiliyatlariga qarab tanlanishi zarur. Bundagi vazifalar soni hamma uchun bir xilda emas, balki o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirishini hisobga olgan holda bir necha xil ko’rinishda bo’lishini ta’minlash zarur bo’ladi.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida topshiriq turidagi vazifalar 3-6 ta oralig’ida bo’lib, ularni bajarilishiga qarab o’zlashtirish va sifat ko’rsatkichlarini belgilash mumkin.

  1. dars bo’yicha nazariy bilimlardan kelib chiqqan holda har bir o’quvchiga Microsoft Excel dasturidagi uskunalar panelining vazifasini ko’rib chiqish va ular yordamida qanday qilib hujjatlar, fayllar, ularni qidirish usullari, yangi fayllar yaratish, o’zgartirishlar kiritishi haqidagi vazifalar beriladi. Bu vazifalar yordamida ishchi kitob, ishchi varaq nomlarini o’zgartirish usullarini ham o’zlashtirib oladilar. o’quvchilar vazifalarni bajarganlaridan so’ng, ularga qo’shimcha, mustaqil ravishda bajariladigan bir oz mukammal vazifalar 2 va 3- turdagi topshiriqlarda berib borish maqsadga muvofiq.

    1. darsda o’tilgan nazariy bilimlar asosida

Ishchi maydon bilan ishlash va kasbiy sohalarga mos yoki umumiy ishchi maydon bilan ishlash va kasbiy sohalarga mos yoki umumiy sodda jadvallarni to’ldirish, ularni bezash kabi vazifalar berib boriladi. Shuningdek, ishchi kitobdagi ortiqcha
yacheykalarni olib tashlash, ularni qayta qo’yish haqidagi vazifalar ham berib borilishi kerak.

    1. darsda Microsoft Excelda formulalar bilan ishlash va ularni turli yacheykalarda saqlash, avtoyig’indi, avtoto’ldirish markerlaridan foydalangan holda turli xil jadvallarni to’ldirishga doir vazifalar beriladi. Shu bilan birga bu mavzuda “Master funktsiya” bilan ishlash va ularning turlarini qo’llab turli xil amaliy hujjatlarni to’ldirish, tahlil qilishga doir vazifalar berib borilishi nazarda tutiladi.

    2. darsda yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holda 2-darsda yaratilgan hujjatlarga va 3-darsda yaratilgan formulali va funktsional jadvallarga diagrammalar tuzish, bu diagrammalarni ishchi varaqning o’ziga yoki boshqa ishchi varaqqa joylashtirishga, ularning ko’rinishlarini o’zgartirishga, diagrammadagi izoh (legenda) va o’qlarning nomlarini o’zgartirishga oid amaliy vuazifalar berib borilishi kerak.

    3. dars uchun elektron jadvalda modellashtirish elementlari va uning turlari haqidagi masalalarni tanlash kerak bo’ladi. Ushbu masalalarga modellar tuzish va ularni kompyuter orqali hal qilishga doir amaliy mashg’ulotlar o’tkazilishi va unga doir vazifalarni talabalarga mustaqil hal qilishni o’rgatish ko’zda tutiladi.

    4. darsda asosan amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masalalarga va tanlagan kasbiy sohasidagi amaliy masalalarga modellar tuzishga doir misollar va ularni o’zgartirishga oid vazifalar berib borilishi kerak bo’ladi.

Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining nazariy qismida olgan bilimlarini dasturni o’z kasbiy faoliyatidagi biror taqdimotni qo’llab kompyuterda ish olib boriladi.
Barcha nazariy va amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari o’rganilib bo’lingandan so’ng, o’quvchiëàðãà darslarni qanday o’zlashtirilganliklari haqida reyting ballari qo’yib boriladi.

    1. Download 156,88 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish