Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Chog’ishtirish- o’xshatish ergash gaplar



Download 4,68 Mb.
bet475/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   471   472   473   474   475   476   477   478   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Chog’ishtirish- o’xshatish ergash gaplar.
Chog’ishtirish-o’xshatish ergash gap bir harakat bilan ikkinchi harakatni, bir voqea bilan ikkinchi shaxsni chog’ishtiradi. Chog’ishtiriladigan ergash gaplarda bosh gaplardagi harakat yoki belgi bilan o’xshashlik momenti aniqlanadi.
Chog’ishtirish ergash gap bosh gapga fe’lning shart mayli formasi orqali bog’langanda ergash gap va bosh gap tarkibida o’zaro mos ravishda qanday-shunday, qanday qilib,shunday qilib kabi nisbiy so’zlar ham ishtirok etib, komponentlarni yanada zichroq bog’lash uchun xizmat qiladi.M: Chavandozlar boshi kesilgan uloqqa qanday muomala qilsalar, banditlar tirik Sa’dullaga ham shunday muomala kildilar.
Chog’ishtirish-o’xshatish ergash gaplar bosh gapdan oldin ham,keyin ham kelishi mumkin. -ki bog’lovchisi va go’yo… vositasida bog’langanda bosh gapdan keyin keladi.Hozir men sizning oldingizda shunday ahvoldamanki, go’yo siz bilan ilk bor uchrashayapman.
Fe’lning shart mayli formasi va nisbiy so’zlar bilan shuningdek,-ganidek,go’yo …orqali bog’lansa,bosh gapdan oldin keladi.
Gulnor, go’yo Yo’lchi uni ham chaqirgan kabi, naq Unsin bilan baravar o’rnidan turdi. Nonushtada Egamberdi bobo nonini dasturxonga qo’ysa, peshin chog’i u belbog’ini ezardi.
5-M a s a l a:. bosh gapni to’lig’icha izohlovchi shartlanganlik munosabatini izohlovchi ergash gaplar.
Shartlanganlik munosabati bir qator o’zaro aloqador, shuning uchun bir doiraga birlashuvchi, bir goya asosida birlashuvchi munosabatlarni mujassam etgan sintaktik munosabatdir. Bu munosabat shart, sabab. tusiqsizlik. maqsad va natija munosabatlari kompleksidan iborat. Bu munosabatlarning hammasining asosida bir umumiy goya, bir umumiy mohiyat-«sabab-natija» g’oyasi yotadi.
Shartlanganlik munosabatida voqealar talkinining tabiati, nutq egasining maqsadi hal qiluvchi rol o’ynaydi, ana shularga ko’ra bu munosabatning konkret tiplari (shart, to’siqsizlik, maqsad, sabab, natija) ajratiladi. Misol uchun quyidagi ikki voqeani olaylik: dehqonlarning astoydil mehnat qilishi (1- voqea) va ozik- ovqatning mo’l bo’lishi (2-voqea).
Bulardan birinchi voqea keltirib chiqaruvchi. 2-voqea kelib chiquvchi voqealardir. Ular «sabab-natija» g’oyasi asosida munosabatda bo’lib, shartlanganlik munosabatining quyidagi kankret shakllarini namoyon qilishi mumkin:

  1. Sabab munosabati. Bu quyidagi ko’rinishlarda ifodalanadi: Dehqonlar astoydil mehnat qildilar, shuning uchun oziq-ovqat mo’l bo’ldi. Oziq-ovqat mul bo’ldi, chunki dehqonlar astoydil mehnat qildilar. Dehqonlar astoydil mehnat qilganliklari uchun oziq-ovqat mo’l bo’ldi. Shuning uchun oziq-ovqat mo’l bo’ldiki, dehqonlar astoydil mehnat qildilar. Dehqonlar astoydil mehnat qilganligidan oziq-ovqat mo’l bo’ldi.

  2. Shart munosabati. Bunda 2-voqeaning amalga oshishi uchun 1- voqeaning bo’lishi shart bo’ladi, shunday bo’lma-sa, voqealar amalga oshmaydi, shuning uchun bunday munosabatda voqealar farq qilinadi. Bu ham bir qancha ko’rinishlarda ifodalanadi: Dehqonlar astoydil mehnat qilsalar, oziq-ovqat mo’l bo’ladi, dehqaonlar astoydil mehnat qilganlarida edi, oziq-ovqat mo’l bo’lardi kabi.

  3. To’siqsizlik munosabati: Bunda 2-voqeaning bajarilishi uchun shart bo’lgan , biroq uning bajarilishiga to’siq bo’la olmagan voqea ifodalanadi: Dehqonlar astoydil mehnat qilsalar ham, oziq-ovqat mo’l bo’lmadi. Dehqonlar astoydil mehnat qilmasalar ham, oziq-ovqat mo’l bo’ldi.

  4. Maqsad munosabati. Bunda 2-voqea 1- voqeani amalga oshirishning maqsadli natijasi sifatida yuzaga keladi. Oziq-ovqat mo’l bo’lsin deb, dehqonlar astoydil mehnat qildilar. Oziq-ovqat mo’l bo’lsin uchun dehqonlar astoydil mehnat qildilar.

  5. Natija munosabati. Bunda 2-voqea 1-voqeaning o’z-o’zidan yuzaga keladigan natijasi sifatida yuzaga keladi: Dehqonlar shunday astoydil mehnat qildilarki, oziq-ovqat mo’l bo’ldi.Dehqonlar shunaqangi astoydil mehnat qildilarki, natijada oziq-ovqat mo’l bo’ldi.

Shartlanganlik munosabatining konkret tiplari,xususan sabab, shart va maqsad munosabatlari bir-biridan shunday farqlanadi: Agar 1- voqea ob’ektiv voqelikka nisbatan real bo’lsa, sabab munosabati, agar bu voqea real emas, taxminiy bo’lsa, shart munosabati, agar 2- voqea amalga oshirilish mo’ljallangan niyat bo’lsa, maqsad munosabati yuzaga keladi. Demak, sabab va shart munosabatida keltirib chiqaruvchi voqea muhim bo’lsa, maqsad mazmunida kelib chiquvchi mazmun muhim bo’ladi.
Shartlanganlik munosabatlarining yuqorida keltirilgan-besh tipi besh xil ergash gapli qo’shma gap orqali ifodalanadi. Bular sabab, shart, to’siqsiz, maqsad va natija ergash gaplardir.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   471   472   473   474   475   476   477   478   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish