Mustaqil ishlar:
1-topshiriq. Otning ma'no guruhlari tasnifi va misollari aks etgan chizma tayyorlang. (6 – sinf uchun 1998 yilda nashr etilgan darslikdagi taklifdan foydalaning.)
2-topshiriq. Otning kelishiklar bilan turlanishi aks etgan (unli va undosh bilan tugagan ikkita ot so`zni turlang, so`rog`i, qo`shimchasi, ma'nosi izohlangan bo`lishi) jadval chizing.
1-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
1.1.
1-topshiriq. Ot va uning ta’rifi to’g’ri va to’liq berilgan javobni aniqlang.
A. Narsa-buyum, jismlarning nomini bildirgan so’zlar ot deyiladi.
V. Egalik va kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan qo’llaniladigan so’zlarga ot deyiladi.
S. Gapda bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak va undalma vazifasida qo’llaniladigan so’zlar ot deyiladi.
D. Kim? nima? so’roqlariga javob bo’lib, yakka shaxs, narsa nomlari, bir turdagi jonli va jonsiz narsa bo’lgan, narsa-hodisa, harakat-holatlarning umumiy nomlarini atab keladigan so’zlar turkumiga ot deyiladi.
E. Predmetlik ma’nosini anglatib, son, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga, turli ma’no va vazifa uchun qo’llanadigan funktsional formalarga, shuningdek o’ziga xos so’z yasalish sistemasiga ega so’zlarga ot deyiladi.
1.2.
1-topshiriq. So’zlarni uch guruhga ajratib, ularning har biriga so’roq bering va ro’yxatni davom ettiring.
1. Guliston, Sirdaryo, «Xalq so’zi», Jamshid, Karimov, «O’tgan kunlar», «Toshkent», Samarqand tamaki fabrikasi,…
2. Gul, o’t, o’tin, rayhon, kurak, qoshiq, tuzdon, suv, moy, soy, ariq, hovli, sigir, qo’y, pichoq, o’roq, qovun, tarvuz, …
3. Go’zallik, muhabbat, latofat, san’at, sevgi, sog’lik, ishchanlik, madaniyat, harakat,…
1.3.
1-topshiriq. Har bir guruh (1.2. 1-topshiriq)dagi otlarning umumiy ma’nolarini aniqlab, tushuntiring.
2-topshiriq. Berilgan so’zlardagi ot turkumiga xos umumiy kategorial grammatik ma’no va ularning har biri anglatayotgan lug’aviy ma’nodagi farqni tushuntirib bering.
Inson, sigir, chumoli; Quyosh, tog’, suv; paxta, zig’ir, sholi; harakat, hayot, mavjudot; tepalik, soylik, balandlik.
1.4.
1-topshiriq. Berilgan ot so’zlarni ma’nosiga ko’ra kishi va narsa, sanaladigan va sanalmaydigan, atoqli va turdosh otlar, aniq va mavhum otlar, yakka va to’da otlariga ajrating.
Islom Karimov, Oybek, Navoiy, Guliston, Mirzacho’l, Xovos; Guliston Davlat universiteti, Zuhro, Mirrix, sayyora, yulduz; Mustaqillik kuni, «Qutlug’ qon», Olmako’z, Boychibor; bulut, qor, suv, tog’, tosh, daraxt, qovun, tarvuz, olma, shaftoli; shakar, muhabbat, sevgi, go’zallik, qizillik, betoqatlik, xalq, qo’shiq, armiya, oqim, tuyg’u, yaxshilik, «Kashteks».
1.5.
1-topshiriq. Berilgan otlarni yakka shaxs, narsa-buyum, o’rin-joy, jonli va jonsiz narsalarni atab kelgan otlar va bir xil narsa-buyumlar, voqea-hodisalar, harakat-holat, o’rin-joylarni atab kelgan otlar guruhlariga ajrating.
Guliston, gul, Guljon, gultojixo’roz, o’zbek, qozoq, qirg’iz, rus, «Ma’rifat», qishloq, daftar, Xudoyberdi Doniyorov, qarshi, qarshivoy, Bosim To’ychiboev, bosim, Go’zal, latofat, qo’chqor, qo’chqorov, saylov, saylovlar kuni, bolta, Boltaboy, tesha, Teshavoy.
1.6.
1-topshiriq. Otlar kim? nima? so’roqlariga javob bo’lishiga ko’ra o’zbek tilida qanday yuritiladi?
A. Kishi otlari.
V. Narsa otlari.
S. Joy otlari.
D. A va V javob.
E. Kishi, narsa, joy otlari
2-topshiriq. So’zlardan kishi va narsa otlari yasab, gaplar tuzing.
Bolta, cho’p, tesha, o’roq, mix, olma, charos, bo’ri, qarchig’ay, asal.
1.7.
1-topshiriq Otlarni sanaladigan, sanalmaydigan guruhlarga ajrating.
Un, tol, daraxt, xalq, armiya, qo’shin, choy, moy, shakar, qum.
Do'stlaringiz bilan baham: |