Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet235/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

5-amaliy mashg’ulot
Son va uning semantik - grammatik xususiyatlari.
Dars maqsadi: talabalarning son so`zlar va ularning semantik - grammatik tabiati haqidagi bilimlarini kengaytirish.


ISHNI BAJARISH TARTIBI

  1. Son so`zlarning semantik - grammatik tabiati va tuzilishiga ko`ra turlari ajratib beriladi.

  2. Son so`zlarini ma'no xususiyatlariga ko`ra turlarga ajratiladi.

  3. Hisob so`zlar - numerativlarning ma'nosi va grammatik vazifasi aytib beriladi.

  4. Sonning ma'no turlari va hisob so`zlar bilan birikib kelishi tushintiriladi.

1-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
1.1.
1-topshiriq. Matndagi miqdor va tartib ma’noli so’zlarni topib, ularni qancha? necha? nechanchi? nechta? so’roqlariga javob bo’luvchi guruhlarga ajrating.

  1. O’zi bitta, qulog’i to’rtta. 2. Bog’da uchta qiz meva termoqda. 3. Oilamizda ikki o’g’il, ikki qiz bor. 4. qizlarning ikkalasi ham shu maktabda o’qiydi. 5. Maktabimiz bog’iga bu yil bir yuz o’ttiz besh juft ko’chat o’tqazdik. 6. O’n to’rtning yarmi etti bo’ladi. 7. Kitob javonida yuztacha kitob tartib bilan terilgan edi. 8.Rahimning ikkinchi yil birinchi sinfda qolayotgani maktab jamoasini tashvishga solmoqda.

2-topshiriq. Matndagi son so’zlarni topib, ularning ma’nosi, morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqlang.

  1. Million yillar o’tganda ham, toshga yo’nilgan xatlar o’chib ketganda ham payg’ambarimiz Muhammad salollohu alayhi vasallam musulmonlar qalbidan o’chmaydi. 2. Madaniyat rivojining birinchi sharti tinchlikdir. 3. Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom. 4. Kechki soat to’rtlarda qoymas darvozasidan shaharga kirdilar. 5. Oyning kuni ham, tuni ham erdagi ikki haftaga teng. 6. Mulklarning uchdan biri ham qolgan emas. 7. Yaxshi niyat - yarim davlat. 8. Agar ilgari bunday kishilar barmoq bilan sanarli bo’lsa, hozir yuzlab, minglab topiladi. 9. qaytadan qo’l ushlashib, Semurg’ bilan xushlashib, Ajraldilar ikkovlon.

3-topshiriq. Gaplardagi son so’zlarni topib, tuzilishiga ko’ra guruhlarini va ma’nolarini aniqlab tushuntirib bering.

  1. Kech soat o’n birda uchovlari birgalashib qurilishga chiqib ketdilar. 2. Navoiy shoirlarning turli-tuman asarlaridan o’n minglarcha baytni yod bilar edi. U uch-to’rt yoshdan boshlab jiddiy, go’zal she’rlarni yodlagan. Sakkiz-to’qqizda butun-butun ilmiy-falsafiy she’riy asarlarni o’zini unutajak darajada zavqqa berilib, mutolaa etgan. 3. Kumush boshqalar bilan bir-bir ko’rishib chiqdi. 4. Ikki o’n besh - bir o’ttiz. 5. Oltmishga kirgan otadan osh so’rama. 6.qishloq u erdan oltmish-etmish chaqirim uzoqda edi. 7. Xizmat qilib, unumidan o’ndan bir ol. 8. Sizsiz kelajak yo’q, siz axir xalqning ming yilni ko’rajak qarog’larisiz.

1.2.
1-topshiriq. Matndagi son so’zlarni topib turini aniqlang. Miqdor sonlar bilan tartib sonlarning farqini tushuntiring.

  1. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.

  2. Bir yigitga qirq hunar ham oz.

  3. Sizga ma’lum: paxtani birinchi yil ekayapmiz.

  4. Shu orada to’rtta samosval oldinma-ketin g’isht to’kib ketdi.

  5. Bir zumda ikkov, uchov, to’rtov, beshov bo’lishdi.

  6. Adolat mastavadan bir-ikki qoshiq ichdi.

  7. Manzilning choragi ham bosilmagan edi.

  8. Er kishining so’zi bitta.

1.3.
1-topshiriq. Hisob so’zlarni ajratib, ma’nolarini va grammatik vazifasini tushuntiring.

  1. Topgan gul keltirar, topmagan bir bog’ piyoz.

  2. Yuzlari xuddi olmaday tarang. Bir juft quralay ko’zi surma bosganday qora.

  3. Siz bilan ikki og’iz gaplashay deb keldim.

  4. Axmoqqa quva bir tosh.

  5. Salkam million tup daraxt bor.Toshkentda nima ko’p sersoya joylar ko’p.

  6. Kimlarga bir burda non uchun zor bo’lasiz, onajon.

  7. Navoiy astrobodlik bir to’da tantilarga yo’liqdi.




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish