2-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
2.1.
1-topshiriq. Sifatlarni aniqlab, ularni o’zi bog’langan otlar bilan ko’chirib, asliy va nisbiy sifatlar guruhlariga ajratib yozing.
1. Muhammad Jalol stolning bir chekkasiga o’tirdi, tirsakkacha ochiq va sertuk qo’llarini ko’krakda chalkashtirib, bir-ikki minut indamadi. Uning ko’zlarida jiddiy o’y, lablarida ma’nodor, ingichka tabassum sezilar edi. (O.) Moviy osmonda kulrang bulutlar sayr qilmoqda. (I. R.)
2. Keksa vrach bilan Nafisa ostonada jilmayib turar edi. Nafisa oyoq uchida yugurib borib, ko’cha tomondagi verandaga chiqadigan oynavonli eshikning ikki tabaqasini ham lang ochib yubordi. Xonaga shaharning shovqin-suroni va sof havo ufurib kirdi. Salimjon bilan Manzura gul ushlagan Sattorovni o’rtaga olib verandaga chiqdilar. Engil, iliq shabboda ularning sochlarini tuzg’itdi. (As. M.) Suhbatdoshim - nuroniy bir chol, quvnoq, tetik, faylasufnamo (S. Z.)
2.2.
1-topshiriq. Berilgan misollarda nisbiy sifatlarning qanday yo’l bilan ifodalanayotganini aniqlang va tushuntiring.
Ishchan, juda ishchan odam. (A. Q.)
Ko’kni qoplab olgan sanoqsiz yulduzlar qozonga yopishgan uchqunlardek yiltirab turibdi. (I. R.)
Oppoq qizning ko’kish ko’zlari jiqqa yoshga to’ldi. (H. G’.)
Ertalabki jismoniy tarbiya salomatlik garovidir.
U ro’parasidagi odamni tanimay turdi.
2.3.
topshiriq. Berilgan sifatlarga -roq qo’shimchasini qo’shib ko’ring va ularni bu qo’shimcha bilan qo’shila oladigan va qo’shila olmaydigan sifatlar guruhiga ajrating.
Tinch, olmossimon, paxtali, oq, sho’x, tuzli, chuchuk, do’ppili, nam, badavlat, sermeva, serfarzand, omilkor, zararsiz, baland.
3-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
3.1.
1-topshiriq. Sifatlarni topib darajalarini aniqlang.
Do’stlik o’rtoqchilikning eng oliy darajasidir.
Do’stlik sevgidan ko’ra bardoshliroq bo’lmog’i lozim.
Samimiy do’stlari bo’lmagan odam haqiqatdan ham yolg’izdir.
Jimjimador gapirishdan saqlan. Til oddiy va go’zal bo’lsin.
Do’l ofati kuchli, lekin xalq undan ham kuchliroq.
Uning behad chiroyli ko’zlari iffat va hayo bilan ma’sum boqardi.
Menimcha, Hamrooyning o’g’lidan yaxshiroq, ham boyroq kuyov topolmaysan?
2-topshiriq. Berilgan so’z birikmalarida sifatlarning ma’nolari orasidagi farqlarni, bu farqlarni yasovchi vositalarni aniqlang va tushuntiring.
Shirin qovun – shirinroq qovun - eng shirin qovun;
Katta bino – kattaroq bino - eng katta bino;
Qizil mato - qizilroq mato - eng qizil mato;
Bema’ni savol – bema’niroq savol - o’ta bema’ni savol;
3.2.
Topshiriq. Sifatlarni oddiy, qiyosiy, orttirma daraja shakllariga ajratib, ularning qaysi so’z turkumi bilan bog’lanib kelayotganini va gapda qanday bo’lak vazifasida kelayotganini ayting.
Qanoat toatdan yaxshiroq.
Eng katta boylik salomatlik.
Ko’proq ishlasang, ko’proq haq olasan.
Yaxshilik - eng katta sahovat.
Shirin so’z - eng aziz tuhfa.
Hasad qullikdan yomonroqdir.
Odobsiz farzandni yomon ko’rarlar.
Ko’ylak bejirim matodan bejirim qilib tikildi.
3.3.
1-topshiriq. Sifatlar qanday usul bilan daraja ko’rsatish xususiyatlariga ega bo’ladi. To’g’ri va to’liq javobni toping.
A. Fonetik usul.
V. Leksik va fonetik usul.
S. Fonetik, leksik, morfologik, leksik-semantik usul.
D. Asosan fonetik va leksik usul orqali.
2-topshiriq. Matndagi sifatlarni topib, darajaning ifodalanish usuli va vositalarini aniqlang. Sintaktik usul bilan darajalangan sifatlarni alohida ajratib yozing.
O’zi juda g’ayratli edi-da.
Yo’ldoshboy ota xalq orasida eng obro’li, irodasi zo’r, juda oq ko’ngil, xushmuomala, nihoyat kamtar, mehnatkashga jonkuyar, o’rnida beayov, o’rnida ko’ngilchang, juda ziyrak, juda dono, fidoiy, dilkash, dehqonchilik ilmida alloma darajasida bilag’on, chin ma’noda xalqchil inson va tug’ma etakchilardan edi. (Mirtemir.)
Do'stlaringiz bilan baham: |