Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


-savol bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 4,68 Mb.
bet230/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

3-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
3.1
1-topshiriq. Otlarga qo’shilib, predmet yoki predmetlik tushunchasi uch shaxsdan biriga tegishliligi, qarashliligi yoki mansubligini ko’rsatuvchi qo’shimchalarni aniqlang.
Bilaman, bilganim uchun shunaqa deyapman. (As.M.)
Oq-sariqdan kelgan, yuzida tabassum, zumradga o’xshash aqlli ko’zlari jozibali.(I.Rahim) Sizni yaxshi ko’rishga alohida sabablarim bo’lmasa hamki, bu narsani tushunishga aqlim etadi. (Voynich) Oyimlar keldilar, dedi Asal. Ko’pchiligi ozg’in, yuzlari so’lg’in, ko’zlari kosasiga cho’kkan, darmonsiz edi.(P.T.) Siz shuni bilingki, xalq o’z ishini bilib qiladi.(O.) Sizdan umidimiz shumidiki, ko’pchilikning fikriga qarshi turasiz.(A.Q.) Rostini aytsam, Onaxon qizim, ko’nglim yarimta. (As.M.). Erta tong yuzlari oqargan chog’da, erkning cholg’usini chalgali keldik.(U.)
Uyushqoqlik muvaffaqiyatlarimiz garovi.(Sh.R.)
3.2.
1-topshiriq. Egalik qo’shimchalarini shaxs va son jihatidan ajrating.

  1. Ona – yurting omon bo’lsa, rang-ro’ying somon bo’lmas. 2.Oh, tilginam, shirin so’zginam, joningga tasadduq bo’lay o’zginam.(Shukrullo) 3. Dunyoda tashvishlarni ko’p chekdi boshim. Goh quvondim men, goh tug’ildi yoshim, Kashf etdim o’zimga bitta haqiqat, Haqiqat – bu tashvish, ishonch, bardoshing.(Otayor).

3.3.
1-topshiriq Berilgan so’zlardagi tutashtiruvchi tovushlarni topib, sababini tushuntiring.
Maktabim, maktabing, ukasi,
qishlog’im, qishlog’ing, otasi,
og’zim, og’zing, elkasi, orzuim,
tilim, tiling, tilisi, orzuing.
3.4.
1-topshiriq. Otlarga qo’shilib kelgan egalik qo’shimchalarining monosemantik va polisemantik tabiatini tushuntiring.

  1. Ukam, kitobim, daftarim, maktabim;

2. Ukamiz, kitobimiz, daftarimiz, maktabimiz.


4-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
4.1.
1-topshiriq. Ot so’zlarning qaysi kelishikda va qanday ma’noda ekanligini aniqlab, tushuntiring.
Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. (S.Ahm.) Bu erda ikki yuzdan ortiq bola dam oladi. (S.Ahm.) O’g’il bola bo’lsam, albatta, shu erga kelib ishlardim. (As.M.) Keng ovulda nimaiki ko’rinsa, hammasi ham Umrzoq otaning tirikligidan dalolat berar edi.(Sh.R.)
2-topshiriq. Nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalari mos kelishini aniqlang va tushuntiring.

  1. Oltin o’t…, odam mehnat… bilinadi.

  2. Ot… baland, it… past.

  3. Akam … o’rtoqlari qovun sayliga taklif qilishdi.

  4. Ona mushuk burgut… bo’ynidan bo’g’ib o’ldirdi.

  5. Azon pallada butun qorabuloq toq… jo’nadi.

4.2.
1-topshiriq. Bosh kelishikda kelgan otlarni toping va qanday ma’no va vazifada kelganini izohlang.

  1. Yo’lchi miyig’ida kulib qo’ydi.

  2. Bir bosh uzum likopchada turgan edi.

  3. O’zbekistonning poytaxti – Toshkent.

  4. Toshkent – O’zbekistonning poytaxti.

  5. Vatanimiz – baxtiyor avlodlar diyori.

  6. Ilgari bu erlar chakalakzor edi.

  7. Po’lat pichoq qinsiz qolmas.

  8. Kumush qishdan, zumrad bahordan,

qolishmaydi kuzning ziynati.

  1. Mastura xola keldi.

10. Mayxonada qancha amaldor, jig’ador, tug’dor, sardor, beklar o’tiribdi.
11. Jo’raxonga o’xshash gavdali xotin – bilim yurtining mudirasi – sinfga kirdi.
12. Qo’shiq. San’atning bu turini sevmaydigan, olqishlamaydigan kishi bormikan? To’y. Baxt. Omonlik. Lekin dil tinch emas. Urushlar…Ular nega, kimga kerak?! (H.G’.).
13. Yo’ldosh! Oynisa ostonada angrayib qoldi. (H.G’.)
14. Qarg’avoy, men seni eyman. (Ertakdan)
4.3.
1-topshiriq. Berilgan gaplarda qaratqich kelishigida kelgan ot so’zlarni topib, ularning shakli, ma’nosi va vazifasini tushuntirib bering.

  1. Olimjonning yuragi Oyqiz yaqinlashgan sari duk-duk urar edi. (Sh.R.)

  2. Gapirishni foydasi yo’q. Odammi sog’i yo’q, demovdimmi, sanga!

  3. Har bolam ufurgan nafasin atri – She’rimning eng etuk, eng yaxshi satri. (G’.G’.)

  4. Mening yo’qligimni sening subutsizligingdan payqashgan, chog’i.

2-topshiriq. Nuqtalar o’rniga grammatik qoidaga muvofiq, -ning yoki –ni qo’shimchalaridan mosini quying.

  1. Navoiy… kelish xabari atrofdagilar… yuragida cheksiz quvonch uyg’otdi. Hamma bir xabar… bir-biriga etkazish bilan faxrlanadi. (O.)

  2. Navoiy tabassumli ko’zlari bilan atrofga boqib, bir qo’li… ko’ksiga qo’ygan holda boshi… kamtar, engil qimirlatish bilan xalq… tabrigiga samimiy javob berib bordi.

  3. Bu erda shahar… mashhur kishilari…, olimlar…, xalq vakillari… qabul qildi.

4.4.
1-topshiriq. Matndagi tushum kelishigida kelgan so’zlarni topib, ularning qanday so’z bilan sintaktik aloqaga kirishayotganini aniqlang.

  1. Go’zal bir yigit eshikni qoqdi. Shu payt Asrorqulning kichik o’g’li Abror kelib otasini so’radi.

  2. Ultarmalik Asrorqul Xaydar otaning qadrdon oshnasini ko’rish istagida ekanligini aytdi.

2-topshiriq.Nuqtalar o’rniga -ni, -ning qo’shimchalaridan mosini tanlab, ularning qanday so’z bilan sintaktik aloqaga kirishayotganligini ayting.

  1. Eshik… ochsam, darhaqiqat, Mirvali… o’g’li.

  2. Shular… odam qo’li yaratgan, ularda odam qo’li… izi bor.

  3. Chol chiroq… piligi… ko’tarib qo’ydi.

  4. Ko’zim… ochsam bemor chol… xira ko’zlari ko’rinadi, yumsam yana titroq ovozi eshitiladi.

3-topshiriq. O’zingiz qaratqich va tushum kelishigi ishtirok etgan beshtadan gap tuzing.
4.5.
1-topshiriq. Matndagi jo’nalish kelishigida kelgan otlarni ajratib, ma’nosi, qo’shimchasi va so’rog’i hamda vazifasini aniqlang.

  1. Bolama o’xshaydi ovozing seni.

  2. Bozordan ukamga qalam oldim.

  3. Farida opasi bilan shaharga ketdi.

  4. Insofga kelsin deya duo qildi.

  5. To’tiniso buning sababiga qiziqdi.

Suqsurlar bir oyga qolmasdan kelishdi.
4.6.
1-topshiriq. Chiqish kelishigidagi otlarning ma’nosi, so’rog’i, vazifasini aniqlang.

  1. Chol kechga qolgan yakka-yolg’iz yo’lovchilarni daryodan shu qayiqda o’tkazib qo’yadi.

  2. Uyg’ongan shaharning shov-shuvidan, odamlarning oyoq tovushlaridan, oftob tig’idan qochib burkanib yotibman.

  3. Yigitcha o’tirgan er odamlardan chetroqda edi.

  4. Rais boshqalardan ko’ra Baqabuloqdagi vodakachkani tiklash muvofiq va qulayroq ekanini tushuntirishga ko’p ovora bo’ldi.

  5. Otdan baland, itdan past.

  6. Uzumdan eng, bog’ini so’ramang.

  7. O’quvchilardan biri so’rab qoldi.

4.7.
1-topshiriq. O’rin-payt kelishigi ma’nosi, qo’shimchasi, so’rog’i va sintaktik vazifasini matndagi o’rin-payt kelishigidagi so’zlar vositasida tushuntirib bering.
qalandarov bir oz sabr qilsa, yonida o’tirgan shofyor…(A.Q.)

  1. Shu erda o’qib yurganida ham ko’proq umrini maktabda, yozda lagerlarda, yoshlar orasida utkazar edi. (A.Q.)

  2. Bu suhbatda nima gaplar bo’lganini Saida bilolmadi.

2-topshiriq. Matndagi jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigidagi otlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlang.

  1. Botirda boqqa va bog’bonlikka mehr bolalik vaqtidayoq uyg’ondi. (S.N.)

  2. Qochoqqa shafqat yo’q, qo’rqoqqa – hurmat.

  3. Yaxshiga yondash, yomondan qoch.

  4. Aql yoshda emas, boshda.

  5. Aql aqldan quvvat oladi.

  6. Jo’jani kuzda sanaydilar.

Nazorat savol (topshiriq)lari:



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish