Mustaqil ish:
14-topshiriq. Matndagi fe’llarning bosh, majhul, o’zlik, birgalik va orttirma nisbatlarini aniqlang. Nisbat yasovchi qo’shimchalar tagiga chizing va har bir qo’shimcha ishtirokida bittadan fe’l hosil qiling.
Talant sukunat qo’ynida etiladi, xarakter hayot bo’ronlarida toblanadi. (A.Gete)
Halol odamni ta’qib etish mumkin, ammo uni badnom qilib bo’lmaydi.(F.V.)
Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. (Sa’diy)
Allaqayda bulbul to’lib-toshib kuylaydi. (S.Ahm.)
Kechqurun Gulnor … qorong’i xayollarga chulg’andi. (O.)
Yo’lchi eshik oldida tiz cho’kdi va maqsadini tushuntirdi. (O.)
Biz kanallar qazidik… Yangi erlar ochdik! Suv keltirdik! (Sh.R.)
8. Kumushbibi qizarindi. (A.Qod.)
4-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
4.1.
1-topshiriq. Matnda bo’lishli va bo’lishsiz shakldagi fe’llarni toping, bo’lishsizlik ma’nosini ifodalovchi vositalarni ko’rsating.
Yangi do’st orttirsang, eskisidan yuzingni burma.(«qobusnoma»)
Po’latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapirolmas, vujudi esa karaxt bo’lib qolgandek qimirlamas edi.(S.Ahm.)
Men u vaqtda yosh edim, qo’mondonlikni ham Rahimovga o’xshab qilolganim yo’q.
Tilning aqldan oldinga ketishiga yo’l qo’yma. (Xilon)
Bilishning o’zi kifoya emas, uni qo’llay bilish kerak. Istakning o’zi etmaydi, uni ro’yobga chiqarmoq lozim.(I.Gyote)
Kim olg’a yurmasa, u ortga ketadi. (Belinskiy)
Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l. (Maqol)
Ozni bilmagan, ko’pni bilmas. (Maqol)
Davrim keldi o’ynayman, O’ynab sira to’ymayman. (A.Po’lat)
Po’lat o’zini kulgidan to’xtata olmasdi. (Sh.R.)
2-topshiriq. Bo’lishli fe’llarning tagiga bir chiziq, bo’lishsiz fe’lga ikki chiziq chizib ajrating.
Do’stlarning sonini sanama, sifatini sana.
Oltin quyosh zarrin nurlarini sochdi.
Majlisda Sayramov ma’ruza qildi.
Binokorlikdan hech kim og’iz ochmadi.
Hosiling kam bo’lsa, havodan ko’rma.
Yomonga yo’ldosh, nodonga sirdosh bo’lma.
7. Aholi yoppasiga hasharga otlandi.
4.2.
1-topshiriq. Gaplardagi fe’l so’zlarni topib bo’lishsizlik ma’nosini yuzaga keltirayotgan qo’shimchani aniqlang.
Pul, mol-dunyoga ko’ngil qo’ymang, ilm va ma’rifatni egallashga harakat qiling.
Azob chekmaguncha, huzur ko’rmaydi, mehnat qilmaguncha, rohat ko’rmaydi.
Mashina tezda yurmadi.
Bormaganimiz yaxshi bo’lgan ekan.
2-topshiriq. Bo’lishsizlikning ifodalanish usulini aniqlang.
Jalil Farg’onani hali ko’rgani yo’q.
U yoshi o’ttizga yaqinlashsa ham viloyatdan chetga chiqqan emas.
Fazliddin na o’qidi, na ishladi.
4. Shukurjon Zilolani ko’rmay qo’ymadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |