Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


-savol bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 4,68 Mb.
bet242/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

3-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
3.1.
1-topshiriq. Nisbat formasidagi fe’llarni topib, ularning turi, ma’nosi va yasovchi vositasini aniqlang.
Navro’zda ko’chat ekadilar va bog’ yaratadilar: qish oxirlariga kelib organizmi tolgan odamlar ilk shifobaxsh ko’katdan olib somsa va chuchvara qiladilar, bir necha kun donni bir oz ko’kartirib ajoyib sumalak pishiradilar, uzoq va murakkab yo’llar ila bug’doyni alohida tayyorlab xalqona bahoriy sahovat timsoli – lazzatli hamda davoli xalim pishiradilar va jamoatni, hammani mehr-la mehmon qiladilar.
2-topshiriq. Gap juftliklaridagi fe’llarning farqini va yasovchi qo’shimchalarni aniqlang.

  1. Ot chopdi. Chavondoz ot choptirdi.

  2. Shohidaxon xat yozdi. Shohidaxon xat yozdirdi.

  3. qurbonjon masalani echdi. Masala echildi.

  4. Ma’mor bino tarxini chizdi. Bino tarxi chizildi.

  5. Rahmonbek kiyimini kiydi. Rahmonbek kiyindi.

  6. Roziyabegim qo’l-betini yuvdi. Roziyabegim yuvindi.

  7. Do’stlar hol-ahvol so’radilar. Do’stlar hol-ahvol so’raydi.

  8. Odamlar erni ag’dardi. Odamlar erni ag’darishdi.

3-topshiriq. Fe’llarni aniq va boshqa nisbat shaklida ekanligini aniqlang.

  1. Sharofatxon rasmga qaradi. Sharofatxon hammani rasmga qaratdi.

  2. Kombayn bug’doylarni o’radi. Kombaynda bug’doylar o’rildi.

  3. Azizaxon xatni o’qidi. Azizaxon xatni o’qitdi.

  4. Oybekning bolaligi Toshkentda o’tdi. Oybek bolaligini Toshketda o’tkazdi.

5. Navoiy asarlari dunyoga yoyilgan. Uni yoygan Navoiyning son-sanoqsiz tadqiqotchilaridir.
3.2.
1-topshiriq. Aniq nisbat shaklidagi fe’llarni aniqlang.
Kichkina ariqning zilol suvlari allanimalarni kuylaydi - ora-sira oyga qosh qoqib, noz bilan oqadi. Er betini yopgan ko’m-ko’k maysalar el childirmasiga shox tashlab o’ynaydi. Keng ko’k yuzida yo’rtib kelayotgan oymomo maysalarning yuzini sut bilan yuvadi…
Mana bu bog’ning chechaklaridan birini 12 yoshga to’lgan Lolaxon uzdi-da, do’ppisining chetiga taqdi, sevindi, yayradi, gul uning qo’lida g’ijimlandi, so’ldi. (K.Ya.)
2-topshiriq. Gap juftlaridagi fe’l nisbat qo’shimchalarini aniqlang va ularning ma’nosini tushuntiring.

  1. Ot chopdi. Raximjon otni choptirdi.

  2. Parvonaxon xat yozdi. Parvonaxon xat yozdirdi.

  3. Buzoq onasini emdi. Sigir buzoqqa sut emizdi.

  4. Bola uxladi. Ona bolani uxlatdi.

  5. Vohidjon ariqdan o’tdi. Yigitlar Vohidjonni ariqdan o’tqazdi.

3-topshiriq. -t, -tir, -dir, -ir, -ar, -iz, -giz, -g’iz, -kiz, -sat qo’shimchalari yordamida ishla, boshla, to’qi, qara, ter, yoz, o’qi, so’yla, ishqa, sozla, ol, sur, surt fe’llaridan orttirma nisbat qo’shimchali fe’llar hosil qiling.
4-topshiriq. Gaplar orasidagi ma’no nozikliklarini aniqlang va tushuntiring.

  1. Qizlar uning gaplaridan kuldilar. Uning gaplari qizlarni kuldirdi.

  2. Mehmon uyga kirdi. Mezbon mehmonni uyga kirg’izdi.

  3. qo’ylar orqaga qaytdi. Cho’pon qo’ylarni orqaga qaytardi.

  4. Chelak suvga to’ldi. qiz chelakni suvga to’ldirdi.

5-topshiriq. Gap juftliklaridagi fe’l nisbat qo’shimchalarini topib, ularning ma’nosidagi farqini izohlang.

  1. Hisobchi qo’ylarni sanadi. Qo’ylar sanaldi.

  2. Olim tajribani sinadi. Tajriba sinaldi.

  3. Navbatchi sinfni tozaladi. Sinf tozalandi.

  4. Qiz sochini taradi. Soch taraldi.

  5. Sojida to’nni ildi. To’n qoziqqa ilindi.

6-topshiriq. Aniq va majhul nisbat fe’llarini qiyoslab, -l, -il, va –n, -in qo’shimchalarining qo’llanish o’rinlarini tushuntirib bering.

  1. O’ramoq-o’ralmoq, so’rmoq-so’ralmoq, to’qimoq-to’qilmoq, tanimoq-tanilmoq, qazimoq-qazilmoq.

  2. Boshlamoq-boshlanmoq, tashlamoq-tashlanmoq, kuylamoq-kuylanmoq.

  3. Termoq-terilmoq, topmoq-topilmoq, yoymoq-yoyilmoq, quvmoq-quvilmoq, to’ntarmoq-to’ntarilmoq, ag’darmoq-ag’darilmoq.

7-topshiriq. Gaplarda qanday ma’no ifodalanganligini tushuntiring.

  1. Bu yo’ldan istiqlolga, g’alabaga va ozodlikka boriladi.

  2. Yo’l yurilsa ham, mo’l yurildi.

  3. O’ngga Kumushkentga, chapga Vobkentga, to’g’riga esa g’ijduvonga chiqiladi.(S.A.)

  4. Ko’prikdan o’tildi va marraga erishildi.

8-topshiriq. Gaplardagi o’zlik nisbatda kelgan fe’l so’zlarni toping, yasovchi qo’shimchalarning tagiga chizing va ma’nosini izohlang.

  1. Gulchehra dars tayyorladi - Gulchehra darsga tayyorlandi.

  2. Xurshid yuz-qo’lini yuvdi - Xurshid yuvindi.

  3. Quzg’un o’zini o’ljaga tashladi - Burgut o’ljasiga tashlandi.

  4. Mehrinoz o’zini savol-javobga tayyorladi - Mehrinoz savol-javobga tayyorlandi.

9-topshiriq. Berilgan fe’llarni o’zlik va majhul nisbatga ajrating.
Bezanmoq, bezalmoq, kiyinmoq, ko’rinmoq, kiyilmoq, ko’rilmoq, sevinmoq, sevilmoq, suo’rinmoq, surilmoq, surtinmoq, surtilmoq, taranmoq, taralmoq, urinmoq, urilmoq, yuvinmoq, yuvilmoq, yasanmoq, yasalmoq.
10-topshiriq. Berilgan o’zlik nisbat fe’llaridan aniq nisbat hosil qilib, uning o’timli yoki o’timsizligini aniqlang.

  1. Kuyinmoq, to’yinmoq, og’rinmoq…

  2. Totinmoq, yashirinmoq, yopinmoq, bilinmoq, yuvinmoq.

11-topshiriq. O’zlik va majhul nisbat bir xil bo’lgan quyidagi fe’llar ishtirokida ikkitadan gap tuzing va ularning birida fe’l o’zlik nisbat ma’nosi bilan, ikkinchisida majhul nisbat ma’nosi bilan kelsin.
Yozilmoq, shaylanmoq, yorilmoq, parchalanmoq, bo’linmoq.
12-topshiriq. Matndagi birgalik nisbatda kelgan fe’llarni topib, yasovchi qo’shimchalarini aniqlang.
Qushlar goh yuqoriga ko’tarilar, goh qanotlarini yozib pastga suzishardi. Ular suvga qo’nar, qanotlari bilan shaloplatib urib ko’pirib turgan suv tomchilarini uzoqlarga sachratardilar-da, yana osmonga ko’tarilardilar. So’ngra ular turna qator tizilib bir tekisda qanot qoqishib, tunamoq uchun ko’rfazning qumloq sohillari tomon uchib ketishardi. (Ch.A.) Ular yana kulishdilar. (A.Q.) Bolalar to’kilgan paxtalarni terishdi. Karim bilan Ahmad «Tong yulduzi» gazetasiga maqola yozishdi.
13-topshiriq. quyida keltirilgan gaplar orasidagi ma’no nozikliklarini tushuntirib bering.

  1. Dilnavoz va opasi kir yuvishdi. Dilnavoz opasiga kir yuvishdi. Dilnavoz opasiga kir yuvishga yordamlashdi.

  2. O’quvchilar va sabzavotchilar handalak uzishdi. O’quvchilar sabzavotchilarga handalak uzishdi. O’quvchilar sabzavotchilarga handalak uzishga ko’mak berdilar.

  3. Nargiza va Salomatxon deraza oynalarini artishdi. Nargiza Salomatxonga deraza oynalarini artishdi. Nargiza Salomatxonga deraza oynalarini artishda ko’maklashdi.


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish